Kimyo-texnalogiya akulteti dekani B. Nurimbetov



Yüklə 0,59 Mb.
tarix24.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#121131
kolloid kimyo 4-loboratoriya


<>
Kimyo-texnalogiya akulteti dekani
_________ B.Nurimbetov
<<____>>__________2023y.

LABORATORIYA ISHI №4
SEDIMENTATSION ANALIZ. ZARRACHANING CHO’KISH TEZLIGINI
VA O’LCHAMINI TOPISH.

Nazariy bo’lim
Dispers sistemalarning sifatini tekshirishda odatdagi kimyoviy analizdan tashqari disperslik darajasi va konsentratsiyasini aniqlash uchun maxsus metodlar qo’llaniladi. Masalan, dag’al dispers sistemaning granulometrik tarkibi uni odatdagi mayda teshikli elaklardan o’tkazish yo’li bilan aniqlanishi mumkin.
Suspenziya zarrachalarining o’lchamlarini aniqlash uchun sedimentatasion analiz metodidan ham foydalaniladi. Odatda diametri 10-6 m va undan katta zarrachalar sedimentatsiyaga uchraydi. Sedimentatsion analiz turli usullar bilan amalga oshiriladi, chunonchi: 1) harakatsiz suyuqlik ichida zarrachalarning cho’kish tezligini o’lchash; 2) suspenziyani chayqatib yuborib, harakatdagi suyuqlik ichida dispers fazani fraksiyalar shaklida ketma-ket cho’ktirish; 3) suspenziya zarrachalarini havo oqimi ta’sirida bir biridan ajratish; 4) markazdan qochiruvchi kuch maydonida (sentrifuga yordamida) dispers faza zarrachalarini cho’ktirish.
Bu aytib o’tilgan to’rtala usuldan birinchisi (dispers zarrachalarni harakatsiz suyuqlikdan cho’ktirish) keng qo’llaniladi. Qancha modda cho’kkanligini tortish (og’irlikni o’lchash) yo’li bilan aniqlanadi. Sedimentatsion analizda N.A.Figurovskiyning sedimentatsion tarozisidan foydalaniladi.
Tajriba bo’limi
Ishni bajarish. Dastlab tarozini tayanch vintlar (1 va 2) orqali sozlash lozim. O’lchov tarozisiga maxsus yukni osamiz. Vintni bo’shatib, moslashtirgich (3) ni o’ngga joylashtiramiz. Richag (4) yordamida strelka (5) ni nolga keltiramiz.
Strelka 9 (muvozanat ko’rsatgich) esa 8 bilan mos kelishi kerak. Agar nol bilan o’xshashlik bo’lmasa, ko’rsatgichni vint (7) yordamida shu holatga keltirish kerak.
O’rnatilgan tarozini moslashtirish lozim. Kukundan (masalan, tal’kdan) 0,5% li suspenziya tayyorlang. Buning uchun kukun namunasini chinni hovonchaga solib, miqdori uncha ko’p bo’lmagan suv ishqalang. Sedimentatsiya uchun stakanga solib, qolgan miqdor (1l) suvni qo’shib, aralashtiring. Boshqa stakanga shuncha miqdor suv soling, uning sathi suspenziyali stakandagidek bo’lishi kerak. Stakanga ilgak (6) ka ilingan kosachani solamiz va uni o’lchaymiz. Bu uchun vintni bo’shatib, moslashtirgich (3) ni o’ngga joylashtiramiz va richag yordamida strelka 5 ni ko’rsatgich 9 bilan 8 chiziqlar moslashguncha harakatlantiramiz.

Tarozi sozlanadi. Kosacha massasi p0 ni strelka 5 ga qarama-qarshi shkala bo’yicha hisoblang. Bir vaqtning o’zida kosacha tubidan suyuqlik sathigacha bo’lgan masofa H (sm) ni o’lchang. Bunda stakanni shunday tanlash lozimki, uning tubidan kosacha tubigacha bo’lgan masofa 2-3 sm, kosacha tubidan suyuqlik sathigacha 10-12sm va kosacha sathidan stakan devorlarigacha masofa 2-3sm bo’lishi lozim.


Tajribadan oldin stakandagi suspenziyani 2-3 minut shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirish lozim. Stakanni asbobga o’rnatib, zudlik bilan unga vintni ilgagiga o’rnatilgan kosachani joylashtirish lozim. Bir vaqtning o’zida sekundomerga start bering. Moslashtirgichni o’ngga harakatlantirish orqali vintni bo’shashtirib, 15sek dan so’ng birinchi natija olinadi. So’ngra hisoblash 30 sek da olinadi. Vaqt o’tishi bilan cho’kish pasayishi sababli natijalar har 1-2 minutda oxirida 5 minutda olinadi. Har bir interval uchun 2-3 marta o’lchovlar olinadi va o’rtacha qiymati hisoblanadi. Agar har 5 minutdagi natijalar o’xshash bo’lsa, tajribani tugating. Olingan natijalarni jadvalga kiriting va cho’kish egri chizig’ini koordinatalarini tuzing. p (%)-t (min), Kosacha massasi…


Jadvaldagi ma’lumotlarga asoslanib, differensial taqsimlanish egri chizig’ini tuzing. Suspenziyadagi zarrachalar o’lchamini aniqlang.
Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin