Keys -stadi ta'lim texnologiyasi



Yüklə 28,62 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü28,62 Kb.
#41875
1   2   3   4   5   6   7
2 5239988284418952640
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi «, 8-sinf-ingliz-tili-ish-reja, Annotatsiya Bobur o'zbek inglish, Writing exercises, Yurak ishemik,stenokardiya, Olamning yaratilishi haqidagi miflar va afsonalar Tayyorladi Is-hozir.org
Muhokama uchun savollar:

  1. Jamoada qanday nizolar yuzaga keldi? Nizolar mavjudligini qanday anglab oldingiz?

  2. Siz (auditorlik guruhi menejeri) mazkur nizoni qanday hal etasiz? Yondashuvingizning qanday ijobiy va salbiy jihatlari bor?

«MITCELL» o’quv keysi. (Garvard universitetining asl mumtoz keysi)
Metallurgiya laboratoriyasiga qarashli bo’lgan ustaxonada Eduard Mitchel degan ishonchli va tajribali xodim ishlar edi. Unga sinaluvchi nusxalar tayyorlash torshirilgan edi. Mazkur ish ilmiy sinovlarning zarur bosqichlaridan biri hisoblanib, u orqali qotishmalar tayyorlash uchun turli metallar tanlanardi va yakunida tajriba-sinovidan o’tkazilar edi.

Mitchel qayta ishlanmagan qotishmani olar va unga tokarlik stanogida ishlov berib, sterjen tayyorlar, uning uzunligi va diametrini sinchkovlik bilan tekshirar edi.

Shundan so’ng sterjenda ikkita simmetrik o’yiqcha hosil qilib, uni cho’ziluvchanlikka sinash uchun tayyorlar edi. Sinov jarayoni esa navbatdagi ustaxonada o’tkazilardi.

Har bir alohida sterjenni tayyorlashga 2,5-3 soat vaqt talab qilinardi. Mitchel ishini bajarganidan so’ng har bir sterjenni navbatdagi ishlovlar mobaynida zarracha ham xastalanib ketmasligi uchun diqqat bilan qog’ozga o’rar edi.

Ehtimolga ko’ra Mitchelga hech kim va hech qachon nima uchun aynan shunday mas’uliyatli ishni bajarishga qo’yilganini aytmagandi. Hech kim u bajaradigan ishning korxonada amalga oshiriladigan jarayondagi ahamiyatini tushuntirmagan edi.

Mitchel o’zi tayyorlaydigan sterjenlarning taqdirini bilishni juda xohlar edi. U nima uchun bu sterjanlardan ko’p miqdorda tayyorlanishini ham bilgisi kelardi.

Bir kuni korxona muhandisi Mongin ustaxonaga tashrif buyurganida Mitchel o’z sterjenlarining taqdiri to’g’risida so’radi. Bunga javoban muhandis uning sterjenlari bilan keyinchalik nima ro’y berishini ko’rsatishga rozilik bildirdi va Mitchelning boshlig’i bilan kelishib, uni yaqin orada o’tkaziladigan sinovlarda tajribaxonaga kelishi mumkinligini ma`lum qildi...

Mitchel ishtirokida muhandis qog’oz o’ramini ochib, sterjenni metallar cho’ziluvchanligini tekshiradigan dastgohga o’rnatdi. Muhandis tugmachani bosdi va va sinov jarayoni boshlandi. Maxsus o’lchagich sterjenga bo’layotgan ta`sir kuchini ko’rsatardi. Bir vaqtning o’zida esa «kuch-cho’zilish» nisbati avtomatik tarzda qayd etilar edi.

1,5 minutdan so’ng muhandis nozik mexanizm buzilib qolmasligi uchun qayd qilish moslamasini o’chirdi. Sinov so’ngi 30 sekund mobaynida davom etdi va shundan keyin sterjen bo’g’iq ovoz chiqarib, sinib ketdi...

Muhandis ushbu holatni qayd etib, sinov natijasidan mamnun edi. Mitchel birdaniga: «Mening sterjenimni nima qilayapsiz?»- deb, baqirib yubordi. Muhandis sinov natijasi kimgadir bunchalik ta`sir qilishidan o’ta hayron bo’ldi. Axir sterjenlar faqat shu maqsadda tayyorlanadi-ku! Nima uchun Mitchel buni o’zini o’zining haqoratlangani deb qabul qildi? U bu haqida so’rab ulgurmasidanoq Mitchell taajublangan holda laboratoriyadan yugurib chiqib ketdi...

Keyingi kun muhandis Mitchel tajribaxonadan chiqqanidan so’ng to’g’ri o’z ustaxonasiga bordida, jihozlarni yig’ishtirgani va uyiga ketagnidan xabardor bo’ldi. Keyin u ishdan bo’shab ketdi...

Ro’y bergan voqea asosida muhandis shunday xulosaga keldi:


Mitchell- ko’rinishicha ovsar va o’ta ta`sirchan. Hamma ishchilar shunday. Ular ilm-fan tomonidan bildiriladigan haqiqiy nuqtai-nazarni qabul qilishga qobiliyatli emaslar. Muhandis Mitchelni tajribaxonagan taklif qilib katta xato qilganini bildi.

Agarda u Mitchelga sterjenlarning kelgusidagi taqdirini tushuntirmaganida edi, balki u ilgarigiday ishlab yurgan bo’larmidi? Axir Mitchel yaxshi xodim edi-da. Xolbuki, ishchilarga biron nimani tushuntirish vaqtni behudaga ketkazishdan boshqa narsa emas...

Keysni muhokama qilish uchun savollar:


  1. Mitchelning ishdan bo’shashiga nima sabab bo’ldi?

  2. Mazkur keysning ijobiy va salbiy jihatlarni sanang.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida» gi qonuni. Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil.


  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil.


  3. Karimov I.A. «Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» T., 1997 yil.


  4. Karimov I.A. «Ma`naviy yuksalish yo’lida» T., «O’zbekiston» 1998 yil.


  5. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» T., «O’zbekiston» 1999 yil.


  6. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. // «Tafakkur», 1998 yil, 2-son.


  7. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat. T., «O’zbekiston», 1994 yil.


  8. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «Sharq». 1998 yil.


  9. Bespalko V.P. Pedagogika i progressivnie texnologii obucheniya . M., «Pedagogika», 1995.


  10. Bespalko B.P. Slagaemie pedagogicheskoy texnologii.M., 1989 g.


  11. Yo’ldoshev J. Yangi pedagogik texnologiya: yo’nalishlari, muammolari, yechimlari. // «Xalq ta`limi», 1999 yil, 4-son, 4-11 betlar.


  12. Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom prosesse. M., 1989 g.


  13. Lewy Itross, Bathory Z. The Toxonomy of Educational obyektiv in Continental. Evrop, Univ. of Chikago.1994.P.146-163/


  14. Mahmudov M. O’quv materialini didaktik loyihalash tizimi. // «Pedagogik mahorat», 2002 yil, 3-son, 3-11 betlar.


  15. Mahmudov M. Ta`lim natijasini loyihalash. // «Pejagogik mahorat», 2003 yil, 1-son, 8-10 betlar.


  16. Nazarova T.S. Pedagogicheskaya texnologiya: noviy etap evolyusii. T., 1999, st.


  17. Ochiilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma`ruzalar matni. Qarshi, «Nasaf», 2000 yil.


  18. Podlasiy I.P. Pedagogika. Noviy kurs. Kniga 1. M., «Vlados», 2000 g.


  19. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyati. // «Xalq ta`limi», 1999 yil, 1-son, 97-102 betlar.


  20. Sayidahmedov N. Ta`limda harakatlant iruvchi kuch. // «Ma`rifat», 1998 yil, 16 yanvar.


  21. Xalqaro ochiq jamiyat institutining «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari» fanlararo dasturi. T.2002 yil.



Yüklə 28,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə