Kirsh Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 102,97 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü102,97 Kb.
#192088
  1   2   3   4   5   6   7
Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari.


MAVZU: Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari.
Texnologiya va dizayn tushunchasi. Texnologiya va dizayn faninnng nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg’or texnologiyalar bilan talabalarni o’rganish
Kirsh

  1. Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari.

    1. Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari haqida tushunchasi.

    2. Texnologiya va dizayn faninnng nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg’or texnologiyalar bilan talabalarni o’rganish

  1. Texnologiya va dizayn fanining o’qitish metod va vositalari.

    1. Zamonaviy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya va dizayn faninnng o‘qitilishi.

    2. Texnologiya va dizayn fanining xalq turmishidagi o‘rni.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Bu kurs ishida o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umumtexnologiya ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular texnologiyai natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar yaratilgan.
Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston sanoati ishlab chiqarishi ko‘p tarmoqli bo‘Igan murakkab sohadir. U elektr energetikasi, yoqilg'i, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik va metallga ishlov berish, qurilish materiallari, to'qimachilik, tikuvchilik va boshqa shu kabi tarmoqlardan iborat Bular sanoatning ikki muhim tarkibiy qismini - og‘ir va yengil sanoatni tashkil qiladi. Og‘ir sanoat tabiiy moddiy boyliklar (mineral xomashyo, neft, toshko'mir, gaz va h.k)ni qazib olish va tayyorlash hamda ulardan turli xil buyumlar tayyorlash uchun ulami qayta ishlash bilan shug'ullanadi. Mamlakatimizda kon sanoati yer bag‘ridagi juda boy rangli metall rudalar, toshko'mir, neft, gaz, qurilish materiallari (ohak, marmar, granit, qum)ni qazib olish va qayta ishlash orqali xalq xo‘jaligi uchun zarur mahsulot ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Sanoatning ikkinchi muhim tarkibiy qismi bo'lgan yengil sanoat qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan yetakchi tarmoq bo'lib, xalqning gazlama, kiyim-kechak, poyabzalga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
Mamlakatda yetishtiriladigan paxta, kanop, jun, teri va h.k mahsulotlarining asosiy qismi ana shu sanoatda qayta ishlanadi. Biroq, bu og'ir va yengil sanoat birbiriga bog‘liq bo‘lmasdan mustaqil rivojlanadi degan gap emas, albatta. Og'ir sanoat ishlab chiqaiish vositalari (turli-tuman yigirish, to‘qish dastgohlari, tikish mashinalari va h.k) tayyorlab, yengil sanoatni tez sur'atlarda taraqqiy ettirish bilan birga o‘zi ham rivojlanadi. Bundan tashqari yengil sanoat og‘ir sanoat uchun xomashyo bazasi bo'lib xizmat qiladi. Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini zamonaviy texnika bilan ta’minlashni ilg‘or mashinasozlik bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki aynan mashinasozlikda ilmiy-texnik g‘oyalar moddiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi, xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlaridagi belgilovchi yangi texnologiya qurollari, mashinalar yaratiladi. Bu sohada resurslami tejaydigan prinspial yangi texnologiyalarga keng miqyosda o'tish, texnologiya unumdorligini va mahsulot sifatini oshirish uchun asos solinadi. Aholi uchun madaniy-maishiy va xo'jalikka moijallangan xilma- xil tovarlami tayyorlash, asosiy mahsulotlar chiqarish bilan sanoatning barcha tarmoqlari shug'ullanadi. Sanoatni xomashyo bilan. aholini oziq-ovqat mahsulotlan bilan ta mmlaydi. U o'simhkshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem-xashak tayyorlash vah.k) hamda chorvachilik (qora molchilik, qoychilik, parrandachilik, baliqchilik va h.k)ni o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish binotari, inshootlar, turar joylar, yo'llar, kasalxonalar, maktablar va boshqa obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishdir Xalq xo'jaligi va aholining xilma-xil yuklami tashish elitiyojini uzluksiz hamda o'z vaqtida ta’minlaydi. Jamiyatning ishlab chiqarish - xo'jalik faoliyatida, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 102,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin