Korrupsiya: namoyon bo„lishi va unga qarshi kurashning tarixiy jihatlari



Yüklə 370,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.04.2023
ölçüsü370,85 Kb.
#96336
  1   2   3   4
Qodirov Akbarshoh Komiljon o’g’li



1
KORRUPSIYA: NAMOYON BO„LISHI VA UNGA QARSHI KURASHNING TARIXIY 
JIHATLARI 
https://doi.org10.5281/zenodo.6348999
 
 
Qodirov Akbarshoh Komiljon o‟g‟li 
Toshkent Moliya Instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti 
HBA-90 guruh talabasi 
Ma‟lumki, korrupsiyaning jinoiy shakli ikki xil ko„rinishda namoyon bo„ladi.
Birinchisi 
– bu mayda yoki turmushdagi korrupsiya bo„lib, u hokimiyat vakiliga 
ko„rsatilgan kichik bir xizmat yoki kelajakda yaxshi munosabatda bo„lish uchun 
sovg„a yoki kam miqdordagi pora berishdan iborat. Bunday ko„rinishdagi korrupsiya 
barcha zamonlarda mavjud bo„lgan holda, u mamlakatlar yoki sivilizatsiyalarning 
tanazzulga uchrashida unchalik katta rol o„ynamagan.
Ikkinchisi
bevosita davlatlarning boshqaruvi tizimida mavjud bo„lib, u turli 
zamon va davlatlarda turlicha namoyon bo„lgan. Jumladan, ayrim davrlarda u bir 
kichik hodisalar sifatida namoyon bo„lgan bo„lsa, boshqa bir davrda u ommaviy tus 
olgan. Bunday davrda xalq davlat hokimiyatining yuqori tabaqasi vakillari, yirik 
amaldorlar, hukumat rahbarlari va podshohlarni hamda ularga aloqador bo„lgan boy 
va nufuzli shaxslarni korrupsiyalashganlikda ayblagan yoki gumon qilgan. Nega 
bunday holatlar ro„y bergan? Nega korrupsiya muammosi ayrim tarixiy davrlarda 
kuchaygan? Keng ko„lamdagi korrupsiyaning qanday xavfi bor, u qanday ijtimoiy 
oqibatlarga olib kelgan va olib kelishi mumkin? Keng ko„lamdagi korrupsiyani 
yengish bo„yicha ijobiy misollar bormi, bunga qanday erishilgan? Ushbu maqola 
orqali quyida savollarga qisman javob topishga harakat qilindi.
Shunday qilib, korrupsiyaning tarixiy ildizlari, qadimda qaror qabul qiluvchi shaxs 
e‟tiboriga erishish maqsadida sovg„alar taqdim qilish an‟analariga borib taqaladi. 
Chunki i
btidoiy va sinfiy jamiyatlarning ilk davrlarida qabila boshlig„i, koxin yoki harbiy 
sarkardaga to„lov berish orqali yordam so„rab murojaat qilish umumiy me‟yor sifatida 
qabul qilingan. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi bilan korrupsiyaviy munosabatlarning 
ko„rinishi va tabiati yangicha ko„rinish ola boshlagan. Bu esa jamiyat va davlatda 
korrupsiya chegaralarining kengayishiga olib kelgan.
Korrupsiya muammosi bo„yicha tadqiqotlar olib borgan olimlarning e‟tirof 
etishlaricha, u davlatchilikning ilk shaklla
ri paydo bo„lishi bilan, ya‟ni eramizdan 
oldingi 8-7 ming yilliklarda 
namoyon bo„la boshlagan.


2
Korrupsiyaning tarixiga nazar tashlaydigan bo„lsak, korrupsiya Qadimgi 
Misrda Dastlabki (eramizdan avvalgi XXXIII-XXIX asrlar) va Qadimgi podshohlik 
davrida (eramizdan avvalgi XXVIII-XXIII asrlarda
) o„zining eng yuqori va eng uzoq 
davom etgan rivojlanishiga erishgan. Aynan shu davrda qishloq xo„jaligini 
rivojlantirgan juda katta irrigatsiya tizimi va yozuv yaratilgan, fan va xunarmandchilik 
rivojlangan. Mamlaka
tning iqtisodiy qudrati ulkan piramidalar qurishga qodir bo„lgan 
va birinchi piramidalar qurilgan. Misrning bunday yuksalishi uni boshqargan 
fir‟avnlarning I va III sulolalari davriga to„g„ri kelgan. Fir‟avnlarning IV sulolasi 
boshqaruvining ilk davrlariga kelib Misr jamiyatida kuchli mulkiy tabaqalanish yuz 
bergan. 

Yüklə 370,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin