Korxona ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi



Yüklə 37,76 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü37,76 Kb.
#178148
  1   2   3   4   5   6   7
Korxonaning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi


KORXONA ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI
1.Samaradorlikning iqtisodiy xarakteri.
2.Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini baholash.
3.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llari.


Samara – bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega.
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir.
natija natija
С = _________________ = ____________________________________________________________ .
xarajatlar mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar

Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.


Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o‘sishi, aholi sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks ettiriladi.
Xo‘jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o‘lchanishi mumkin.
“Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra korxonalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:

  • iqtisodiy barqaror korxona

  • iqtisodiy xatarli korxona

  • iqtisodiy nochor korxona:

  • o‘z to‘lov qobiliyatini tiklash imkonyatiga ega;

  • o‘z to‘lov qobiliyatini tiklash imkonyatiga ega bo‘lmagan korxonalar.

Amaliyotda iqtisodiy nochorlik qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Asosiy vositalarni eskirish koeffitsenti 0.5 dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
“Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra korxonalarning to‘lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi parametrlar belgilab berilgan.
Iqtisodiy xatarli korxona uchun to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti hamda xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsiyenti meyordan dan kichik bo‘lsa, moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti 0,5 dan kichik bo‘lsa, xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti 0,2 dan kichik bo‘lsa korxonalar iqtisodiy xatarli korxona deb topiladi.
Iqtisodiy nochor korxona uchun pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lishi lozim.
Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lib, shu bilan birga To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati bor bo‘lsa, ya’ni to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti (Ktq)meyorda, rentabelli va xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (Kxm) yuqori bo‘lsa “To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati bor” deb qabul qilinadi
Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lib, uning qiymati eng kam ish xaqining 500 baravaridan yuqori bo‘lsa va Aktivlar rentabelligi. (Ra)past, to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti (Ktq)kichik, xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (Kxm)past bo‘lsa korxona “To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati yo‘q” deb qabul qilinadi

Yüklə 37,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin