Keysni ishlab chiqish jarayonining prosessual tizimi



Yüklə 19,03 Kb.
tarix09.10.2023
ölçüsü19,03 Kb.
#153443
4-MAVZU


MAVZU: TA’LIMNING KEYS STADI TEXNOLOGIYALARI.
REJA:
1.KEYSNI ISHLAB CHIQARISH MODELI.
2.O’QITUVCHINING KEYSNI YECHISH VA TAXLIL QILISH VARIANTI
KEYSNI ISHLAB CHIQISH JARAYONINING PROSESSUAL TIZIMI
Keysni ishlab chiqish modeli. Keysning yaratilish jarayoni murakkab prostessual tizimdan iborat bo’ladi. Keysni ishlab chiqish modelining umumiy sxemasi quyidagi 1-sxemada keltirilgan.
Sxemadan ko’rinib turganidek, keysning shakllantirilishiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar:
O’quv fani bo’yicha Davlat ta’lim standarti (DTS)dagi keysni ishlab chiqishga asos bo’lgan ta’lim tizimi talablari – keysning fanni o’qitish tizimidagi o’rni, uning maqsadlari va o’quv natijalari, tinglovchilar keysni hal qilish uchun oldindan egallashi lozim bo’lgan bilimlarni belgilaydi.
Ushbu fan bo’yicha nazariy, amaliy va didaktik talablar – ta’lim mazmuni; ta’lim maqsadlarining amalga oshirilishi va bashorat qilinadigan o’quv natijalariga erishishni ta’minlaydigan vositalar, o’qitish uslublari va shakllari, axborot-kommunikastiya va boshqaruv usullari va vositalarini; ta’lim jarayonining kechishi va natijalarini belgilaydigan qonuniyatlar, tamoyillar, koidalar va me’yorlarni belgilaydi.
Sostium, institustional tizimdan iborat keys ob’ektida hamda DTSda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar – bu omillar keysga o’zgartishlarni kiritish orqali axborot ta’minotida tezkorlik bilan aks etishi kerak.
Keysologning kasbiy mahorat – bu keysni bajaruvchining o’quv predmeta bo’yicha bilimlari majmui, keysni ishlab chiqish, ta’limning keys-texnologiyasini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyatidan iborat bo’ladi.
Keysni ishlab chiqish jarayonining o’zi keysologning maqsadni faraz qilishidan boshlab to keysni ta’lim jarayoniga joriy etishgacha bo’lgan jami harakatlarining muayyan izchillikda amalga oshirib borilishidan iborat.
Maqsadning qo’yilishi. Keysni ishlab chiqishning ushbu birinchi bosqichi quyidagi harakatlarni o’z ichiga oladi:Keysolog faoliyati mazmunini bosqichma-bosqich ko’rib chiqamiz. keysning o’quv kursi tuzilmasidagi o’rnini belgilash;
uning ta’limiy maqsadini ifodalash (tinglovchilarni tanishtirish, keys mavzusi bo’yicha haqidagi bilimlarni shakllantirish, chuqurlashtirish, o’rgatish, malakalarni orttirish, ko’nikmalarni rivojlantirish va hokazo);
keysda tinglovchilarning ta’limdagi yutuqlari natijalari uchun «mas’uliyat zonasi»ni aniqlash;
o’zlashtirilishi, kengaytirilishi, rivojlantirilishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar ro’yxati (… ni tahlil etadi, tuzadi (biznes-reja), ishlab chiqadi (marketing strategiyasi),… ga tayyorlik, ko’nikmani namoyon etadi va hokazo);
yechimi tinglovchilarning mo’ljallangan o’quv natijalariga erishishini ta’minlaydigan pedagogik vazifalarning belgilanishi (… ni o’rgatish, … ni bir tizimga solish, … ni tushuntirish va hokazo).
Tinglovchi – keysologning aniq va bir xilda ifodalangan ta’limiy maqsadlari, o’quv natijalari va vazifalari vaziyatga doir mashqni «qurish» uchun asos bo’ladi.
Muammoning ifodalanishi. Muammo qandaydir harakatlar qilish uchun etilgan zarurat bilan uni amalga oshirish uchun shart- sharoitlar etishmasligi o’rtasidagi ziddiyatning amal qilishi va ifodalanishi shaklidan iboratligi sababli muammoning ifodalanishi ana shu ziddiyatni belgilash, so’ngra uning asosiy tarkibiy qismlari – muammo tuzilmasini (kichik muammolarni) belgilashni nazarda tutadi.
Keys dasturiy kartasining qurilishi. Keys dasturiy kartasining qurilishi keysni ishlab chiqishning eng muhim bosqichlaridan biri. Keysning dasturiy kartasi keys uchun axborot yig’ish va vaziyatni bayon qilish uchun asos bo’ladigan asosiy masalalar (tezislar)ning tuzilmalangan ro’yxatidan iborat bo’ladi.
Quyida keltirilgan misoldagi keysning dasturiy kartasi savollar shaklida ishlab chiqilgan. Bu tinglovchi – keysologning axborot yig’ishi, shu jumladan, intervyu shaklida yig’ishi va uni baen qilishi vazifasini engillashtiradi.
Institusional tizimning izlanishi, tanlanishi. Keysni ishlab chiqishning ushbu bosqichiga kirishishdan oldin keysolog quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
Keysning qanday (hayotiylik, kabinetli yoki ilmiy- tadqiqotchilik) tusida bo’lishini belgilash.
Keys ob’ekti kimlar, nimalar (muayyan shaxs (shaxslar) yoki korxona yoxud ko’p ob’ektli) bo’lishini belgilash.
Faqat shundan keyin keysni ishlab chiquvchi tegishli institustional tizimni tanlaydi (kabinetli keys uchun) yoki topadi (hayotiy yoki ilmiy-tadqiqotchilik keysi uchun).
Institusional tizim – keysologning keys dasturiy kartasini amalga oshirishiga bevosita daxldor bo’lgan ob’ektdir.
Ular quyidagilar bo’lishi mumkin:
firma;
tashkilot;
korxona va hokazo.
Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz
Barchamizga ma’lumki, Sovetlar davrida bir qancha iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’lgan. O’zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlangan. Ma’naviy qadriyatlar toptalgan. Aholining huquq va erkinliklari kamsitilgan. Kommunistik partiya mafkura darajasiga ko’tarilgan bo’lib, hech bir qaror partiyaning buyrug’isiz amalga oshmas edi. 20-30- yillarda O’zbekistonda industirlashtirish va jamoalashtirish siyosati olib borildi. Buning natijasida dehqonlar yerga egalik qilish huquqini yo’qotdi., sanoatlashish og’ir kechdi, chunki malakali kadrlar yetarli emas edi. Paxta yakkahokimligi tufayli qo’riq va bo’z yerlash o’zlashtirilishi natijasida Orol fojesi kelib chiqdi, paxta dalalariga mineral o’g’itlarning ayovsiz sepilishi natijasida aholi salomatligi buzildi. Markaz “O’zbeklar ishi” va “Paxta ishi” kabi siyosiy nayranglarni o’ylab topdi. Buning natijasida juda ko’plab brigadirlar, paxta teruvchilar qatag’on qilindi.
Yüklə 19,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin