Karies kovaklarini charxlash bosqichlari va uslublari. Reja



Yüklə 13,31 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü13,31 Kb.
#210383
Karies kovaklarini charxlash bosqichlari va uslublari. Reja-hozir.org


Karies kovaklarini charxlash bosqichlari va uslublari. Reja

Karies kovaklarini charxlash bosqichlari va uslublari.

REJA:
1.Charxlash bosqichlari
2.Charxlash tamoyillari
Tishlarni charxlash fizik va mexanik uslublarga asoslangan, sistematik jarayonlar qatoridir. Toʼgʼri charxlay olish uchun sababchi tish va atrofidagi toʼqimalarda paydo boʼluvchi fizik va patologik klinikasini, yana plomba ashyosining turli imkoniyatlari va fizik xususiyatlarini oʼrganish kerak. Bularning barchasi charxlash uslublarini aniq oʼzlashtirish omillari hisoblanadi. Bu tayanch bilim va maʼlumotlarsiz, umumiy davo asosini tushunmasdantishlarni charxlashni toʼgʼri va yeffektiv baholash, amalga oshirish mumkie yemas.
Oldindan tishlarni charxlash iborat boʼlgan, har biri oʼz navbatida bir necha qadamlarga boʼlingan. Charxlashni har bir bosqichi va qadamini ideal bajarishni toʼgʼri tushunish kerak. Baʼzi hollarda charxlash ketma ketligini buzishga toʼgʼri keladi. Charxlashning bosqichi va qadamlarini ketma ketligini olib borilsa yaxshi natijaga yerishiladi. Charxlash amaliyoti boʼltb oʼrganilsa, talabalar bu bosqichlarni oson oʼzlashtiradi. Buning uchun talabalarga ikkinchi bosqichga oʼtishdan oldin birinchi bosqichni toʼliq maʼlumot berish kerak.
​Charxlash ketma ketltigi
Boshlangʼich bosqichlari:
1.​Boshlangʼich shakli va chuqurligini aniqlash
2.​Mustahkamlik uchun birlamchi sharoit yaratish (boʼshliq shaklining birlamchi rezistentligi)
3.​Retensiya uchun birlamchi sharoit yaratish
4.​Ishlashga shart sharoit yaratish
Yakunlovchi bosqichlar:
5.​Fissura va boʼshliqlqrdan yeski plomba, yemal qoldiqlarini va infitsirlangan dentinni olish
6.​Pulpani himoyalash
7.​Retensiya va mustahkamlik uchun sharoit yaratish
8.​Boʼshliqni tashqi devorlarini shakllantirish
9.​ Charxlashni yakunlash: tozalash, tekshirish, germetizatsiya
Yuqorida aytilganidek, belgilangan holatlarda charxlash bosqichlari oʼzgarishi mumkin. Masalan, chuqur kariesda charxlashni boshlangʼich bosqichida patologik jarayon pulpaga oʼtmasligi uchun infitsirlangan dentinni toʼliq olib tashlash kerak. Zarur boʼlganda shu bosqichdadavolovchi yoki ajratuvchi taglik qoʼyish, asosan, pulpani toʼgʼridan toʼgʼri himoya qilshda qoʼllaniladi. Koʼp hollarda, birinchi bosqichda kariozlangan toʼqimani, ikkinchi bosqichda infitsirlangan dentinn olib tashlanadi.
​Karies sinflari boʼyicha charxlash va ular uchun kerakli asboblar keyingi boʼlimlarda toʼliq keltirilgan. Bu boʼlimda nima uchun charxlash kerakligi, lekin qanday charxlanishi keltirilgan.
​Restavratsiyani adekvat olib borish uchun charxlashdan oldin barcha sharoitlarni yaratish kerak. Koʼpgina plomba materiallari operatsion maydon quruq boʼlishi kerak, bunda ularning fizik xususiyati oshadi. Nam holatda bu xususiyat pasayadi. Koʼp hollarda operatsion maydonni adekvat izolyatsiyasi uchun kofferdam qoʼllaniladi.koʼp vrachlar kofferdamni charxlashning boshlangʼich bosqichida, yaʼni infitsirlangan dentinni olib tashlash va boʼshliqq ikkilamchi retension shakl bergandan keyin qoʼllashni toʼgʼri deb hisoblashadi.
Operatsion maydon atrofidagi sogʼ toʼqimani himoyalash restavratsiyaning asosiy sharti hisoblanadi. Restavratsiyada qoʼllanuvchi asboblarni zararli taʼsiri va mexanik travmadan ogʼiz boʼshligʼi shilliq qavati, lunj va tilni himoyalash kerak. Barcha olib boriladigan harakatlar toʼqimada salbiy reaksiya keltirib chiqarmasligi kerak. Milkni himoyalash uchun retraksion ip va ponadan toʼgʼri foydalanish, restavratsiya shaklini toʼgʼri yaratish kerak.

Аvallari restavratsiya chetlarida milk yegatlari hosil qilingan, lekin bu zona ikkilamchi karies uchun sharoit yaratadi deb hisoblangan. Lekin hozirgi vaqtda milk yegati ikkilamchi karies rivojida rezistentligi yoʼqligi aniqlandi. Bunda milk toʼqimalari milk yegatidagi plomba ashyosiga nisbatan negativ taʼsiri borligi aniqlandi.shuning uchun ham restavratsiya chegarasi milkusti sohasigacha boʼlishi kerakligi tavsiya yetiladi. Milk toʼqimasi qancha kam restavratsiya bilan kontaktda boʼlsa, shuncha kam zararlanadi. Shu bilan birga restavratsiya milost sohada kam boʼlishida tish toʼqimasini mustahkamligi saqlanishi ahamiyatsiz. Restavratsiya vaqtida va undan keyin tish atrof toʼqimasi holati keyingi bobda keltirilgan.


Charxlashning boshlangʼich bosqichi
Yuqorida aytilganidek, charxlash boshlangʼich bosqichida boʼshliqni kengaytirish va uni devorini charxlash karioz boʼshliq bilan ishlash uchun kerakli chuqurlik yaratish (yoki defekt sohasida), sogʼlom toʼqimaga yetish uchun (quyidagilardan tashqari, pulpar yoki aksial devordan infitsirlangan dentinni olish), chaynov bosimi tish oʼqi yoʼnalishi boʼyicha borganda, tish sinishi va restavratsiyani darz ketishini oldini olish va plomba ashyosiga retensiya yaratish (V sinf). Boʼshliq fissura va chuqurlik sohalarida 0.2 mm dan chuqur boʼlmasligi (oltin falgali restavratsiyada 0.5 mm), silliq yuzalarda 0.2-0.8 mm (ildiz yuzasida boʼshliq rasm 4.1). birinchi bosqichni yaxshi olib borish ikkinchi bosqich uchun yaxshi sharoit yaratadi.
​1 bosqich dastlabki shakl va chuqurlik yaratish.
Taʼrif. Birinchi bosqich-(1) charxlash chegarasi va boʼshliq chekkalarini shakli va oxirgi koʼrinishi bir biriga muvofiq boʼliish kerak. (2) yakuniy charxlash pulpa chuqurligidan YeDSgacha yoki ildiz yuzasigacha.
Charxlashda printsiplarga amal kilish zarur, ularga rioya kilinmasa, nafakat plomba kuyish uchun zarur bulgan bushlikni yaratish, balki uning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi charxlash maksadiga erishish mumkin emas.

Shakllangan bushlik tushunchasiga kuyidagi elementlar kiradi: kirralar, devorlar, burchaklar, tub. Bushlik devorlari koronkaning yuzasiga boglik xolda nomga ega. Parallel osilib turuvchi devorlar orasidagi burchaklar plombirovkalash materialining asosiy fiksatsiya elementlari xisoblanadi. Bushlikning tubi deb, kariozli bushlikning lokalizatsiyasidan katьiy nazar tishning pulьpaga karatilgan yuzasini xisoblash kabul kilingan.


Kariozli bushlikni charxlashning asosiy printsiplari XX asrning boshlarida amerikalik tish shifokori J.Blek tomonidan formulirovka kilingan bulib, uning asosida kayta tiklanuvchi materialning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi va ikkilamchi kariozli jarayonning oldinioluvchi ikki asosiy xolat «Retentsiya» va «Rezistentsiya» yotadi.
Blek boʼyicha kariozli boʼshliqlarni charxlash printsiplari:
1) Karioz dentinni puxta tulik olib tashlash.
2) Oldini olish maksadida kengaytirish – karies retsidivi tarakkiy etishini oldini olish maksadida bushlikni tish immun zonalarigacha profilaktik kengaytirish. Immun zonalar – bu tishlarning burtiklari va kavarik yuzalari.
3) Bushlikni «yashiksimon» formada, plomba va tishlarning chaynaganda yuzaga chikuvchi kuchlar uchun chidamliligini, taʼminlovchi priparovkalar.
4) Osilib turuvchi, tayanchga ega bulmagan emal kirralarini, ularning sinishi va karies retsidivini oldini olish maksadida olib tashlash.
5) Plomba kuyish uchun kulay bulgan bushlikni shakllantirish.
Blek tavsiyalarini kullashda karioz bushliklarga ishlov berish boskichlarini kurib chikamiz: charxlash karioz bushliklarni ochishdan boshlanadi. Bu etapning maksadi bulib, shikastlangan tukimaga kirish imkoniyatini yaratish va karioz jarayonining xajmini aniklash xisoblanadi. Ochish kopik yoki alangasimon olmos borning yukori tezlikda aylanishi yordamida amalga oshadi. Borni bushlik kirralari buylab, emal osilmani kesib olib boriladi. Keyinchalik, borni karioz bushlikning kirish yorigi ulchamiga mos bulgan, unga katta bulmagan shar kurinishidagi bordan kullaniladi va extiyotkor xarakatlar bilan bushlikni to u kuzdan kechirish uchun tayyor bulguncha kengaytiriladi. Karioz bushlikni kengaytirish urta ulchamdagi konussimon, alangasimon va fissur borlar bilan amalga oshiriladi.

Biologik maksadga muvofiklik printsipi (Lukomskiy, 1955) buyicha emal va dentin tukimalari tishning soglom tukimalari kuringunicha tejamli kesiladi.


Nekroektomiyanekrozlangan yumshab kolgan dentinni olib tashlashni kuzda tutadi. Odatda ekskavator va turli ulchamdagi sharsimon borlarning uncha katta bulmagan tezlikda aylanishi bilan amalga oshiriladi. Eng yumshagan tukimalarni ekskavator bilan olib tashlanadi. Sharsimon bor bilan boshida devorlarni, sungra tubni preparovka kilinadi. Tish pulьpasini shikastlanishidan saklash uchun bor xarakatlari bushlik markazidan tishning tashki yuzasiga yunaltirilgan bulishi kerak.
Karioz bushlikni shakllatirish plombaning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi asosiy boskichlardan biri xisoblanadi. Yuza va urta kariesda, ishlov berish jarayonida bushlik «yashiksimon» shaklga kirishi kerak. Devorlar bir-biriga parallel va tubga perpendikulyar bulishi kerak. Chukur kariesda pulьpa shoxlariga yakin soxalarda tubni.burtik xolda koldiradilar. Bushlikka talab etilgan shaklni berish uchun maxsus suv sovutgichli silindrik (devorlarning shakllanishi), teskari konussimon (tekis tubni shakllanishi) va noksimon borlarni kullagan yaxshirok, chunki bushlikning shakllanishi tish pulьpasi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri yakinlikda amalga oshiriladi. Bu xolatda kattik tukimalarning kizib ketishi yalliglanishning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Chukur kariesda tub kata sharsimon borlar bilan shakllantiriladi. Bushlik devorlari chaynash vaktidagi yuklamalarda sinib tushmasligi uchun imkon boricha kalinrok koldirilishi kerak.

Emalь kirralariga ishlov berish (fikirovkalash) bushlik shakllanishining yakuniy boskichi xisoblanadi. Bu ishonchli kirrali yopishni taʼminlash va ikkilamchi karies rivojlanishini oldini olish maksadida utkaziladi. Emali prizmalarning yuza kismi karioz bushlikka kirish teshigi oldida dentin tomonidan tayanchga ega emas va chaynov bosimiga eng karshiligi kam bulgan soxa xisoblanadi. Ularning sinishi ikkilamchi kariesni xosil bulishiga olib keladi.


Preparovkalashda boʼshlik qirrasi buyicha 45°S burchak ostida kiyshiklik (falьts) yaratish kuzda tutiladi. Emalь kirralarini tekislash va kiyshiklikni yaratish ignasimon, alangasimon yoki konussimon shaklli olmos borlar yordamida, suv sovutgichni kullash bilan yukori tezlikda xarakatlanishda utkaziladi.
Karies bilan jaroxatlangan tishlarni charxlash texnikasi doimiy, keng diskussiyali predmet xisoblanadi
Асосий адабиётлар
1. Harald O. Heymann Sturdevant’s Art and Science of Operative Dentistry, 6e (Roberson, Sturdevant’s Art and Science of Operative Dentistry), 2015
2. Kamilov H. P. Va b. - «Stomatologik asbob va ashyolar » -Ташкент, 2005 й.
3. Kamilov H. P. Va b. «Terapevtik stomatologiya propedevtikasi”-Ташкент, 2006й.
4. Боровский Е.В. «Терапевтическая стоматология». – М.,1989г.

5. Магид Е.А., Мухин Н.А. « Фантомный курс терапевтической стоматологии. Атлас». М.: Медицина, 1987.



6. Боровский Е.В. «Стоматология. Руководство к практическим занятиям ». – М.,1987 г.
http://hozir.org
Yüklə 13,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin