Konstitutsiya tuzuk degani. Eski turkiy tilimizdagi tuzmoq feʼli asosida yuzaga kelgan. Amir Temur tuzuklari ham oʻziga xos bir konstitutsiya desam, yanglishmayman



Yüklə 70,67 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü70,67 Kb.
#157991
Konstitutsiya


Konstitutsiya – tuzuk degani. Eski turkiy tilimizdagi tuzmoq feʼli asosida yuzaga kelgan. Amir Temur tuzuklari ham oʻziga xos bir konstitutsiya desam, yanglishmayman. Tuzukda aytiladi agar aybdor, jinoyatchi kishilarga jazo berish kerak boʻlsa unga azob berish, qiynash tanaga jarohat yetkazish kabi jazolar berish taqiqlanadi. Uni maʼrifat yoʻli bilan toʻgʻri yoʻlga boshlash kerak. Yoki boʻlmasam, oʻsha davr kishisi adirlik, qarovsiz dasht yerlarini parvarish qilib, uni obod qilsa, undan birinchi soliq olinmagan. Bobomiz tuzuklarida ham milliy qomusimiz singari insonparvarlik – gumanizm gʻoyalari ilgari surilgan. Bir soʻz bilan aytganda, bugungi konstitutsiyamiz mustaqilligimiz tuzugidir. Mamlakatimizning barcha fuqarolarining butun haq-huquqlari, konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan. Har bir fuqaro oʻqish, mehnat qilish, davolanish huquqlariga ega. Bugun osoyishta zaminimizda vijdon erkinligi, teng huquqlilik, insonparvarlik gʻoyalari asosida baxtiyor insonlar umrguzaronlik qilib kelmoqda. Bugun biz nimagaki erishgan boʻlsak, mana shu konstitutsiyamiz tufayli erishdik. Konstitutsiya insonni inson sifatida yashashini, sayohat qilishini, erkin fikrlashini taʼminlovchi olamshumul hujjat hamdir. U kishi ruhiyatini, sogʻligini oʻzida aks ettirgan. Konstitutsiya – mustaqilligimizning eng katta yutugʻi hamdir. U shunchalar mukammal asarki, kishining barcha ehtiyojlariga unda javob bor. Unda nafaqat, insonni balki oddiy daraxt, tabiat, muborak qadamjolarni asrash, muhofaza qilish tushunchalari ham yotadi.
~Shaxsiy daxlsizlikni taminlashning sud-huquq kafolatlarini mustahkamlash sahosidagi dolzarb vazifalar tug’risidagi kanfirensiya bulib utdi.
~Konferensiyaning maqsadi – qiynoqlarni qoʻllashning oldini olish boʻyicha muvaffaqiyatli amaliyotlar asosida jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligini yanada takomillashtirishdan iborat.
Konferensiya ishtirokchilari huquqiy davlatning muhim koʻrsatkichi boʻlib davlat siyosatidagi ustuvor yoʻnalishni aniqlashga imkon beruvchi erkinlik va shaxsiy daxlsizlikning himoya qilish darajasi hisoblanishini taʼkidlab oʻtishdi. Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini tashkillashtirishni takomillashtirish boʻyicha izchil va bosqichma-bosqich, jumladan, qiynoqlarning oldini olish uchun zarur tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
~Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiga qoʻshilishi davlatning inson huquqlari va erkinliklarining umumeʼtirof etilgan qadriyatlariga boʻlgan intilishlarini yana bir bor tasdiqladi. Qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlariga rioya qilish boʻyicha bir qator xalqaro standartlarni tan olish, davlat jazoni ijro etish tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalariga eʼtiborini yanada kuchaytirdi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar muhim maqsadga, ya’ni, hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan.
~Konferensiyada O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini izchil va tizimli ravishda amalga oshirishda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining ta’minlanayotgani davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omil bo‘layotgani alohida qayd etildi.
Mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov – demokratik davlatchilikning muhim belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli bo‘lib, zamonaviy demokratik davlatchilikning alohida talabi, zarur instituti hisoblanadi. Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda qonuniylik muhitini yaratish inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning ishonchli garovidir.
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Chang Jong Kimning fikricha, konstitutsiyaviy nazorat organlarining vakolatlarini kengaytirish, institutsional va vazifalarga doir mustaqilligini mustahkamlashga ko‘plab davlatlarda e’tibor qaratilmoqda. Ushbu idoralarning qarorlarini ijro etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni joriy etish vositasida konstitutsiyaviy nazorat idoralarining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
– O‘zbekistonda sud-huquq tizimi har tomonlama puxta o‘ylangan va xalqaro standartlarning eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan tizimli institut sifatida shakllangan, – deydi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Mixail Kleandrov. – Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashgani, hakamlik sudlari tarmog‘i shakllangani ishlarni sifatli va samarali ko‘rib chiqishga xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaviy sud qonun hujjatlarining Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rish orqali har bir hokimiyat tarmog‘ining o‘z vakolati doirasida ish yuritayotgani, ularning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinganiga baho beradi. Bularning barchasi huquqiy davlatning muhim sharti hisoblangan qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Malayziya Apellatsiya sudi raisi Tan Sri Raus Sharifning ta’kidlashicha, konstitutsiyaviy nazoratning samaradorligini ta’minlashda konstitutsiyaviy nazorat obyektlarini va ularni ko‘rib chiqish chegaralarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda me’yorlarning sud nazorati har tomonlama qamrab olinishini ta’minlash dolzarb hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan biron-bir normativ-huquqiy hujjat sud nazoratidan chetda qolib ketmasligi, sud organlarining nazorat vakolatlari takrorlanmasligi lozim.
– O‘zbekiston bag‘rikeng diyor sifatida jahonga tanilgan, – deydi Pokiston Oliy sudi sudyasi Qozi Fayoz Iso. – Inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar pirovardida bu mamlakatning gullab-yashnashiga yo‘l ochayotganiga guvoh bo‘ldik. Darhaqiqat, qayerda hokimiyat tarmoqlari zimmasiga qo‘yilgan vazifalar to‘laqonli ado etilsa, o‘sha yerda rivojlanish, taraqqiyot bo‘ladi. Bunda sudyalar zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy tizimni modernizatsiya etish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi alohida o‘rin tutmoqda. Huquqiy tizimni, demokratik qadriyatlarni muhofaza qilishda, ularni xalqimiz turmush tarziga singdirishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotir. Kelgusida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining yanada takomillashtirilishi sudlov jarayonlarining modernizatsiya qilinishi va demokratlashuviga, konstitutsiyaviy odil sudlovning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarining samarali va o‘z vaqtida himoyalanishini mustahkamlashga qaratilishi lozim.
– O‘zbekistonda hokimiyatning har uchala tarmog‘i o‘ziga xos mukammal shakllantirilgan, – deydi Tailand Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Tvekiat Menakanist. – Ular o‘z vazifalarini qonunda belgilangan asosda hamda fuqarolar manfaati yo‘lida o‘zaro hamkorlikda olib borayotgani mamlakatda barqarorlik, farovonlik qaror topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Konferensiyada Konstitutsiyaviy sudning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini tatbiq etish va inson huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati, konstitutsiyaviy odil sudlovning dolzarb masalalari, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Xalqaro anjuman yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
~Prezident Shavkat Mirziyoevning 2022 yil 1 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida shunday deb ta’kidlangan. Qarorga muvofiq, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi va izchil amalga oshirilmoqda.
Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ahamiyati ulkan, mohiyati esa beqiyosdir.
Prezidentimiz qarorida e’tirof etilganidek, “Aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo‘lib kelmoqda”.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat og‘ir va murakkab vaziyatda Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish yo‘lida g‘oyat muhim natijalarga erishilmoqda. Bunda dastlab Harakatlar strategiyasi, endilikda Taraqqiyot strategiyasi asosiy dasturilamal bo‘lmoqda.
Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari
2021 yilgi Prezident saylovidan so‘ng mamlakatimizda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga kirishilganini alohida ta’kidlash lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va saylov jarayonida o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazilgan bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
Davlatimiz rahbari qayd etganidek, “Biz ushbu strategiyada yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini eng oliy qadriyat etib belgiladik. Ta’kidlash kerakki, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Biz bundan buyon faoliyatimizni “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida tashkil etamiz”.
O‘z navbatida, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish uchun 2022 yilga – «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb nom berilgani bejiz emas. Inson qadri degani, sodda qilib aytganda, insonni ulug‘lash va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbatni qadrlash deganidir.
“Inson qadri” tushunchasi – insonning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari har tomonlama ta’minlanishini ham o‘zida qamraydi. Binobarin, Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘nggi yillarda yurtimizda demokratik islohotlarni amalga oshirish, jumladan, inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida izchil va samarador ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekiston birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylangani bu sohadagi amaliy faoliyatimizning yuksak e’tirofi bo‘ldi. 2021 yil 1 yanvardan buyon mamlakatimiz BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi sifatida faol va samarali faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisi o‘rinbosarligiga saylandi. O‘zbekiston vakili bu yuksak lavozimdagi vazifalarini 2022 yildan bajarishga kirishdi.
Dunyodagi hech bir mamlakatda so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi kabi keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmagan. Toshkentning yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli Markaziy Osiyo davlatlari ilk bor bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mintaqaviy masalalarni bu qadar ochiq va samimiy muhokama qila boshladi.
~Bugungi kunda inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq xalqaro hujjatdagi qoidalar milliy qonunchilikda o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimiz qo‘shilgan xalqaro hujjatlarning bajarilishi yuzasidan milliy ma’ruzalar BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi hamda shartnomaviy qo‘mitalariga doimiy ravishda taqdim etib borilmoqda.
Joriy yil fevral oyida ana shunday ikkita davriy ma’ruza eshitildi. Bulardan biri – BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasi ijrosi bo‘yicha O‘zbekistonning Oltinchi davriy ma’ruzasi bo‘lsa, keyingisi – Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktni bajarish bo‘yicha Uchinchi milliy hisobotdir.
Shu kunlarda BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasi hamda Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishni bartaraf etish qo‘mitasi O‘zbekiston Davriy ma’ruzalari yuzasidan taqdim etgan tavsiyalarini amalga oshirish uchun Milliy harakatlar rejalari loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli vazirlik idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
2022 yil 10 mart kuni paxtadan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ular bilan savdo qiluvchi jahondagi yetakchi 331 ta kompaniyani birlashtiruvchi Cotton Campaign koalitsiyasi O‘zbekistonda majburiy mehnat va bolalar mehnati batamom bartaraf etilganini tan olib, O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan boykotni bekor qildi.
Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lidagi qamrovdor va tizimli islohotlar samarasidir.
Yana bir muhim amaliy natija – O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilingani bo‘ldi. Ayni vaqtda Milliy strategiyani amalga oshirish ishlari izchil davom etmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning jami 78 bandidan 62 bandi bo‘yicha ijro muddati yakunlangan. Milliy strategiya bilan jami 12 ta kodeks va 33 ta qonun hujjatlarini qabul qilish nazarda tutilgan.
Shundan 5 tasi yangi kodekslar, 20 tasi yangi qonun hujjatlari, 7 tasi yangi tahrirdagi kodekslar va 9 tasi yangi tahrirdagi qonunlardir. Shuningdek, Milliy strategiya tadbirlari doirasida 8 ta xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish belgilangan. Ularning 3 tasi bugunga qadar ratifikatsiya qilingan.
Hozirgi kunda 2 ta kodeks Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 11 ta qonuni qabul qilingan. Bundan tashqari, 10 ta yangi qonunni qabul qilish jarayoni jadal bormoqda.
~Konstitutsiyaviy islohotlar va inson huquqlari
Mamlakatimizda qizg‘in davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning bosh g‘oyasi “Barpo etilayotgan Yangi O‘zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati – hamma narsadan ustun!” tamoyilidir. Konstitutsiya moddalarida:

  • “Miranda qoidasi”,

  • “Xabeas korpus” instituti,

  • fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, xususiy mulk himoyasini ta’minlash,

  • tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishi,

  • tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olish huquqi,

  • erkin va halol raqobatning himoya qilinishi,

  • yerning xususiy mulk bo‘lishi,

  • ayollar, bolalar, yoshlar va nuroniylar, migrantlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari himoya qilinishi batafsil mustahkamlanmoqda.

Insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmi Konstitutsiya darajasida takomillashtirilmoqda. Ekologik huquqlar himoyasi Konstitutsiyada ilk bor o‘z ifodasini topmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi davrda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida amalga oshirish xalq uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarning asosiy mezoniga aylandi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda yangi davr boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995–2005-yillarni kurramizda Inson huquqlari o‘n yilligi deb e’lon qildi. Inson huquqlarini himoya qilish Mustaqilligimiz qomusi bo‘lmish Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy iqtisodiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishi va yakuniy maqsadidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis VI sessiyasida, Konstitutsiyaning to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishida va Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonning 1996- yildagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yakunlari hamda 1997-yildagi iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida qilgan ma’ruza va nutqlarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi besh strategik yo‘nalish belgilab berilgan: – birinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini ta’minlash; – ikkinchidan, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish; – uchinchidan, qabul qilingan qonunlarga og‘ishmay amal qilish mexanizmini ishlab chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlash
– to‘rtinchidan, sudlov islohotini amalga oshirish yo‘li bilan butun sud tizimini demokratlashtirish; – beshinchidan, aholi, ayniqsa, yoshlar va mansabdor shaxslar o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish. Inson huquqlari muammosi – hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridandir. Inson huquqlari – bu jamiyatning eng oliy qadriyati, himmatidir. Inson huquqlari – bu butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o‘ziga jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Inson huquqlari – bu hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir. Inson huquqlari – bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson huquqlari har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko‘rsatuvchi muhim mezondir. Shuning uchun ham inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o‘rin tutadi. Insoniyat o‘z tarixiy rivolanishi jarayonida inson huquqlariga oid qonunchilik – bu inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklari haqida qonunlar majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlar kiradi. Inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik o‘z taraqqiyotida uch katta bosqichni bosib o‘tgan. Birinchi bosqich – 1789-yilgi inson va fuqaro huquqlari fransuz deklaratsiyasidan boshlanib, to birinchi jahon urushiga qadar davom etgan. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik ustuvor ravishda rivojlangan. Bu davrda qabul qilingan qonunlarda alohida e’tibor quyidagi muammolarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan: shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi; shaxs daxlsizligi; xususiy mulk huquqi; saylov huquqi turli seznlar bilan cheklangan bo‘lsada. Ikkinchi bosqichi – XX asrning birinchi yarmini o‘z ichiga olgan. Bu bosqichda sotsial yo‘nalish demokratiya ta’sirida insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik tez rivojlangan. Mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy yordam olish huquqi to‘g‘risidagi qonunlar alohida ahamiyat kasb etgan. Fransiya va Shvetsiyadagi sotsial qonunchilik, 1920-yilgi Veymar Konstitutsiyasi, Fransiya va Italiyaning 1946-yilgi Konstitutsiyalari bunga yaqqol misol bo‘ladi. Uchinchi bosqich – XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelib, bu bosqichda inson huquqlarining «yangi avlodi» to‘g‘risidagi qonunchilik rivojlanadi. Bu huquqlar qatoriga: tinch yashash huquqi; sof va toza atrof-muhitga ega bo‘lish huquqi; axborot olish huquqi kabilar kiradi. Bu bosqichda inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi. Dunyodagi har bir davlatda ham inson huquqlariga oid muayyan qonunchilik tizimi shakllangan. Bu qonunchilik negizini, avvalambor, Konstitutsiyalar tashkil etadi. Barcha davlatlar Konstitutsiyalarida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga maxsus bo‘lim, boblar ajratilgan. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari joriy qonunlarda o‘z aksini topgan. Hozirgi kunda davlatlar o‘z Konstitutsiyalarida inson huquqlariga oid quyidagi muhim qoidalarni mustahkamlaganlar: – inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish bu davlat majburiyatlaridir; – inson huquqlari va erkinliklari katalogi xalqaro-huquqiy andozalarga mos kelishi va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi; – inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilgandan boshlab taalluqlidir, yangi tabiiy huquq g‘oyasini, nazariyasini e’trof etilishi; – hammaga va har kimga inson huquqlari va erkinliklarining teng va barobar taalluqliligi; – fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi; – inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslar huquqlarini buzmasligi zarurligi. Dunyo davlatlarida inson huquqlariga oid qonunchilik tizimi quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Fuqarolarning shaxsiy huquqlariga oid qonunlar. 2. Fuqarolarning siyosiy huquqlariga oid qonunlar. 3. Fuqarolarning iqtisodiy huquqlariga oid qonunlar. 4. Madaniy huquqlarga oid qonunlar. 5. Inson huquqlariga oid xalqaro huquqiy hujjatlarMa’lumki, har bir mustaqil o‘quv fani o‘z mavzui va uslubiga ega bo‘lishi kerak. O‘quv fanining mavzui – bu fan o‘rganadigan masalalar majmuidir. Usuli esa shu fan mavzularini o‘rganadigan uslublardir. Boshqa fanlar qatori «Inson huquqlari» o‘quv fani ham o‘z mavzuiga ega. Insonning qadr-qimmati, haq-huquqlari, ularning tarixiy rivojlanishi, axloqiy-falsafiy, siyosiy-huquqiy asoslanishi, huquqiy tabiati, inson huquqlarining buzilishi va uning oldini olishva buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha qo‘llaniladigan chora-tadbirlar, inson huquqlari kafolatlarining umumiy tabiati kabilar mazkur fanning mavzuini tashkil qiladi. «Inson huquqlari» o‘quv fani asosiy e’tiborni inson huquqlarining xalqaro va milliy qonunchilik, jahonning turli mamlakatlari ijtimoiy amaliyoti asosida rivojlanishining muhim masalalariga qaratadi. Bunda inson va fuqarolar huquqi siyosiy-huquqiy ta’limotlar negizida, tarixiylik tamoyili asosida o‘rganiladi. «Inson huquqlari» o‘quv fanining mazmunini inson huquqlarini jahon ma’rifatparvarligi va madaniyati bilan uzviy holda o‘rganish tashkil qiladi. Chunki, «inson huquqlari» insoniyat tafakkuri va sivilizatsiyasi umume’tirof etgan bashariy qadriyatdir. Shuningdek, unda inson va uning haq-huquqlari, erkinliklari jahon tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Ushbu fanning markaziy obyekti – inson huquqlarining barcha turfa jihatlarini o‘rganish hisoblanadi. Bunda quyidagi masalalar alohida ahamiyat kasb etadi: birinchidan, insonning adolatli fuqaroviy jamiyat va demokratik huquqiy davlatda erkin rivojlanish imkoniyatlari; ikkinchidan, inson shaxsining ajralmas xususiyatlari; uchinchidan, inson huquqlari huquqiy va ijtimoiy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan xulq-atvorlarning mumkin bo‘lgan o‘lchovidir; to‘rtinchidan, inson huquqlari insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy farovonligining hamda qobiliyatlarini taraqqiy ettirishning eng muhim vositasi; beshinchidan, inson huquqlari buzilish holatlarini oldini olish, tiklash va bartaraf qilish. Shuningdek, ushbu fan inson huquqlarini hurmat qilish va mustahkamlash, ularni amalga oshirish mexanizmlarini o‘rgatishga oid xalqaro huquqiy hamda milliy qonunlarni o‘rganadi. «Inson huquqlari» o‘quv fanini o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – inson huquqlari madaniyatining shakllanishida umuminsoniy va milliy qadriyatlarni mustahkamlashdan iborat. Fanning asosiy vazifalari inson va fuqarolarning huquqlariga doir bilimlarni egallash, huquq va erkinliklarini hayotga joriy etish va kafolatlash, talabalarda insonga, uning huquq va erkinliklariga, sha’ni va qadr-qimmatiga hurmat hissini shakllantirish, har bir fuqaroga huquqbuzarliklardan o‘zini himoya qilish yo‘llari va vositalarini o‘rgatish hamda talabalarda ularning subyektiv huquq va erkinliklarini amalga oshirish va qo‘llash malakasini shakllantirish kabilardan iboratdir. Shunday qilib, insonning qadr-qimmati, uning haq-huquqlari, erkinliklari haqidagi g‘oyalar, qarashlar va ta’limotlarning vujudgakelishi, rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, inson huquqlarini mustahkamlashning huquqiy me’yorlari hamda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va boshqa omillar majmui o‘quv fanining mavzuini tashkil etadi. 3. Har bir fan ma’lum usulga, ya’ni o‘rganilayotgan hodisalarni anglab yetish vositalariga ega bo‘ladi. Bunday usullar asosan ikki guruhga bo‘linadi. Birinchidan, barcha o‘quv fanlariga xos bo‘lgan umumiy usullar, ya’ni ularning asosida tabiat, jamiyat, tafakkur, alohidalikning eng umumiy qonuniyatlari yotadi. Ikkinchidan, maxsus usullar, ya’ni sistemali, tarixiy, qiyosiy, sotsiologik usullar kabi. Sistemali usul mazkur o‘quv fani inson huquqlari masalasiga sistemali yondashishni hisobga olgan holda ilmiy obyektivlik, tarixiylik tamoyillari asosida ko‘riladi. Inson huquqlari barcha ijtimoiy hamda davlat institutlarining bir butunligi sifatida tahlil qilinadi. Inson huquqlari tizimi shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy hamda madaniy huquqlarning o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlaridan tashkil topgan yaxlit, bir butun holda xarakterlanadi. Tarixiylik usuli o‘quv fanida inson huquqlarining qaror topish qonuniyatlari va ularning rivojlanishi tarixiy taraqqiyotning murakkab jarayonlari bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Bunda, ko‘pincha, kishilik jamiyatining turli davrlarida ro‘y bergan voqealar, hodisalar haqida bilim olish imkonini beradigan tarixiy manbalarni, qonunlar, maxsus hujjatlar, aniq ishlar bo‘yicha sudning qarorlari va boshqalarni tahlil qilish usuli qo‘llaniladi. Qiyosiy usul bunda inson huquqlari haqidagi tushunchalar, hodisalar va jarayonlarni o‘zaro solishtirish va shu asosda ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, turli mamlakatlarning inson huquqlari haqidagi qonun hujjatlari bilan ham taqqoslab o‘rganiladi. Mantiqiy usul o‘zida inson huquqlarini mantiqiy o‘rganishning uslub, vositalarini ifoda qiladi va tafakkur shakllariga hamda amaliy mantiq qonunlariga asoslanadi. Inson huquqlarini o‘rganishda mantiqiy usuldan foydalanish inson huquqlari bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llashda ziddiyatlardan holi bo‘lish imkonini beradi. Inson huquqlari masalasi keng ko‘lamli hisoblanadi. Shuning uchun inson huquqlari bilan bog‘liq barcha voqea-hodisalar, ijtimoiy fanlarni, hatto ayrim tabiiy fanlarni ham o‘rganish mavzui hisoblanadi. «Inson huquqlari» fani o‘zining alohida mavzuiga ega, shunisi bilan u ijtimoiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘rin egallaydi va uni iqtisod nazariyasi, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik singari fanlar qatoriga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, iqtisodiy fanlar bazis hisoblanuvchi hodisalarni o‘rganadi. «Inson huquqlari» o‘quv fani eng muhim ustqurtmaviy hodisa – inson huquqlarini o‘zining asosiy mavzui hisoblaydi. Iqtisodiy fanlar va inson huquqlarining o‘zaro ta’siri, ularning bir-biriga kirib borishi, inson huquqlarining iqtisodiyotga qanchalik bog‘liq ekanligini aniqlashga imkon beradi. Falsafa – bu tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. U borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy tamoyillari haqidagi bilimlar tizimidir. «Inson huquqlari» o‘quv fani esa inson huquqlarini uning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa inson huquqlarining mohiyatini topishga kalit bersa, «Inson huquqlari» o‘quv fani falsafani ijtimoiy taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarining umumiy tamoyillarini ifodalash bilan qurollantiradi. Sotsiologiya – bu jamiyatning yaxlit va uning alohida tuzilish va ijtimoiy guruhlari to‘g‘risidagi fandir. Barcha ijtimoiy hodisalar, shu jumladan, inson huquqlari ham sotsiologik tadqiqotlarning obyektiga aylanadi. Politologiya – siyosatni, uning shakllarini, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalarni, shu jumladan, partiyalarni, siyosiy va davlat hokimiyatiga erishish vositalarini, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabatini o‘rganadi. Politologiya inson huquqlarini siyosiy munosabatlar tizimi orqali, ya’ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish orqali o‘rganadi. Huquqiy fanlar inson huquqlarini o‘rganish sohasida jamiyatshunoslik fanlariga aloqador bo‘lmagan o‘ziga xos mavzuga ega. Huquqiy fanlar birinchi navbatda inson huquqlarining yuridik sohalari va ular amaliyotining tahlili, ya’ni inson huquqlari va erkinliklarining qonuniy mustahkamlanishi, amalga oshirilishi bilan shug‘ullanadi. Unda shaxsning huquq va erkinliklari haqidagi ta’limot fuqaroning huquqiy maqomi asosida yoritiladi5. Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurilishi barcha fuqarolarning insoniy huquqlari va erkinliklari sohasiga daxldor bo‘lgan bilimlarni yetarli darajada egallashlarini taqozo etadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tgan davr ichida insonning huquq va erkinliklari to‘g‘risida milliy qonunchilik tizimini tashkil qiluvchi yuzlab qonunlar qabul qilindi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida xalqimiz, millatimiz, davlatchiligimizning va insoniyat huquqiy madaniyatining barcha ilg‘or qadriyatlari chambarchas uzviy bog‘liq ekanligi o‘z aksini topgan. «Inson huquqlari» o‘quv fani mustaqil O‘zbekistonda inson huquqlari madaniyatining shakllanishida butun huquqiy madaniyatning insonparvarlik asoslari sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bular: birinchidan, inson huquqlarini bilish; ikkinchidan, inson huquqlariga hurmatning shakllanishi; uchinchidan esa inson huquqlarini himoya qilishda amaliy malakani tarbiyalash va oshirish. 6. «Inson huquqlari» o‘quv fanini o‘rganishning umumiy asosini, ya’ni metodologiyasini va o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagilar tashkil etadi: – inson huquqlariga oid umuminsoniy qadriyatlar va jahon andozalari. Inson huquqlari eng avvalo, umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon sivilizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqlar erishgan tajribalarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlariga asoslanadi. Inson huquqlariga asoslangan demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlatning asosiy idoralari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisobot berishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorliligi, tayinlash yo‘li bilan shakllangan davlat idora organlarining saylovchi tashkilot oldida javobgarligi va boshqalar; – inson huquqlari bo‘yicha Sharq falsafasi. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviy adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limotlari bilan uzviy ravishda rivojlangan. Buyuk ajdodlarimiz – Sharq mutafakkirlari AlBuxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimiz jahon fani va sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shganlar. O‘zbek milliy mafkurasi. Inson huquqlari o‘zbek millatining turmush tarzida, an’anaviy huquqiy madaniyatida, milliy dunyoqarashi, mafkurasida muhim o‘rin tutadi. O‘zbek milliy mafkurasining tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir. 1. Mustaqillik his-tuyg‘usi va istiqlolni to‘la idrok etish. 2. O‘zbekchilik. 3. Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining vatanparvarligi. Inson huquqlari aniq tarixiy va milliy o‘ziga xos sharoitda tabiiy ravishda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham o‘zbek ma’naviy-huquqiy merosining ildizlarini chuqur bilish va idrok etish O‘zbekistonda inson huquqlarini o‘ziga xos tushunishni va holatini to‘g‘ri talqin qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Buyuk allomalarimiz umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda bevosita ishtirok etganliklari barchaga ma’lum. Ular jahon huquqiy sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ularning boy madaniy-huquqiy merosi hozirgi mustaqil huquqiy taraqqiyotning mustaqil poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Inson huquqlari to‘g‘risidagi ta’limotning rivojida Sharq mutafakkirlarining xizmatlari benihoya kattadir. Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari o‘nlab olimlar, davlat va jamoat arboblari dunyoqarashida, ularning amaliy ishlarida inson huquqlari masalasi alohida o‘rin egallaydi. Ular turli muammolar singari inson huquqlari, erkinliklari, qadriyatlari masalasiga ham befarq qaramaganlar va bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar. Inson haqida g‘amxo‘rlik qilish, inson erkinligi, haq-huquqlari to‘g‘risida qayg‘urish, inson sha’nini kamsitadigan urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik g‘oyalari shular jumlasidandir. Tarixning guvohlik berishicha, ayrim mamlakatlar va mintaqalarda olib borilgan jang-u jadallar, bosqinchilik urushlari natijasida fuqarolarning haq-huquqlari vahshiylarcha toptab kelingan. Bunday misollarni O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar va millatlar hayotidan ham ko‘plab keltirish mumkin. Birgina mo‘g‘illar bosqini davrida O‘rta Osiyoda yashagan xalqlarning haq-huquqlari qanchalik toptalganligini oddiy so‘z bilan ifodalash qiyin. Masalan, mo‘g‘illar 1220- yilda Buxoroni bosib olib, 30 mingdan oshiq buxorolikning yostig‘ini quritganlar, aholining qolgan qismini qullarga aylantirib, ko‘pchiligini o‘zlari ishg‘ol qilgan boshqa yerlarga haydab ketganlar. Din peshvolari, olim-u fuzalolarni tahqirlaganlar, Buxoro shahriga o‘t qo‘yilgan. Bunday sharoitda inson huquqlari yoki uni himoya qilish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi. Lekin mavjud siyosiy tuzumlar sharoitida ham somoniylar, temuriylar, boburiylar davrida inson huquqlarini himoya qilish sohasida talaygina tadbirlar amalga oshirilganligini aytish joiz. Masalan, O‘rta Osiyoda somoniylar hukmronligi davrida aholining hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi qismiga qulay sharoitlar yaratishga harakat qilingan. Savdo-sotiq ishlari avj olib, bu ish bilan shug‘ullanuvchilar davlat tomonidan muhofaza etilgan. Savdo karvonlarini qo‘riqlab boruvchi soqchilar tayinlangan. Davlatni boshqarishda markaz bilan joylar o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Bu va shunga o‘xshash tadbirlar inson huquqlarini himoya qilishda o‘sha davrning barcha hukmdorlari uchun ibrat namunasi bo‘lgan. Inson huquqlarini himoya qilishda va ularga berilgan huquqlaridan foydalanishda Sohibqiron Amir Temur amalga oshirgan ishlar diqqatga sazovordir. Sohibqironning butun hayoti va kurashi insonni qadrlash, uning yaxshi hayot kechirishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berish bilan chambarchas bog‘liqdir. Amir Temur o‘zining «Temur tuzuklari»da mamlakat fuqarolarining haq-huquqlari va ularni himoya qilishning zarurligini qayta-qayta ta’kidlagan. Insonning mehnat qilish huquqi asarda quyidagicha ta’riflab beriladi: «Agar kasb-u hunarva ma’rifat ahillaridan bo‘lsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin. Bulardan boshqa, bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbi-korig‘a qarab ish tutsinlar» («Temur tuzuklari». –T.; G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991, 67-bet). Amir Temur inson huquqlarini himoya qilishda eng ko‘p kuchg‘ayrat sarflagan yetuk siymolardan biri edi. U hukmronlik qilgan davrda inson huquqlarini kamsitishga qaratilgan har qanday urinishlarga chek qo‘yilgan va bunday urinishlarning rahnamolari hamda ishtirokchilari qattiq jazolangan. «Yana buyurdimki, — deb yozadi Sohibqiron, — agar (har yer va elning) amaldorlari va kalontarlari oddiy fuqarolarga jabr-zulm qilsa va shu orqali bechoralarga zarar yetkazgan bo‘lsa (bunday vaqtlarda) yetkazilgan zararni kalontarlardan undirib, jabr ko‘rganlarga bersin, toki ular yana o‘z hollariga kelsinlar» («Temur tuzuklari», 99-bet). Har qanday jabr-zulm inson huquqlarini poymol qiladi. Jumladan, mehnat qilishga majbur etish, qiynoqqa solish, mol-mulkiga, shaxsiy hayotiga zarar yetkazish va shu kabilar. Ulug‘ Sohibqiron inson sha’niga nomunosib bo‘lgan ana shunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslikning mohiyatini to‘g‘ri tushungan va shuning uchun ham mamlakat fuqarolarining huquqlarini himoya qilish yo‘lida qat’iy kurash olib borgan. Amir Temurning inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalari uning davlatni idora qilishdagi o‘zi asoslagan qoidalarda juda aniq bayon etilgan. Bu qoidalar qonun kuchiga ega bo‘lib, ularda inson huquqlari masalasiga keng o‘rin berilgan. Sohibqironning adolat bilan ish ko‘rishi, gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat qilishi, raiyatning ahvolidan doimo xabardor bo‘lib turishi, davlat ishlarini saltanat qonunlariga asoslangan holda boshqarishi va boshqa shular singari xayrli ishlari uning inson huquqlarini himoya qilishga qanchalik katta ahamiyat berganligidan darakdir. Amir Temur insonning qadr-qimmati va huquqlarini qadrlagan va himoya qilgan ulug‘ zotlardan biridir. U markazlashgan qudratli mamlakatni boshqarar ekan, o‘z amir-u beklaridan, davlat xizmatchilaridan fuqarolarning holidan xabar olib turishni, ularning shaxsiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishni qattiq talab qilgan. Sohibqiron o‘z hukmdorligining barcha davrlarida adolat va insof bilan ish ko‘rgan, gunohkorga ham, begunohga ham adolat, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqargan, o‘zining xayr-ehson ishlari bilan odamlar ko‘nglidan joy olgan. Zolimlardan mazlumlar haqqini undirib bergan. Uning yozishicha, zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlar isbotlanganidan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qilgan. Natijada aybsiz kishiga jabr-zulm o‘tkazilmagan. Buyuk allomalar Forobiy, Ibn Sino, Beruniylar ham inson huquqlari masalasini chetlab o‘tmaganlar. Somoniylar davrida amalda bo‘lgan tartib-qoidalar, o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy tuzumi bu mutafakkirlarning dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ular o‘z asarlarida bu davrga baho berish bilan birga qimmatli g‘oyalarni ilgari surganlar, inson huquqlari va ularni himoya qilish to‘g‘risida ham o‘z fikrlarini yozib qoldirganlar. Forobiy o‘zining «Fozil odamlar shahri» asarida odamlarning ma’lum bir kasb-hunar bilan shug‘ullanishi, ular har qanday ta’qib va cheklashlardan xoli bo‘lishi, erkin va ozod yashashi haqida yozadi. Forobiyning «Fozil odamlar shahri» jamoasi haqidagi ta’limoti, uning komil inson haqidagi fikrlari bilan bog‘lanib ketgan. Komil inson jamiyatning teng huquqli, erkin fuqarosi bo‘lishi lozimligi, jamoa uning huquqlarini hurmat qilishi, kishilarning tinch va osoyishta hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni ta’minlab berishi haqidagi fikrlar asarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Garchi, bu masala xayoliy tarzda tasvirlangan bo‘lsa-da, biroq unda insonga g‘amxo‘rlik qilish, uning haq-huquqlarini himoya qilish zarurligi g‘oyalari ilgari surilganligining o‘zi muhim ahamiyatga egadir. Forobiy singari Ibn Sino ham inson va uning jamiyatda egallashi lozim bo‘lgan o‘rniga katta e’tibor bilan qaragan. Allomaning inson va uning huquqlari to‘g‘risidagi qarashlari amaliy falsafaga doir ta’limotida asoslab berilgan. Ibn Sino fanlarning tasnifini berib, falsafani ikki: nazariy va amaliy qismlarga ajratadi. O‘z navbatida, falsafaning amaliy qismini ham uchga bo‘lib, shulardan ikkitasida inson to‘g‘risidagi ilmlar haqida so‘z yuritadi: a) inson haqidagi ilm; b) insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilm. «Risolatutadbiri manzil» asarida Ibn Sino insonning shaxsiy talablari, ularni qondirish usullari, insonning jamiyatda tutgan o‘rni va vazifalari bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida fikr yuritadi. U inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar zarurligini va qonunshunoslar ularga bajarilishi shart bo‘lgan majburiyat tusini berishlari lozimligini aytadi. Ibn Sino faqat o‘tmishda emas, balki o‘zi yashagan davrda ham jamiyatda mavjud bo‘lib kelgan tengsizlik, adolatsizliklarni qoralaydi, norozilik bildiradi. U hukmdorlar, amir-u beklarni insof va adolatga chaqirar ekan, bunda birinchi o‘ringa insonni, uning huquq va erkinliklarini qo‘yadi. Olloh oldida barchaning teng ekanligini ta’kidlab, Ibn Sino har qanday jamiyat, davlat adolatni himoya etuvchi huquqiy qonunlar asosida idora etilishini talab qiladi. U «Ishorat va tanbihat» asarida insonning shaxsiy talablari orasida uning mehnat qilish huquqidan foydalanish, shaxsiy daxlsizligi, diniy e’tiqodi singari huquqlari to‘g‘risidagi fikrlarni bayon qilgan. Atoqli qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy g‘oyalarining asosida ham inson muammosi, insonning huquq va erkinliklari bilan bog‘liq masalalar yotadi. Beruniy 150 tadan oshiq asar yozgan bo‘lib, bularning ko‘pchiligida inson va jamiyatga doir masalalarni tahlil qilgan. «Ma’sud qonuni», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» singari mashhur asarlarida insonning ijtimoiy mohiyatiga doir masalalarga keng o‘rin bergan. Beruniyning bu boradagi g‘oyalari, eng avvalo, uning jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikning sabablarini ochib berishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Beruniy ijtimoiy tengsizlikning asosiy sabablaridan biri jamiyatda inson huquqlarini himoya qilishga yetarli e’tibor berilmasligidan ekanligini tushunib yetadi va hukmdorlarni adolatli bo‘lishga chaqiradi. Ijtimoiy tengsizlik g‘oyasi Beruniy qarashlarida insonning shaxsiy huquq va erkinliklari g‘oyasi bilan bog‘liq ravishda asoslab beriladi. Bunda insonning shaxsiy huquq-erkinliklarga ega ekanligi uning jamiyat hayotining iqtisodiy-siyosiy va madaniy sohalarida teng huquqlilik asosida faoliyat ko‘rsatishi zarurligi nazarda tutiladi. Har bir kishining mehnat qilish huquqiga ega bo‘lish g‘oyasi Beruniy qarashlarida muhim o‘rin egallaydi. «Insonning eng asosiy burchi va vazifasi, – deydi olim, – uning mehnat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lishi bilan belgilanadi». Beruniy kishi o‘zining har qanday xohish-istagiga mehnat qilish orqali erishishini ta’kidlab, buning uchun insonning mehnat qilish huquqi jamiyatda ta’minlangan bo‘lishi zarur, degan xulosaga keladi. Inson huquqlari g‘oyasi Ulug‘bek, Navoiy, Bobur singari Sharqning buyuk mutafakkir olimlari, davlat va jamoat arboblari qarashlarida ham o‘z aksini topgan. Bu siymolar turli davr va sharoitlarda yashagan bo‘lishlariga qaramay, insonning jamiyatdagi o‘rni va roli masalalariga alohida e’tibor berganlar. Ularning har uchalasi ham davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlari uchun davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni, inson va jamiyatga doir masalalarni o‘zlari yashagan davrlarning aniq shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda ifodalab berishga harakat qilganlar. Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarida shoh Iskandarning mamlakatda amalga oshirgan adolatli tadbirlari orasida insonga g‘amxo‘rlik, uning sha’ni, qadr-qimmati, haq-huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlari masalasi muhim o‘rin egallagan bo‘lsa, «Vaqifiya» asarida turli tabaqaga mansub kishilarning haq-huquqlarini himoya qilish, har bir insonning halol mehnat bilan shug‘ullanishi zarurligi g‘oyasi ilgari suriladi. Uning yozishicha, mehnat ahlini ulug‘lash har bir hukmdorning muqaddas burchi bo‘lmog‘i kerak. Yuqorida nomlari tilga olingan allomalarning asarlarida inson mehnatini ulug‘lash bilan birga har bir kishining mehnat qilishi, hordiq chiqarishi, bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi, uy-joyli bo‘lishi singari haq-huquqlari to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. Inson huquqlari masalasiga xalqaro munosabatlarda ham tobora keng ahamiyat berilmoqda. Inson huquqlarini himoya etishga qaratilgan ko‘plab deklaratsiya, xartiya va bitimlar qabul qilingan bo‘lib, ularda inson va uning haq-huquqlarini qanday qilib himoya qilish qoidalari, me’yorlari mustahkamlangan. Totalitar tuzum hukmronlik qilgan yillarda O‘zbekistonda inson huquqlariga tegishli bo‘lgan xalqaro hujjatlar haqida deyarli hech narsa deyilmas edi. O‘zbekistonda huquqiy davlat qurilishiga o‘tish munosabati bilan, birinchi navbatda, inson huquqi masalasiga alohida e’tibor berilib, bu masala omma orasida keng ko‘lamda o‘rganila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyil vujudga keltirilganligini va uning ahamiyatini alohida qayd qilgan edi. Bugungi qonunlarimiz ana shu tamoyil, rivojlangan mamlakatlar tajribalari asosida xalqaro huquq qoidalari talabiga javob beradigan darajada qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda inson huquqlari me’yorlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Inson huquqlari umumbashariy ahamiyatga molik masala ekanligini asoslashga doir hujjatlar dastlab AQSH Mustaqillik Deklaratsiyasi (1776-yil) va Fransiya Inson va fuqarolik Huquqlari Deklaratsiyasi (1789-yil)da o‘zining aniq ifodasini topgan. Bu deklaratsiyalarda insonning erkin fikr yuritishi, vijdon erkinligi, ixtiyoriy ravishda tinch yig‘ilishlarda, uyushmalarda, davlat ishlarida ishtirok etishi va shaxsga nisbatan zo‘rlik qilish, tazyiqlar o‘tkazilishini man etish kabi huquqlar dunyoda birinchi marta davlat siyosati darajasida oshkora e’lon qilindi. Inson huquqlariga doir qonunlar va ularning me’yorlari takomillashib, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida hukumatlar tomonidan adolatli ijtimoiy siyosat amalga oshirila boshlandi. Masalan, ishsizlarga yordam ko‘rsatish, kasallarga, nogironlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ko‘p bolali oilalarga va keksalarga nafaqa tayinlash shular jumlasidandir. Inson huquqlari va uni himoya qilishga doir ishlar ikkinchi jahon urushidan keyin keng ko‘lamda rivoj topdi. Germaniya natsistlari tomonidan insonga qarshi olib borilgan qirg‘in urushi barcha tinchliksevar insonlar tomonidan keskin qoralandi. Aybdorlar esa xalqaro sud tomonidan jazolandilar. Bu dunyoda birinchi bor inson huquqlarini poymol qilganlarga qarshi qonunning qo‘llanilishi edi. Keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilishining asosiy sabablaridan biri ham inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarning yana bir amaldagi natijasi bo‘lgan edi. Bu ishda, ayniqsa, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Deklaratsiya barcha davlatlarga tegishli bo‘lgan siyosiy va fuqarolik huquqi: yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy dahlsizlik (3-modda), qulchilikni taqiqlash (4-modda), odil sudlov (6–10-modda), siyosiy boshpana huquqi (14-modda), mulk huquqi (17-modda), erkin fikrlash huquqi va vijdon erkinligi (18-modda) va boshqa shular singari muhim huquqlarni qat’iy qilib belgilab qo‘ydi. Yevropa mamlakatlarida keyinchalik har bir davlatda inson huquqlarini himoya qilishga doir alohida milliy institutlar tashkil topdi. Ular turli mamlakatlarda turlicha nomlangan. Ammo ularning oldiga qo‘ygan maqsadi, vazifasi odamlarga o‘z huquqlarini himoya qilishda beg‘araz yordam ko‘rsatishdir. Milliy institutlar shakl jihatidan turlicha ko‘rinishda mavjud bo‘ladiMasalan, Ombudsman instituti Daniyada Parlament tomonidan saylanadi, Fransiya va Irlandiyada prezident tomonidan tayinlanadi, Niderlandiyada esa parlamentning quyi palatasi tomonidan saylanadi, Norvegiyada parlament, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, O‘zbekistonda ham parlament tomonidan saylanadi. Bundan tashqari, Belgiya, Kanada, Daniya, Finlyandiya, O‘zbekistonda inson huquqlari markazlari va komissiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning tashkil etilish vaqti va nomlanishi turlicha bo‘lishiga qaramasdan hammasining oldida yagona bir maqsad – inson huquqlarini himoya qilish turadi. Bunday markaz va komissiyalar o‘z davlatlari parlamentlari doirasida uning ishiga taklif va mulohazalar tayyorlaydilar. Demokratik huquqiy davlatlar konstitutsiyalari va joriy qonunlarida insonning qadri, huquqi va erkinligini himoya qilishga doir alohida bob va moddalar mavjuddir. Inson huquqini ta’minlash, himoya qilish uchun davlatlar o‘rtasida bitimlar, kelishuvlar, deklaratsiyalar amal qilmoqda. Xalqaro maydonda BMT tashkil etilib, uning muassasalari, institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Va nihoyat, har bir mamlakatda inson huquqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi milliy institutlar tashkil etilgan bo‘lib, ular mamlakatda inson huquqlarining himoya qilinishi muammolarini o‘rganish bilan mashg‘uldirlar. Inson huquqlari milliy institutlarining zarurligi asosan quyidagilar bilan belgilanadi: Birinchidan, tarix shundan guvohlik beradiki, qonunlarda hamma teng, erkin, ozod deb yozilishi bilan amalda hamma teng bo‘lavermaydi. Masalan, sobiq Ittifoq davlatida hamma ittifoqchi respublikalar suveren, mustaqil, hamma millatlar teng va ozod deb e’lon qilinganligiga qaramasdan, amalda ular ozod emas edilar. Hatto ayrim xalqlar, millatlar o‘z vatanlaridan badarg‘a etilib, boshqa mintaqalarga surgun qilingan edilar. Bugun, yigirma birinchi asr boshida, biz butun bir xalqning, millatning ozodligi boshqa davlat, millat tomonidan qo‘pol ravishda poymol qilinganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda, hukumat tomonidan o‘z xalqining, fuqarolarining huquqlari buzilmoqda. Ana shunday zo‘ravonliklarga va adolatsizliklarga qarshi kurash uchun ham inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni tashkil etish nihoyatda zarurdir. Ikkinchidan, jamiyatda, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda hambarcha fuqarolar uchun sud idoralariga o‘z huquq-erkinliklarini himoya qilish uchun murojaat etishdagi imkoniyatlar bir xil emas. Mavjud sansalorliklar, buyruqbozlik va moddiy to‘siqlar ayrim shaxslarni sudlarga, davlat idoralariga murojaat etishlariga to‘sqinlik qiladi. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari esa, odamlarga yaqinroq bo‘lganligi sababli, ularning buzilgan huquqlarini minnatsiz, sansalorlikka solmasdan o‘z vaqtida tiklash uchun beg‘araz yordam ko‘rsatadi. Uchinchidan, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vakolatlari hamda imkoniyatlarining kengligi, unda ishtirok etayotgan kishilarning tanilgan mutaxassis-huquqshunos, siyosatshunos ekanligi inson huquqlarini milliy qonunlar majmuasi bilan birga, xalqaro huquq sohasidagi qoidalar, deklaratsiyalar, konvensiyalarga asosan himoyalash imkoniyatini beradi. To‘rtinchidan, milliy institutlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, u yoki bu davlatda inson huquqlari amalda qay darajada ekanligi to‘g‘risida davlat idoralariga ma’lumotlar, xabarlar, ma’ruzalar tayyorlaydi yoki bunday ishlarga ko‘maklashadi. Beshinchidan, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar ishlarining samarali bo‘lishi, birinchi navbatda, ularning mustaqil ish yuritishlariga bog‘liq bo‘ladi. Inson huquqi bo‘yicha milliy institutlarning mustaqilligi ularga boshqa davlat idoralaridan farqli o‘laroq keng jamoatchilik orasiga kirib borish imkoniyatlarini beradi. Biroq bu imkoniyatlar ularning mutlaq mustaqilligini emas, balki nisbiy mustaqilligini bildiradi. Chunki, inson huquqlari institutlari ham boshqa barcha davlat va nohukumat tashkilotlar singari konstitutsiya va qonunlar doirasida harakat qiladi, parlament yoki ijro hokimiyatiga hisob beradi, ma’ruzalar tayyorlaydi hamda moliyaviy hisob beradi. Bu yerda muhimi ularni huquqiy va siyosiy jihatdan mustaqilligini ta’minlash xususida doimo g‘amxo‘rlik qilish kerak. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning ishlarini amalga oshirish omillaridan yana biri – bu ishlayotgan mutaxassislarga ularning malakasi, obro‘-e’tiborlariga va ish uslublariga bog‘liq bo‘ladi. Milliy institutlar o‘zlarining mustahkam ishlangan huquqiy asoslariga ega bo‘lishlari kerak. Yuridik me’yorlarda va ularning nizomlarida inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning faoliyatiga tegishli huquq va burchlar aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ular jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini qabul qilish va shu arizalar asosida tushuntirish ishlarini olib borish huquqlaridan foydalanadilar. Milliy institutlar ko‘proq huquqqa ega bo‘lishlari kerak. Keyingi yillarda O‘zbekistonda tashkil etilgan inson huquqlari bo‘yicha institutlar, Latviyadagi inson huquqlari byurosi, Avstraliya va Hindistondagi milliy komissiyalarning huquqlari ancha kengaytirildi. Institut markaz, komissiya va byurolar hamda fuqarolardan tushgan arizalarni ko‘rishdan tashqari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyatlarga inson huquqining buzilish hollarini tugatish yo‘llarini ko‘rsatuvchi takliflar bermoqda. Ular mamlakatda inson huquqlarining buzilmasligi uchun zarur bo‘lgan tadbiriy dasturlarni ishlab chiqadilar va ularni tegishli davlat idoralariga taqdim etadilar. Bundan tashqari, ular jamoatchilik asosida surishtiruv ishlarini ham olib bormoqdalar. Xususan, yosh bolalar, uysiz qolganlar, ruhiy kasallar, jismonan sog‘lom bo‘lmagan nogironlar ko‘proq inson huquqlarini himoya etuvchi milliy institutlar yordamiga muhtojdirlar. Albatta, turli davlatlarda u yoki bu sabablarga ko‘ra inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning faoliyatlari turlicha bo‘ladi. Ularning hammasi bir xilda faoliyat ko‘rsatishi yoki birday ishlashlarini talab qilish mumkin emas. Ular faoliyatlarining turlicha bo‘lishi davlatlarning siyosiy tizimiga, mamlakatda olib borilayotgan siyosatga, iqtisodiyotga va boshqa omillarga bog‘liq. Inson huquqlarining himoya qilinishi milliy institutlarning mamlakatda son jihatdan ko‘pligi bilan emas, balki ularning inson huquqlarini himoya qilishdagi faoliyatining amaliy natijalari bilan belgilanadi. Inson huquqlarini himoya qilish komissiyalari, institutlari o‘zlarining mustahkam huquqiy asoslariga ega bo‘lishlari kerak. Masalan, O‘zbekistonda, Avstraliyada, Hindistonda, Latviyada tashkil etilgan institutlar o‘zlarining puxta ishlangan huquqiy asoslariga egadirlar. Ular alohida qonunlar va farmonlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, bu qonunlarda ularning vazifalari, huquqlari aniq qilib belgilab qo‘yilgan.
XULOSA: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.[1]
Inson Huduqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.
Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Yüklə 70,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin