«korxona iqtisodiyoti va menejmenti» fani 9-ma’ruza. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasi moliya ko’rsastkichlari



Yüklə 0,67 Mb.
tarix03.04.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#92759
9 МАВЗУ


«KORXONA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI» FANI
9-MA’RUZA. KIMYO VA OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONASI MOLIYA KO’RSASTKICHLARI
1

2
    • Koxona moliya resurslari

3
    • Korxona foydasi

4
    • Foydani taqsimlash

5
    • Rentabellik ko‘rsatkichlari

РЕЖА:
Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste’moli davlat tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari yuzaga keltiriladi. Axoli ijtimoiy ximoyasi, atrof-muxitni saqlash, mudofa, davlat boshqaruvi, nomoddiy soxalarni ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul fondlari yuzaga keladi. SHu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib o‘tilgan tarmoq va soxalarning extiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi. Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar xosil bo‘lib, ular moliyaviy resursni tashkil etadi. Moliya maxsulot qiymatining taqsimlanishidir. Qiymat taqsimoti maxsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo‘lib, u iste’molga atalgandir.
Davlat moliya
Nodavlat moliya
Moliya shakli
Jamiyatda moliya vazifalari mavjud bo‘lib, bulardan asosiy to‘rt xilini ko‘rsatish mumkin
taqsimlash
rag‘batlashtirish
ijtimoiy ximoyalash
iqtisodiy axborot vazifalari
mikroresurslar
makroresurslar
Moliyaviy resurslar turlari
Moliya resurslarining tashkil topishi asosan uch usulda amalga oshadi
qarz olish (kredit)
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish
zaruriy xolatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish
Moliya tizimi yuzaga kelib bu bozor iqtisodiyotning tarkibiy qismiga aylanib ketadi. Moliya tizimi deganda jamiyatdagi moliya munosabatlari yig‘indisini, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari xamda moliya siyosatini tushunish kerak. Moliya tizimida mikromoliya va makromoliya mavjuddir.
Moliya resurslar – bu korxonaga qarashli mablag‘lari bo‘lib, ular joriy xarajatlar va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlar, moliya majburiyalarni bajarish va xodimlarni iqtisodiy rag‘batlantirishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallanganbirlar. Korxona moliya resurslari o‘ziga qarashli shaxsiy va zaem pul mablag‘lar evaziga shakllanadi. Moliya resurslarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sis etilgan va uni ustav (aksioner yoki shirkat) kapitali.
Korxona moliya resurslari asosan foyda evaziga (asosiy faoliyat yoki boshqa tur faoliyatdan olingan), xamda chiqarilgan mulqni realizatsiyasidan tushgan tushum, turli xil maqsadli to‘lovlar, mexnat jamoasi a’zolarining ulush pullari (vznos, paylar), rezerv va boshqa kapitallar, uzoq muddatli zaemlar, korxona oborotidagi kreditorlik qarzlar va xokazo asosida shakllanadi.
Korxona moliya resurslardan quyidagi yo‘yicha foydalanadi:
- maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishga ketgan joriy xarajatlar;
- mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirish va texnikaviy yangilashga mo‘ljallangan kapital quyilmalarga investitsiya qilish;
- moliya resurslarni qimmat baxo qog‘ozlarga investitsiya qilish;
- moliya bank tizimlari, byudjetdan tashkari fondlarga to‘lovlar to‘lash;
- kengaytirish, rag‘batlantirish, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan fondlar va rezervlarni tashkil qilish;
- xayriya maqsadlari, sponsorlik va x.k.
YAlpi daromad – korxona yoki firmaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini yakunlovchi ko‘rsatkich bo‘lib, yalpi tushum va maxsulotni ishlab chiqarish va sotilishiga ketgan sarf xarajatlar (ish xakidan tashkari) ayirmasiga teng.
YAlpi tushum – bu tovar maxsulot, ishlar, xizmat va moddiy ne’ematlarni xaqiqiy sotilgan narxlari bo‘yicha realizatsiyasidan kelib tushgan mablag‘larning to‘la yig‘indisi.
YAlpi foyda – yalpi daromadning qismi bo‘lib, korxolna maxsulot, asosiy fondlar va boshqa mulqini sotish natijasida xosil bo‘lgan va ushbu jarayonlar sarf xarajatlar miqdoriga kamaygan mablag‘.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoidasiga binoan quyidagi foyda ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi:
Maxsulot sotishdan tushgan yalpi foyda: Fya=Sm –T/N Sm – sotilgan maxsulot, (so‘m)
T/N – maxsulotning ishlab chiqargan sarflari, (so‘m).
Asosiy faoliyatning foydasi: Fa=Fya-Dxar±boshqa daromad zarar Dxar – davr xarajatlari.
Umumxo‘jalik faoliyatning foydasi: Fux=Fa+Dd±Dval(3)±Qq-S(%)
Dd – dividend va %-lar bo‘yicha daromadlari
Dval – chet el valyutalari bilan operatsiyalar daromai (zarar)
Qq – qimmat baxoqog‘ozlarga investitsiya (quyilma) larni qayta baxolash (peretseonka investitsiy v sennыe bumagi)
S(%) – foiz bo‘yicha sarflar.
Soliqni to‘laguncha qadar xosil bo‘lgan foyda: Fs=Fux±Ff(3)
Ff(z) – favqulotdagi (ko‘zda tutilmagan, gayri tabiiy) daromad yoki zararlar saldosi.
Korxonani o‘zida qoladigan sof foyda: SF=Fs-Soliq(fd)-boshqa soliq va to‘lovlar
Soliq – qonunda belgilangan muddat va xajmda byujdetga to‘lanishi majburiy (shart) bo‘lgan to‘lovlar (bitta yalpi daromad, qolganlari foyda xisobidan). Qonunga binoan to‘lovlar tartibi quyidagilardir:
avvalo daromaddan QQS va aksiz solig‘i to‘lanadi;
keyin mulq soliqlari (korxona mulqi, er, transport soliqlari) to‘lanadi;
qolgan soliqlar, shu jumladan foyda solig‘i.
Foyda taqsimlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
jamiyat (davlat ko‘rinishida) oldidagi moliyaviy majburiyatlarni birinchi galda bajarish;
kengaytirilgan ishlab chiqarish extiyojlarini maksimal darajada ta’minlash;
ishlovchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;
foydani ijtimoiy-madaniy maqsadlarga ishlatish.
Bozor sharoitiga o‘tish munosabati bilan xodimlarni ijtimoiy muxofaza etish tizimining axamiyati ortib boradi. SHuning uchun foydaning ma’lum miqdori turli ijtimoiy-madaniy extiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallanadi, shu jumladan:
turar uy-joylar, maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalarini qurish va kapital ta’mirlash;
ishchi oshxonalar uchun dotatsiya, xodimlarga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash;
maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalari va ezgi lagerlarda bolalar oziqlanishini yaxshilash va x.k.
Rentabellik ko‘rsatkichi korxona faoliyatining umumiy samaradorlik darajasini ifodalab, olingan natija (yalpi daromad, foyda) ni sarflar yoki iste’mol qilingan resurslar bilan solishtiradi.
Amalda korxona faoliyatida quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
Maxsulot rentabelligi: Rm=(Fya/T/n)*100% - sof foydani maxsulot tannarxiga bo‘lgan nisbati (maxsulot, tovar xizmatlar erkin baxo bo‘yicha sotiladi).
Ishlab chiqarish rentabelligi:
Ri/chF=(Fb/(Af+Och.m.))*100%, yoki Ri/chF=(Fs/(Af+Och.m.))*100% Fb – balans bo‘yicha foyda miqdori;
Fs – sof foyda;
Af - asosiy ishlab chiqarish fondlar o‘rtacha-yillik qiymati, (so‘m); Och.m. – cheklangan (me’erlangan) aylanma mablag‘lar qiymati, (so‘m).
Korxona jami aktivlarining rentabelligi: RA=(Fs/A.) Fs – sof foyda, so‘m;
A – aktivlarning o‘rtacha-yillik qiymati.
Aktivlar rentabelligi aktivlarning 1 so‘mi qancha sof foydani kelib tushganini ko‘rsatadi.
xususiy (shaxsiy) mablag‘lar rentabelligi – sof foydani korxona balansidagi xususiy mablag‘lar xajmiga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi.
SHaxsiy (xususiy) kapital rentabelligi: Rsh.k.=(Fs/(Kfsh.o‘r.yil.)
Ksh.o‘r.yil – shaxsiy kapitalning o‘rtacha-yillik qiymati (ustav kapitali+rezerv kapitali+jamg‘arilgan foyda).
SHaxsiy kapital rentabelligi xususiy mulq egalari korxonaga sarflangan xar bir so‘mi qancha sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
Maxsulot realizatsiyasining rentabelligi: Rr=(Frya/Mr), yoki (Fs/Mr)
Bu katkich realizatsiya etilgan (sotilgan) maxsulot xajmida sof foyda ulushini belgilaydi yoki sotilgan maxsulot xajmida aks ettirilgan sarf xarajatlar ulushini ko‘rsatadi.
Bir aksiyaning rentabelligi (foydaliligi): F/A= (Fs/na) na – muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni.
Bir aksiyaning rentabelligi muomaladagi bitta aksiyaga to‘g‘ri kelgan sof foyda miqdorini ko‘rsatadi.
Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin