Kirish asosiy qism



Yüklə 45,98 Kb.
səhifə1/6
tarix22.09.2023
ölçüsü45,98 Kb.
#147229
  1   2   3   4   5   6
Modal so`zlar


Reja:

  1. KIRISH

  2. Asosiy qism

1. Modal so‘zlarning o‘ziga xos tabiati va o‘rganilishi


2.O‘zbek tilida modal so‘zlarning semantik tasnifiga doir qarashlar
3. O‘zbek tilida ijobiy va salbiy munosabat bildiruvchi modal so‘zlar tarkibi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Kirish
Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Shuning uchun ona tilini sevish, puxta o‘rganish, uni billurdek musaffo saqlash, kamol toptirish milliy tilimiz, ona xalqimiz, jonajon vatanimizga bo‘lgan beqiyos muhabbatimiz ramzidir.


Til faqat jamiyatda, odamlar jamoasi orasidagina mavjud, chunki til orqali insonlar o‘z fikrlarini bildiradilar, fikr almashadilar, gaplashadilar. Til doimiy to‘xtovsiz ravishda o‘zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi hodisadir. Tilning taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Jamiyat yo‘q ekan, til ham bo‘lmaydi va aksincha til bo‘lmasa jamiyatda rivojlanish ham yo‘q. Insoniyat uchun fikr almashish doimiy va hayotiy zaruratdir. Til jamiyatning asrlar davomidagi butun tarixi jarayonida shu jamiyatda yashovchi minglarcha avlodlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, jamiyat va uning a’zolari uchun baravar xizmat qiladi. Tilning adabiyot, san’at, umuman, madaniyat kabi ijtimoiy hodisalardan farqi shundaki, ular ma’lum bir sinfning manfaatini ko‘zlaydi, uning mafkurasini targ’ib qiladi, til esa jamiyatdagi barcha kishilar uchun bir xil xizmat qiladi.
Har bir tilning fonetik tuzilishi, lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi ma’lum qonun-qoidalar asosida bir- biri bilan bog‘lanib, ularning har qaysisi alohida tizimni tashkil etadi. Jumladan tilshunosligimizda uzoq yillar davomida alohida olingan so‘z turkumi sifatida o‘rganilib kelingan modal so‘zlar bu tizimning asosiy halqalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu kurs ishida modal so‘zlar, ularning tilshunoslikdagi tadqiqi, badiiy matndagi uslubiy ma’no qirralari imkon qadar tahlilga tortilgan.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek tilshunosligida juda ko‘p bahs- munozaralarga sabab bo‘lgan, shuningdek, turli xil nomlanishlarga ega modal so‘zlar mavzusi hali ham bahstalab jihatlari bilan ahamiyatli. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “ Bizning maqsadimiz bir necha avlod mehnati bilan yaratilgan narsalarni yo‘qotmaslik, ularning eng yaxshilarini saqlab qolish, demokratik me’yorlarga, milliy manfaatlarimizga, mustaqilligimizga mos kelmaydiganlarini qayta tashkil etishdan, mazkur tuzilmalarni yangi mazmun bilan boyitishdan iboratdir”,1 biz ham tilshunoslikda yangi marralarga erishmog‘imiz, buning uchun esa har jabhada yangilanishlarga yo‘l ochmog‘imiz darkor bo‘ladi. Ayniqsa, so‘zlarni turkumlash masalasidagi xilma-xilliklarga befarq bo‘lmasligimiz, har bir yangi fikrga, jillaqursa munosabat bildira olishimiz darkor deb o‘ylayman. Ayni shu jihat modal so‘zlar va ularning uslubiyati mavzusiga juda daxldor hisoblanadi. Modal so‘zlar har xil aspektlarda turlicha tomondan turfa xil olimlar tomonidan o‘rganilgan. Biroq uslubshunoslikda modal so‘zlar tadqiqiga oid biron bir tadqiqot hali ko‘zga yarq etib tashlangani yo‘q, deyarli. Ayni shu jihat modal so‘zlar va ularnng uslubiy xususiyatlariga bag‘ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishining qay darajada dolzarbligini ko‘rsatib turibdi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mavzu doirasidan kelib chiqqan holda tadqiqotning obyekti deb modal so‘zlar, ularning qo‘llanish o‘rni va chegaralari, uslubiy namoyon bo‘lish xossalarini ko‘rsatsak, predmeti sifatida turli xil badiiy matnlar, nasriy va nazmiy ijod namunalarini misol keltirishimiz mumkin. Bu nafaqat, modal so‘zlar uslubiyati masalasiga, balki badiiy matnning lingvopoetik xususiyatiga ham bevosita aloqador ish hisoblanadi. Shu boisdan ishning qimmati yana bir bor ancha yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. So‘zlovchi nutqining ta’sirchanligini oshirishda, yoki lisoniy barkamolligini ta’minlashda modal so‘zlarning konnotativ ma’nolari katta rol o‘ynaydi. Ayni shu jihatni inobatga olgan holda, tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning uslubiy ma’nolarini badiiy matn tadqiqi orqali chuqurroq o‘rganishni maqsad qilgan ekanmiz, bu yo‘lda quyidagi vazifalarni amalga oshirish tadqiqot uchun dolzarb sanaladi:

  • tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning qo‘llanish chegarasi, o‘rganilish doirasi, amaldagi vazifasi kabi jihatlarni umumiy obzorda ko‘rib chiqish va ma’lumot berish;

  • modal so‘zlarning formal tilshunoslikdagi tadqiqini yoritish, ularning funksional- semantik shakllangan so‘z-gaplarning bir turi sifatidagi vazifalariga ahamiyat berish;

  • ijobiy sema anglatuvchi modallar, ularning tuzilishi va tarkibiga alohida to‘xtalish;

  • salbiy sema anglatuvchi modallarning uslubiy ma’no qirralarini tadqiq etish va misollar keltirish kabi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

  • Modal so‘zlar uslubiyati bo‘yicha birinchi daf’a qilingan ishlardan biri sanaladi;

  • Modal so‘zlarning faqat kontekstdagina ayonlashadigan konnotativ ma’no qirralari misollar asosida to‘la izohlanishga harakat qilindi;

  • Kurs ishida nafaqat modal so‘zlar uslubiyati, balki badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari ham tahlilga tortildi.



Yüklə 45,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin