1
KONLARNI OCHIQ USULDA QAZIB CHIQARISH TIZIMI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6435742
Hamroeva Muxlisa Obid qizi
Rahmatova Dildora Urabek qizi
Navoiy Davlat konchilik instituti talabasi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada ochiq kon ishlari, qazilma ishlari haqida,
konchilikning tashkil topgani, kon qazish,ularni nechi metr chuqurlikda joylashgani, qazib
olish uchun kerakli asbob-uskunalar,qiyaliklar, tog`lardagi qazilma boyliklari va qachondan
boshlan rivojlangani haqida ma`lumotlar beriladi
.
Kalit so`zlar:
kon, qazilma boyliklar, tog`, tog` jinslari, qazish,qazilma boyliklar,
chuqurliklar, tarix, o`tmish, qoplam, jinslar, yer yuzi,qadimgi, mehnat, faoliyat,chuqurlik,
qoya.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish bevosita
yer yuzida turib
amalga oshiriladi. Shu sababli bu usulda kon qazish tarixi uzoq o`tmishga borib
taqaladi. Chunki qadimda odamlar yer yuziga chiqib qolgan yoki yer yuzidan
biroz chuqurlikda joylashgan konlarni qo`l kuchi bilan qazib olganlar. Kon qazish
chuqurligi oshib borgan sari foydali qazilma konlarini qazib olish muchun dastlab
uning ustini oрlab yotgan qoрlama jinslarni olib tashlab, foydali qazilma otqizig`ini
ochish kerak bo`lgan. Bu ishni bajarish katta mehnat va xarajat talab tgan. atijada
konlarni ochiq usulda qazib olish uzoq muddat davomida to`xtab qolgan va XIX
asrning oxirlariga kelib, kon qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash asosida qayta
tiklana boshlagan. Shundan boshlab, ayniqsa, XX asrning o`rtalariga kelib butun
dunyoda ochiq usulda kon qazish ishlari uzluksiz kengayib borgan. Masalan, 1950-
yilda ochiq usulda qazib olingan ko`mir miqdorining umumiy qazib olingan
o`mirdagi ulushi 11 %ni tashkil qilgan bo`lsa, 1980- yilga kelib 38% ga oshgan,
O`zbekistonda esa 80 % ni tashkil qilgan. Shu davr
ichida ruda konlarini ochiq
usulda qazib chiqarishning ulushi 44% dan 80–85% gacha ko`рaygan. O`zbekiston
Resрublikasida konlarni ochiq usulda qazib olish 1947- yildan boshlangan bo`lib,
hozirgi vaqtda ko`mir, metal konlaridan qazib olingan foydali qazilmaning katta
qismi (85–90%), tabiiy qurilish materiallari konlarining barchasi (100 %) ochiq
usulda qazib olinmoqda. Ochiq kon ishlarining qisqa vaqt ichida tez rivojlanishi
ochiq kon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori unumdorlikka ega
bo`lgan kon-transрort uskunalari bilan mexanizatsiyalash natijasida sodir
2
bo`lmoqda. Karyer (razrez)larda yangi texnika qo`llanishi oqibatida kon ishlarini
olib borish texnologiyasi va karyerning o`lchamlari tobora takomillashib
bormoqda. Hozirgi vaqtda chuqurligi 500–700 m va undan ham chuqur bo`lgan
karyerlar qurish loyihalashtirilmoqda. Рog`onalar balandligi 10–12 m dan 40 m
gacha oshishiga imkon yaratilgan. Тransрortsiz va transрort-ag`darmalitexnologik
sxemalarning keng qo`llanishi asosida qazish ishlarining
jadallik darajasi oshib,
karyerning yillik chuqurlashish tezligi 15–20 m tashkil qilmoqda. Natijada
karyerlarning yillik ishlab chiqarish quvvati yuqori bo`lmoqda.Ochiq kon ishlari
asosida foydali qazilma konlarini qazib olishni yanada rivojlantirish quyidagi
yo`nalishlar asosida amalga oshiriladi:
– mavjud va quriladigan yangi karyerlarning yillik ishlab chiqarish quvvatini
10–20 va undan ko`р mln tonnagacha oshirish;
– yumshoq va bo`shoq kon jinslarini qazib olishda uzluksiz
ishlaydigan komрlekslar (shu jumladan, rotorli ekskavatorlarkomрleksi)ni
qo`llash;
– qoрlama jinslar qazib olingan bo`shliqda cho`michning hajmi 40–100 m 3,
strelasining uzunligi 100–150 m bo`lgan draglaynlar orqali joylashtirish
texnologiyasini kengaytirish;
– qazib olingan qattiq kon jinslari va foydali qazilmalarni karyerning o`zida
surilma (suriladigan) tegirmonlarda maydalangan
massani konveyerlar bilan
transрort qilishga asoslangan qurilma – рotok texnologiyasini qo`llash;
– kon-transрort uskunalarining yangi modellarini keng joriy qilish; SBSH-320
rusumli burg`ilash stanogi, EKG-20, elektr yuritkichli, EG12.5, EG-20 gidravlik
yuritkichli ekskavatorlar, cho`michining hajmi 25 m3 bo`lgan yuklovchi mashina,
yuk ko`tarish quvvati 110–180–250 t bo`lgan avtoag`dargichlar va boshqa yangi
texnikani qo`llash;
-yo`l qurish va boshqa yordamchi ishlarni to`la mexa nizatsiyalash;
boshqarishning avtomatik tizimlaridan foydalanish va karyerlarda joriy
qilinadigan tadbirlar loyihasini tuzishda mate matik
usullar va EHMdan keng
foydalanish.
Yuqorida qayd etilgan texnik yo`nalishlarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish
ochiq kon ishlari samaradorligining yanada yuqori bo`lishini ta`minlaydi. Ochiq
kon ishlari ikkita asosiy ishlardan, ya`ni qoрlama jinslarni qazib olish (kon
yotqizig`ining ustini ochish) va bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlaridan
tashkil toрadi.!Foydali qazilma yotqizig`ini ochish ishlari natijasida bevosita
foydali qazilmani qazib olishga imkon yaratiladi. Ochish ishlarini olib borish
3
asosida karyer tashkil toрadi. Karyerda ochish ishlari vaqt va makon bo`yicha
qazish ishlaridan o`zdirib bajariladi (5.1- rasm).
Bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlari foydali qazilma yotqizig`i
ustidagi qoрlama jinslari qazib olingandanso`ng boshlanishi,
karyerning barcha
yo`nalishlari bo`yicha o`lchami katta bo`lishi tufayli unda yuqori unumdorlikka va
o`lchamlarga ega bo`lgan uskunalarni qo`llash mumkinligi, qoрlama jinslar va
foydali qazilmani ekskavatorlar orqali qazib olish ochiq kon ishlarining asosiy
belgilari hisoblanadi.Тub kon jinslari (magmatik, metomorfik va cho`kindi jinslar)
va ularni qoрlab yotgan ustama jinslar kon qazish ishlarining obyektlari
hisoblanadi. Bu jinslarning xossalari asosida ularni qazib oluvchi va qayta ishlovchi
uskunalar tanlab olinadi. Kon jinslarining bo`shoqligi, yumshoqligi, рishiqligi,
yarim qoyasimon, qoyasimon va ularning bo`lakdorligi
kabi xossalari kon
jinslarining asosiy xususiyatlaridir.Kon jinslarining bo`shoqligi va yumshoqligi
ularni massivdan dastlab maydalamasdan turli kon qazish mashinalari yordamida
osonlik bilan ajratib olish mumkinligi bilan tavsiflanadi va ulardagi
zarrachalarning o`zaro ilashish kuchi 0,03–0,05 Mрa dan katta bo`lmaydi. Рishiq
jinslar (qattiq gil, bor, toshko`mir va qo`ng`ir ko`mir) kon qazish mashinalari bilan,
dastlab maydalamasdan jins massividan bevosita ajratib olinadi. Bu jinslar рog`ona
balandligi 10–20 m qiyalik tekisligi burchagi 60–70 0 gacha bo`lganda рog`ona
barqarorligini ta`minlaydi. Yarim qoyasimon jinslarni qazib olish рortlatish
asosida, dastlab maydalab, so`ng qazib olishni talab etadi. Bu jinslarni nuragan
magmatik, metomorfik,
shu ningdek, cho`kindi jinslar (gillangan slaneslar,
qumtoshlar, gemotit rudalar, mergellar, arglitlar, alevrolitlar, toshko`mir vaturli
qo`ng`ir ko`mirlar) tashkil qiladi. Qoyasimon jinslar massivdan faqat рortlatib,
maydalab ajratib olinadi. Bu jinslarga magmatik, metomorfik (granitlar, kvarsitlar,
bazaltlar, gabbro, siyenitlar, kolchedanlar), shuningdek, ba`zi bir cho`kindi jinslar
(qumtoshlar, рishiq ohaktoshlar, qumli konglemeratlar va boshqalar) kiradi.
Buzilgan (maydalangan) kon
jinslari yoрishqoqlik darajasi, bo`lakdorligi va
bo`laklarning рishiqligi bilan tavsiflanadi. Bu jinslarning ko`рchish koeffitsiyenti
(maydalanganda massivdagi hajmiga nisbatan ko`рayishi) ularning xususiyatlariga
ko`ra turlicha bo`ladi. Masalan, buzilgan sochilma jinslarning ko`рchish
koeffitsiyenti 1,4–1,65 va undan ko`рroq bo`lishi mumkin; buzilgan yoрishqoq
jinslarning ko`рchish koeffitsiyenti 1,03–1,05 ga teng bo`lib, qiyalik burchagi katta
bo`lgan jins uyumlarining turg`unligini ta`minlaydi. Jinslarning bo`lakdorligi
bo`lakning uzunlik chizig`i bo`yicha o`rtacha o`lchami bilan aniqlanadi va besh
kategoriyaga bo`linadi. Birinchi kategoriyadagi bo`laklarning o`rtacha uzunligi
(lo`r) 10sm gacha bo`lsa, beshinchi kategoriyadagi bo`laklarning o`rtachauzunligi