KOMPYUTER AVLODLARI VA ULARNING KLASSIFIKASIYASI. KOMPYUTERNING ARXITEKTURASI VA ISHLASH PRINTSIPLARI. SISTEMA BLOKI KOMPONENTLARINI O‘RGANISH Reja:
Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi.
Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari.
Sistema bloki komponentlarini o‘rganish.
Hammasi qanday boshlandi Insoniyat har doim har xil hisob-kitoblarni soddalashtirishga intilgan. Hisoblash uchun
dastlabki qurilmalar qadimgi Yunoniston va boshqa qadimiy davlatlarda paydo bo'la boshladi. Ammo bu oddiy texnikaning deyarli barchasi kompyuter bilan hech qanday aloqasi yo'q. Elektron kompyuterlarning eng muhim xususiyati dasturlash qobiliyatidir.
Dastlabki kompyuter 1834-yildaingliz muhandisi Charlz Bebbij tomonitan
yaratilgan, unda: yog‘ochdan ishlangan «diskovod», kartonli perfokartalar, tishli va richagli «protsessor» mavjud edi. Charlz Bebbijning «analitik» mashinasi — mexanik apparat bo‘lib, hisoblashni avtomatlashtirishga mo‘jallangandi. Mazkur mashinaning logarifmik va trigonometrik funksiyalari uni universal hisoblash qurilmasi deb atash
imkonini berardi. Universal hisoblash mashinasi zamonaviy kompyuterlarimizning
munosib ajdodi edi. Bebbijning yagona mantiqiy asoslangan arifmetik qurilmasi (uni o‘zi
«tegirmon» deb ataydi), xotira
raqamli sxemasiga registrlari
(«ombor») va uch turdagi perfokartalar yordamida amalga oshirilgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Perfokartalar yordamida mashina qo‘shish, bo‘lish, ko‘paytirish operatsiyalarini amalga oshirardi.
Charlz Bebbijning “Farqlar” mashinasi
Doktor Konrad Ernst Otto Zuse nemis muhandisi va kompyuter kashshofi edi. U 1938 yilda birinchi chinakam ishlaydigan mexanik dasturlashtiriladigan kompyuter Z3 va birinchi yuqori darajadagi dasturlash tili Plankalkul yaratuvchisi sifatida tanilgan.