Kartoshkaning rak, qo’ng’ir chirish kasalliklari Kartoshka qorakuya kasalligi



Yüklə 47,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü47,65 Kb.
#182533
  1   2   3   4   5


13- Ma’ruza: Kartoshka, pomidor va lavlagining karantin kasalliklari 
Reja: 
1.
 
Kartoshkaning rak, qo’ng’ir chirish kasalliklari 
2.
 
Kartoshka qorakuya kasalligi 
3.
 
Lavlagining kumushrang dog’lanish kasalligi 
4.
 
Lavlagining bakterial dog’lanish kasalliklari 
Kartoshkaning rak kasalligi (Synchytrium endobioticum Pers) 
Kartoshkaning rak kasalligi dunyoning ko’pchilik davlatlarida (40 taga yaqin) 
keng tarqalgan bo’lib, yevropaning Angliya, Avstriya, Belgiya, Germaniya, 
Gollandiya, Daniya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiya, 
SHvetsiya, Portugaliya, Finlyandiya, Frantsiya, Polsha; Shimoliy va Janubiy 
Amerikada 

Kanada, 
AQSH, 
Meksika, 
Braziliya, 
Chili, 
Peru; 
OsiyoningYAponiya, Isroil, Koreya, Hindiston; Avstraliya va Okeaniyaning 
YAngi Zelandiya; Afrikaning Aljir, Zimbabe, Janubiy Rodeziya va JAR 
davlatlarning kartoshka ekiladigan maydonlarda tarqalgan.
Shuningdek, Ukraina, Belorussiya, Rossiyaning ba’zi bir viloyatlarida, Boltiq 
bo’yi respublikalarida, Kareliya avtonom respublikasida uchrashi aniqlangan. 
Rossiyada birinchi marta 1935 yilda uchrashi kuzatilgan.
Bu kasallikni xitridiomitsetlar (Shytridiomycetes) sinfi, xitridia (Chytridiales) 
tartibiga kiruvchi Synchytrium endobioticum vakili keltirib chiqaradi. Kasallik 
tarqatuvchi zamburug’ kartoshka tugunaklarida dastlab butun ildiz meva yuzasida 
ko’payib, vegetatsiya davrining oxirigacha Shu qismda saqlanib qoladi va 
bo’rtmalar hosil qila boshlaydi. Bu bo’rtmalar 4-5 tagacha bo’ladi 12-rasm. 
Poyada bo’rtmalar ko’pchilik hollarda ildiz bo’g’zida va barglarda, barg 
qo’ltig’ida, yaproqlarida hosil bo’ladi. Bo’rtmalar to’qimaning yorilishi natijasida 
hosil bo’ladi. O’simlik kasallanishi natijasida o’simlik hujayrasining asosini 
kraxmal tashkil etadi.


Kartoshkadagi bo’rtmani kesib ko’rilganda, rak qo’zg’atuvchi uchun xarakter 
bo’lgan belgilari, ya’ni tinch holatdagi spora va yo’g’on tillasimon-sariq yoki
tillasimon-qo’ng’ir po’stga ega tsistalarni ko’rish mumkin. Uning kuzda 
o’simtalarning to’qimalarida tinim davridagi sporalari qishki sporangiylari 3 
qobiqda o’ralgan bo’ladi, ko’rinishi dumaloq, sariq-oltinrangda yoki sariq-
jigarrangda bo’lib, 50-80 mkm gacha xajmga ega. Qishlab chiqqandan so’ng tinim 
davridagi sporalar bir xivchinli zoosporaga aylanadi. 
Zoosporalar to’la moslanib olgandan so’ng, xivchinlarini tashlab yuboradi va 
vegetativ tana, ya’ni tsistalarni hosil qiladi. TSistalar kattalashadi, bir yadroli 
holatda saqlanib qoladi. Ularning rivojlanishi 10-12 kunni tashkil etadi. 
TSistalarning rivojlanishi namlik, havo haroratiga bog’liq bo’ladi. Havo harorati 5-
24
0
S gacha, nisbiy havo namligi 60-80 % bo’lishi o’simlikni zararlashiga yetarli 
bo’ladi. Zamburug’lar asosan kislorodga bog’liq bo’lib, bunda sporalar tinch 
holatga o’tishida kislorod yetishmasligi hisobiga o’sa olmasligi mumkin, ammo 
o’zining hayotchangligini yo’qotmaydi. Bu bilan ularning tuproq qatlamining 70 
sm chuqurligida uzoq saqlanishini aytish mumkin.
Qishki sporalar faqat tinch holatga o’tgandan so’ng una boshlaydi va 70 
kungacha davom etadi. Ular tashqi muhit omillarga nisbatan chidamli. Ularni 
anchagina qismi quruq havo holatida saqlanishi, 10-13 yil va undan ko’proq 
vaqtda unishi mumkin.
Rak kasalligini qo’zg’atuvchi qishki zoosporalangiy bosqichida (tsista) 
kartoshka tugunagida, tuproqdagi ildiz mevasi va ekilayotgan mahsulotlar, go’ng 
va hayvonlarni zararlangan kartoshka bilan oziqlantirilganda hamda tuproqqa 
ishlov berilayotgan ish qurollari, yomg’irli suv orqali tarqaladi.

Yüklə 47,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin