Kirish Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi



Yüklə 163 Kb.
səhifə1/9
tarix09.05.2023
ölçüsü163 Kb.
#109936
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bozor iqtisodiyoti uning shakllanishi va rivojlanish shart sharo


Mundarija

Kirish…………………………………………………………………


1,Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi………………


2,Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal


qilinishi, afzlliklari va ziddiyatlari………………………………..

3,Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari………


4,O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va xususiyatlari…………………………………………………………


5,O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo`nalishlari…………………………………………………………


Xulosalar………………………………………………………………


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………


Kirish.


Kurs ishi mavzusining dolzalbligi: Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati

to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi.





Yüklə 163 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin