Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Antropologiya va etnologiya” kafedrasi “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” yo‘nalishi I bosqich magistrlarining № 6-sonli Ilmiy-seminar ma`ruzasi bayonnomasidan KO‘CHIRMA
Toshkent shahar
5.05.2023 yil
Qatnashdilar:
Kafedra mudiri t.f.f.d., (PhD) A.D. Bababekov, t.f.d. dotsent B.M. Ubaydullayeva, (PhD) S.M.Anarkulov, o‘qituvchilar: R.Abduzohirov, T.Babaraximov, M.Abdullayeva, “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” I, II kurs magistrantlar va kotiba K.R. Abduraxmonova.
KUN TARTIBI: 3-masala.Magistrant “G‘aniyeva Oysara Baxtiyorovnaning Buxoro vohasi etnoturizmni rivojlantirish sharoitlari va omillari” mavzusidagi Ilmiy seminar ma`ruzasi muhokamasi. ESHITILDI. Kafedra mudiri t.f.f.d., (PhD) A.D. Bababekov: navbatdagi masalamiz magistrant G‘aniyeva Oysara Baxtiyorovnaning “Buxoro vohasi etnoturizmni rivojlantirish sharoitlari va omillari” mavzusidagi seminar ma`ruzasi muhokamasi o‘rin olgan. Berilgan reglamentga amal qilgan holda dissertatsiya ishi bo‘yicha tayyorlab kelgan taqdimotini topshirish uchun magistrant G‘aniyeva Oysara Baxtiyorovnaga beramiz. Marhamat!
So‘zga chiqdi: 70230501-Etnografiya, etnologiya va antropologiya yo’nalishi magistranti G‘aniyeva Oysara Baxtiyorovna. Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, magistrantlar! Etnografik turizm zamonaviy O‘zbekistonda turizm biznesining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. U o‘tmishni, milliy madaniyatni va uning bugunini tushunish uchun muhim bo‘lgan va ma'lum bir guruh odamlarining madaniy o‘ziga xosligini namoyish etish imkonini beradigan joylarga tashrif buyurishni o‘z ichiga oladi. Bu shunchaki milliy bayramlar va festivallar emas. Etnoturizm xalq hayotini “ichkaridan” ko‘rish va o‘rganish-uning tarixi, urf-odatlari, marosimlari tili va afsonalarini hids qilish, yashash va o‘rganish imkonini beradi.
Mavzuning maqsadi. Buxoro vohasida etnoturizmni rivojlantirish sharoitlari va omillarini etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti. Buxoro vohasidagi etnografik xususiyatlarga ega bo‘lgan qishloqlar, ziyoratgohlar belgilab olingan.
Tadqiqotning predmeti. Buxoro vohasidagi etnoslar yashovchi qishloqlar, ziyorat maskanlari va ularda tashkil etilgan yoki tashkil etilishi rejalashtirilgan sharoitlar.
Savol berdi: t.f.f.d., (PhD) A.D. Bababekov. Ilmiy ishingizni mundarijasidagi I bob 1.1 Etnoturizm bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar tarixshunosligi haqida qaysi tadqiqotlarni o'rgandingiz?
Javob berdi:magistrant O.G‘aniyeva. Savolingiz uchun rahmat ustoz, Aqchayev Farrux Shavkatovichning ''Jizzax vohasi muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari'' Shvakat Bobojonovning "Buxoro vohasidagi ziyorat turizmi salohiyati" va yana bir qator turizmga oid tdqiqotlarni o'rganyapman.
Savol berdi: t.f.f.d., (PhD) S.M. Anarkulov. Mamlakatimizdagi etnoturizmni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati va qonunlarni o‘rgandingizmi?
Javob berdi:magistrant O.G'aniyeva Savolingiz uchun rahmat ustoz, ha albatta o‘rganish jarayonidaman. Misol uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “2017-2019-yillardagi Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turistik salohiyatini jadal rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida”gi hamda 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillardagi turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorlarini ko‘rib chiqyapmiz.
So‘zga chiqdi: t.f.d. B.M.Ubaydullayeva. Hurmatli rais mening ilmiy rahbarligimdagi magistrant G‘aniyeva Oysara Baxtiyorovnaga “Buxoro vohasida etnoturizmni rivojlantirish sharoitlari va omillari” mavzusi biriktirilgan. Mundarija tuzilib, tadqiqotning aniq maqsadi o‘rganildi, bibliografiya tuzildi, dissertatsiya va adabiyotlar bilan tanishib chiqish vazifasi yuklatilgan.
Kafedra mudiri t.f.f.d., (PhD) A.D. Bababekov magistrant G‘aniyeva Oysara Baxtiyorovnaning Ilmiy seminar ma`ruzasi taqdimoti bo‘yicha o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi.
QAROR QILINDI: 1. 1-kurs “70230501 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya” mutaxassisligi magistranti G‘aniyeva Oysara Baxtiyorovnaning “Buxoro vohasida etnoturizmni rivojlantirish sharoitlari va omillari” mavzusidagi Ilmiy seminar ma`ruzasi muhokamasi ijobiy baholansin.
Ko‘chirma asliga to‘g‘ri
Majlis raisi: t.f.f.d., (PhD) A.D. Bababekov Kotiba: K.R. Abduraxmonova