Texnologiyalari


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 72,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix03.12.2023
ölçüsü72,66 Kb.
#172142
1   2   3   4   5   6   7
muammoli-ta-lim-yondashuvlari-shaxsga-yo-naltirilgan-evristik-tadqiqotchilik-va-loyihaviy-ta-lim-texnologiyalari

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
105 
ziddiyatlarini hal qilishda obektiv qonuniyatlari didaktik tamoyil – muammolilikka 
tayanadi. 
Oʻqitishning hozirgi jarayonitahlili psixolog va pedagoglarningfikrlash 
muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo boʻlishdan boshlanadi, degan 
xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini koʻrsatadi. Oʻqitish sharoitida insonning oʻsha 
psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun oʻziga xos 
turtki vazifasini bajaradi. 
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil 
etiladigan oʻziga xos oʻqitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, oʻrganilgan 
mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus 
usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, oʻqitishda muammoli vaziyatshunchaki 
«fikr yoʻlidagi kutilmagan toʻsiq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. U 
bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat 
negizida avval oʻzlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish 
uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat 
muammoli vaziyat bilan bog’liq boʻla bermasligini ta’kidlash oʻrinli boʻladi. Yangi 
bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli boʻlmaydi. 
Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat har qanday 
fikrlash mashaqqatlaridanfarq qilib, unda oʻquvchi mashaqqat talab qilgan obekt 
(tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum boʻlgan vazifa, masala 
boʻyicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. 
Shunday qilib, muammoli vaziyat mohiyati shuki, u oʻquvchi tanish boʻlgan 
ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish 
uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) oʻrtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni 
ijodiy oʻzlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. 
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: 

oʻquvchiga notanish faktning mavjud boʻlishi; 

vazifalarni bajarish uchun oʻquvchiga beriladigan koʻrsatmalar, yuzaga 
kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi. 
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya’ni nima 
noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan. 
Muammoli vaziyatning fikriy tahlil qiladigan boʻlsak, u avvalombor 
oʻquvchilarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U oʻquvchini intellektual mashaqqat 
keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni soʻz bilan 
ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu oʻrinda izchillik yorqin 
koʻrinadi: avvalo muammoli vaziyatyuzaga keladi, soʻng oʻquv muammosi 
shakllanadi. 
Oʻqitish amaliyotida boshqa variant – oʻsha muammo tashqi koʻrinishda 
muammoli vaziyatyuzaga kelishiga muvofiq kelganday boʻladigan variant ham 



Yüklə 72,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin