Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
100
MUAMMOLI TA’LIM YONDASHUVLARI: SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN,
EVRISTIK (TADQIQOTCHILIK) VA LOYIHAVIY TA’LIM
TEXNOLOGIYALARI
Ibragimova Intizor Butanbayevna
Toshkent farmatsevtika
instituti
akademik litseyi biologiya o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7264464
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim
maktablarida biologiya
fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish masalalari yoritib berilgan bo’lib,
bir nechta interfaol metodlarning qisqacha bayoni keltirilgan.
Kalit so’zlar:
interfaol, metod, pedagog, xarita,
kichik guruhlar, “klaster”,
“B\B\B”.
Muammoli oʻqitish jarayonida oʻquvchining mustaqilligi oʻqitishning
reproduktiv shakllariga nisbatan tobora oʻsib boradi.
Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli oʻqitishning turli ta’rif va
tavsiflari bor. Nisbatan toʻliq va aniq ta’rif M.I.Maxmutova
tomonidan berilgan
boʻlib, unda muammoli oʻqitish mantiqiy fikrlar tadbirlari(tahlil, umumlashtirish)
hisobga olingan oʻrgatish va dars berish usullarini qoʻllash
qoidalari va
oʻquvchilarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlari (muammoli vaziyat,
bilishga
boʻlgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izohlanadi.
Muammoli oʻqitishning mohiyatini oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning oʻquv
ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va oʻquv vazifalarini, muammolarini
va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni oʻzlashtirish boʻyicha ularning bilish
faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni oʻzlashtirishning ilmiy-tadqiqot
usulini yuzaga keltiradi.
Muammoli ta’lim
-bu oʻquv matеrialini oʻquvchi ongida ilmiy izlanish asosida
bilish vazifalari va muammolarini vujudga kеltiradigan yoʻsinda oʻrgatish uslubidir.
Oʻquvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar
vujudga kеladi va ular
bolani ob’еktiv ravishda izlanishga va mantiqiy toʻgʻri
ilmiy xulosalar chiqarishga
da’vat etadi.
Muammo
- ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’еktiv
shaklidir.
U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik
oʻrtasida ob’еktiv ravishda vujudga kеladigan ziddiyat.