KIRISH QISMI
Jahon iqtisodiy geografiyasi - ishlab chiqarishni
joylashtirish qonuniyatlari
ijtimoiy tarixiy rivojlanish davrlarida geografik muhitda ishlab chiqarish kuchlarini
o‘zaro ta’siri va moslashuvini o'rganuvchi fan. Shu jumladan,
iqtisodiy
geografiyaning predmeti,
bir tomondan, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari,
ularning joylashishi, o‘zaro aloqadorligi, ularning tarixiy rivojlanish davrlari, o’zaro
ishlab
chiqarish aloqalari, egalik xususiyatlari bilan bog liq bo`lib, turli davrlarda
zamon va makonda o‘zgarishini, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish kuchlarining
joylashgan geografik muhitini o’ziga xos xususiyatlarini o`rganadi.
Yuqoridagilardan aniqlanishicha, iqtisodiy geografiya hozirgi kunda haqiqiyligicha
qolmoqda. U faqatgina ishlab chiqarish kuchlarini ishlab
chiqarishdagi jarayonini
emas, balki geografik muhitdagi tabiiy resurslardan foydalanishni o’rganadi.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiy geografiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o’zaro bog`liq
umumiy masalalar bilan bir qatorda turli tabiiy muhitning ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirishga ta’sirini o‘rganishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Agar aholi
geografiyasi o‘rganilsa, unda nafaqat ishlab chiqarishda band aholi o’rganiladi, balki
ishlab chiqarishga to`g`ridan-to`g`ri aloqasi bo’lmagan tillarning millat, elat, din va
insonlarning turmush tarzi kabi inson hayotining tug`ilishdan boshlab o`limigacha
bo`lgan jihatlarni o‘rganadi. Zamonaviy xo`jalik geografiyasini moliyaviy kapital,
bozor xizmatlarisiz tushunish qiyin. Eng asosiy aholi va xo’jalik geografiyasidagi
siljishlar turli xil miqyosdagi hududiy majmualami shakllanishi jamiyat hayotidagi
o‘zgarishlar mafkura, siyosat,
falsafiy jihatlardagi moddiy, madaniy, tashkiliy
aloqalar shunga olib keladiki, iqtisodiy geografiyaning boshqa ijtimoiy fanlar tarix,
iqtisod,
etnologiya, siyosatshunoslik fonlari bilan bevosita bog`liq. Minglab yillar
davomidagi tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatni o`rganish
tajribasi shuni
ko`rsatadiki, ishlab chiqarish kuchlarini yuksalishida tabiatdan maksimal darajada
foydalanish, XX asrning II yarmidan keyin tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha
foydalanish natijasida hozirgi kunda jamiyatni asosiy
muammosi tabiatni saqlab
qolish va resurslarni iloji boricha tejashdan iborat. Geografik qobiqda yuz
berayotgan ijtimoiy elementlarning iqtisodiy-ijtimoiy qonuniyatlarini joylashtirish,
ularning o’zaro aloqadorligi va mosligi yo‘nalishlarini
olib borish jarayonlarida
hozirgi vaqtda yetarlicha o’zgarishlar ro’y berdi.