Korxonada marketing xizmati faoliyatini tashkil etish



Yüklə 15,19 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü15,19 Kb.
#197025
  1   2   3   4
Oybekjon Saidov Marketing 2

Toshkent Moliya Instituti IBI-70 guruh talabasi Saidov Oybekjonning Marketing fanidan bajargan mustaqil topshirig`i Bajardi:Saidov.O

KORXONADA MARKETING XIZMATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


Reja: 1.O`zbekiston korxonalarida marketingni tashkil etish.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlanib borishini ta’minlash
3. Marketing nazorati tushunchasi
4.Marketingda sotishni rag'batlantirish

KIRISH Korxonada marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga etkazish hal etiladi. Sotish siyosati orqali orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‘rganiladi.

O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish, ko‘pmulkchilikni tashkil qilish, ularning asosida bozorning infratuzilmasini yaratish, jamiyatni iqtisodiy mexanizmini tubdan yangilashga olib keldi. Bu jarayonda savdo va ommaviy ovqatlanish sohasini iqtisodiy munosabatlari, axborot tizimi va huquqiy muhiti bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirilmoqda

Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi  mumkin: 1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini  tashkil qilish doiralariga tushadi. 2. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana  bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi.  3. Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir  qo‘shimcha, ya’ni hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar  qo‘shiladi. Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘linmalarning boshqarishdagi soddalik,  bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning  qator kamchiliklari ham mavjud:➢ tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi; ➢ bozorning hududiy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;  ➢ bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaksiyaning  sustligi;  ➢ marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal  etishning qiyinlashganligi.  Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha  bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror  qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, avvalo  ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan firmalarga to‘g‘ri keladi.


Yüklə 15,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin