Komponent tahlil metodi

Yüklə 0,74 Mb.
tarix12.11.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#68762
Presentation

Komponent tahlil metodi

Done by: Yusupova Gulnora

Komponent tahlil

Komponent tahlil differensial tahlilning leksik tizimga tadbiq etilishi natijasida yuzaga keladigan tahlil usulidir.

Lug’aviy birliklar,xuddi boshqa sathlardagidek,til tizimida ma’lum tartibdagi guruhlarni tashkil qiladilar va ma’nolari jihatidan o’zaro paradigmatik munosabatlarda bo’ladilar.Bunday paradigmatik dasturlarni “ mavzuviy guruhlar” yoki “leksik semantik” guruhlar deb ataydilar.

Masalan quyidagi mavzuviy guruhlarni ajratish mumkin:

Masalan quyidagi mavzuviy guruhlarni ajratish mumkin:

  • Uy jihozlari nomlari:stol,stul,shkaf,divan,sandiq,tahmon va hakazo
  • Metereologik hodisalar: shamol,qor,yomg’ir , izg’irin
  • Qon-qarindoshlik atamalari:ota ,bola, ona ,qiz,o’g’il ,aka ,tog’a
  • His-hayajonni ifodalovchi so‘zlar: xursandchilik,xafalik,shodlik,zavq
  • Inson intellektual faoliyatini ifodalovch fe’llar:o’ylamoq,i,fikrlamoq,eslamoq ,tushunmoq,faraz qilmoq,bilmoq,fikrlamoq

Ko‘rinib turganidek, so‘zlar turli leksik-semantik guruhlarga ajratilayotganda umumiy semantik xususiyatlariga asoslaniladi, ya’ni semantik umumiylikka ega bo‘ladi. Biroq, ta’kidlash joizki, ma’lum LSG tarkibiga kiruvchi so‘zlar o‘z o‘rnida o‘zaro farqlanadi, qarama-qarshilikka ega bo‘ladi. Bunda mavjud farqlar va oppozitsiyalar yordamida so‘zlarni o‘zaro chog‘ishtirish orqali ularning ma’no komponentlari aniqlanadi va har bir so‘zning semantik maydoni, ma’no doirasi yoritiladi.

  • Ko‘rinib turganidek, so‘zlar turli leksik-semantik guruhlarga ajratilayotganda umumiy semantik xususiyatlariga asoslaniladi, ya’ni semantik umumiylikka ega bo‘ladi. Biroq, ta’kidlash joizki, ma’lum LSG tarkibiga kiruvchi so‘zlar o‘z o‘rnida o‘zaro farqlanadi, qarama-qarshilikka ega bo‘ladi. Bunda mavjud farqlar va oppozitsiyalar yordamida so‘zlarni o‘zaro chog‘ishtirish orqali ularning ma’no komponentlari aniqlanadi va har bir so‘zning semantik maydoni, ma’no doirasi yoritiladi.

KTning dastlabki bosqichi til lug‘at boyligidan ma’lum LSGning ajratilishi hisoblanadi. O‘z navbqtida mazkur LSG ham o‘z bosqichlariga ega, ya’ni o‘z o‘rnida u ham ichki guruhlarga bo‘linishi mumkin. Shuningdek, ikki turli xil LSG o‘zaro bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin. Masalan, tirik mavjudotlarni bildiruvchi leksik birliklar jonsiz narsalarni anglatuvchi birliklar bilan qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘z navbatida tirik jonzotlar guruhi ham o‘zaro farqlanishi mumkin: qushlar nomlarini bildiruvchi LSG va baliqlar turlarini ifodalovchi LSG. Bundan tashqari, insoniy his-tuyg‘ularni bildiruvchi leksik birliklar o‘z o‘rnida ijobiy va salbiy insoniy his-tuyg‘ularni ifodalovchi LSGga bo‘linadi va o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilib o‘rganiladi.

Shunday qilib, KTning asosiy xususiyatlari quyidagicha: a) KT asosan leksik sath birliklarini tahlil qilish uchun qo‘llanadi; b) so‘zlar umumiy semantik xususiyatlari asosida ma’lum LSGga biriktiriladi; bunday so‘zlar o‘zaro paradigmatik munosabatda bo‘ladi; v) ma’lum LSGdagi so‘zlar ham (umumiy semantik belgisiga ega bo‘lsa-da) o‘z navbatida bir-biriga qarshi qo‘yilib, semantik ma’no qirralari, nozikliklari aniqlanishi mumkin.

  • Shunday qilib, KTning asosiy xususiyatlari quyidagicha: a) KT asosan leksik sath birliklarini tahlil qilish uchun qo‘llanadi; b) so‘zlar umumiy semantik xususiyatlari asosida ma’lum LSGga biriktiriladi; bunday so‘zlar o‘zaro paradigmatik munosabatda bo‘ladi; v) ma’lum LSGdagi so‘zlar ham (umumiy semantik belgisiga ega bo‘lsa-da) o‘z navbatida bir-biriga qarshi qo‘yilib, semantik ma’no qirralari, nozikliklari aniqlanishi mumkin.

Ko‘rinadiki, komponent tahlilda so‘zning semantik tuzilishidagi komponentlar tahlil qilinadi va semalar va sememalarning o‘zaro munosabatlari, ma’no qirralari tahlil qilinadi.

Ko‘rinadiki, komponent tahlilda so‘zning semantik tuzilishidagi komponentlar tahlil qilinadi va semalar va sememalarning o‘zaro munosabatlari, ma’no qirralari tahlil qilinadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin