Kanallarni loyixalash



Yüklə 266,87 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü266,87 Kb.
#167396
  1   2
2. Kanallar va ularning turkumlanishi. Kanalni trassalash-fayllar.org


KANALLARNI LOYIXALASH


Reja;
1.Kirish.
2.Kanallar va ularning turkumlanishi.
3.Kanalni trassalash.
4. Kanallarda suv isrof bo’lishi
Bugungi kunda O’zbekiston yirik kanallar va inshootlar tizimiga ega bo’lgan mamlakatdir. 50-yillargacha qurilgan ko’plab inshootlar faqat irrigatsiya zaruratlarini qondirish uchun tezkorlik bilan xavfsizlik va me‘morchilik talablariga e‘tibor berilmasdan barpo etildi. Bu davrlarda mutaxassislarning yuqoridagi masala bo’yicha takliflariga faqatgina yirik inshootlar qurilishlargagina (asosan yirik suv omborlari va gidrouzelllarda) e‘tibor berildi. Shu sababli, meliorativ tizimlardagi kichik inshootlar o’zlarining ko’rimsizligi sababli kishilarning e‘tiborini o’ziga tortmaydi. Bunga misol qilib, Qarshi cho’li zonasidagi kanallarda qurilgan gidrotexnika inshootlarini keltirish mumkin.
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda ularning xavfsizligi va ishonchliligini oshirish ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu masalani ijobiy hal etish uchun 1999 yil 20 avgustda amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida» gi Qonuniga qat‘iy rioya etish va inshootlardan foydalanish tartib-qoidalarini takomillashtirib borish talab etiladi.
Yurtimizda barpo etiladigan har qanday inshootda inson faoliyati uchun eng qulay va foydali muhit yaratilishi bilan bir qatorda, u o’zining badiiy tuzilishi bo’yicha ko’rkam va diqqatga sazovor bo’lishi lozim. Gidrotexnika inshootlari nafaqat foyda keltirishi, shuningdek atrof-muhitga uyg’unlashgan holda uni yanada go’zallashtirishi lozim. Kanallar va inshootlar hududlarini obodonlashtirish ishlarini oqilona tashkillashtirish, milliy an‘analarimizga asoslangan kichik me‘morchilik elementlaridan foydalanish irrigatsiya inshootlarini ko’rkamlash-tirishning muhim tadbirlariga kiradi.

Kanallar bosh, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka kanallariga bo’linadi. Kanal trassasining rel‘efiga ko’ra, ular qazimada, ko’tarmada, yarim qazima yoki yarim ko’tarmada barpo etiladi (1- rasm).








1-rasm. Kanallarning ko’ndalang kesimlari: a) – qazimada
в)-ko’tarmada, с) – chuqur qazimada, d) – yarim qazima-yarim ko’tarmada
Oqim barqaror tekis (o’zgarmas tezlik bilan) harakatlanadigan kanalning suv o’tkazish qobiliyati (berilgan kesimdan o’tadigan suv miqdori) uning ko’ndalang kesimi parametrlariga va kanal tubining nishabligiga bog’liqdir. Kanalning suv o’tkazish qobiliyati (suv sarfi) odatda m3/s yoki l/s larda o’lchanadi. Kanal tubining nishabligi deganda ma‘lum uzunlikdagi kanal uchastkasi tublari sathlari farqining shu uchastka uzunligiga nisbati tushuniladi, ya‘ni i = (Z1 – Z2) /L , bu yerda Z1 , Z2 – uchastkaning bosh va oxirgi kesimlaridagi sath belgilari, L – uchastka uzunligi.
Kanallarning ko’ndalang kesimi trapetsiya, to’g’ri burchakli, egri yoy, parabola va boshqa shakllarga ega bo’lishi mumkin. Meliorativ tizimlar sharoitida asosan trapetsiya shaklidagi kanallar ko’proq barpo etiladi.
Kanal ko’ndalang kesimining shakli, o’lchamlari va tubining nishabligi nafaqat uning talab qilingan suv o’tkazish qobiliyatini, shuningdek kanal o’zanida loyqa-cho’kindilar yig’ilmasligini va ustuvorligini (yuvilmasligini) ta‘minlashi lozim. Bu shartlar ularning gidravlik hisoblarini bajarish jarayonida ta‘minlanadi.
Kanal ko’ndalang kesimining asosiy geometrik parametrlariga kanal tubining kengligi (в), kanalning chuqurligi (Н) va yon sirtining qiyalik koeffitsienti (m) kiradi. Kanal yon sirtining qiyalik koeffitsienti yoki qiyaligi deganda ushbu sirt qiyalik burchagining kotangensi yoki m = l/H nisbat tushuniladi.
Kanallar yer o’zanda o’tishi yoki maxsus qoplamaga ega bo’lishlari mumkin. Qoplama sifatida beton, temirbeton, asfaltbeton, glinobeton va polimer materiallaridan foydalanadilar. Maxsus qoplamali kanallar faqat loyqa yig’ilishga tekshirib ko’riladi. Meliorativ tizimlarda kanallar ko’pincha beton bilan qoplanadi. Betonning qalinligi konstruktiv 10...15 sm oraliqda qabul qilinadi.
Lyossli o’ta cho’kuvchan gruntlar sharoitida barpo etiladigan kanallar yig’ma va monolit temirbetonli qoplamaga ega bo’lishi mumkin. Qoplamali kanallar yon sirtining qiyaligi konstruktiv qabul qilinadi, yerda o’tadigan gruntli qoplamali kanallarda esa bu qiyalik yon sirtlar ustuvorligini ta‘minlash shartlari asosida tanlanadi.


Yüklə 266,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin