KUCH TRANSFORMATORLARINI TANLASH
Shukurov Axliddin Tuychiyevich
Farg'ona viloyati, Rishton tumani 2-son kasb -hunar maktabi Ishlab chiqarish
ta'lim ustasi
Annotatsiya
:
Ushbu ilmiy maqolada kuch transformatorlari haqida umumiy
ma'lumot va ulardan foydalanish, tanlash to'g'risidagi ma'lumotlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar:
elektr ta’minoti sxemasi, kuch transformatori, boshlang‘ich
kapital mablag‘, yillik hisob, ayirgich-saqlagichlar
Korxonaning ratsional elektr ta’minoti tizimini yaratishda BPP va sex
nimstansiyalaridagi kuch transformatorlarning soni
va quvvatlarini texnik va
iqtisodiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Texnik
ko‘rsatgichlarga elektr ta’minoti sxemasining ishonchliligi, ekspluatatsiyada
qulayligi, jihozlarni uzoq muddatda ishlay olishi, avtomatlashganlik
darajasi va
boshqalar kiradi. Iqtisodiy ko‘rsatgichlarga esa asosan boshlang‘ich kapital
mablag‘ va yillik sarf-xarajatlar kiradi. Korxona uchun kuch transformatorlarning
soni va quvvatlarini tanlashda ikki
yoki ko‘p variantlar tahlil qilinib,
ulardan eng
ma’quli olinadi.
Korxona elektr ta’minoti tizimidagi transformatorlar tanlanganda ularning
ikkita yoki uchta standart quvvatli bo‘lishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bunda
zahiridagi transformatorlar soni kamayib, buzilganini almashtirishni osonlashadi.
35 kV va undan katta kuchlanishli nimstansiyalarning sxemalarida yuqori
kuchlanishli tomonlarida o‘zgichlar ishlatilmasa ta’minot tizimi katta miqdorda
arzonlashadi.
Barcha
chekka
nimstansiyalar
loyihalashtirilganda
yuqori
kuchlanishli qismiga o‘zgichlar o‘rniga qisqa tutashtirgichlar va ajratgichlar qabul
qilish tavsiya etiladi. Sex nimstansiyalarida transformatorlarni yuqori kuchlanishli
liniyalariga ayirgichlar yoki ayirgich-
saqlagichlar, yoki yuklamani o‘chirgich-
saqlagichlar orqali ulash to‘g‘ri bo‘ladi.
BPP va MTP lardagi trasformatorlar soni elektr ta’minotiga bo‘lgan ishonchlilik
darajasi bilan aniqlanadi. Bir transformator ishdan
chiqsa ikkinchisi buzilgan
transformatorni ta’mirlash yoki almashtirishga ketadigan vaqt oralig‘i uchun 100%
li ishonchilikni ta’minlaydi.
Birinchi toifali iste’molchilarni ikkita transformatorli nimstansiyalardan
ta’minlash zarur bo‘lib, har bir transformator ayrim shina seksiyalariga ulanishi
kerak. Kichik kuchlanishli ishchi shinalar seksiyalari ham alohida saqlanadi. Bu esa
kichik kuchlanishli tarmoqlarning ish sharoitlarini yaxshilab, qisqa tutashuv tokining
miqdorini ikki marotaba kamaytiradi. Ikkinchi toifali iste’molchilarni ikki
trasformatorli yoki bir transformatorli nimstansiyadan (zahiridagi transformatorni
biror soat davomida almashtirish imkoni bo‘lganda) energiya bilan ta’minlash
mumkin.
Uchinchi toifali iste’molchilar zahirada transformator mavjud bo‘lganda, bir
transformatorli nimstansiyaga ulanishlari mumkin.
Transformatorlar quvvatlarini hisobiy yuklamalarga mos ravishda qabul
qilinadi. SHu bilan birga transformatorning iqtisodiy ish rejimi va iste’molchilarning
elektr ta’minoti bo‘yicha ishonchlikni ta’minlashni ham hisobga olinadi. Me’yoriy
sharoitda transformatorning yuklamasi uning tabiiy ishlash muddatini qisqartirishi
kerak emas.
Transformatorning nominal quvvati deganda shunday yuklanish tushuniladiki,
unda nominal ish sharoitida, belgilangan ishlash muddati davomida (taxminan 20
yil) transformator uzluksiz ishlay oladi. Transformatorlar
quvvatlarini tanlashda
ularning o‘tayuklanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Aks holda,
o‘rnatilayotgan transformatorning quvvatini zaruryatsiz katta qabul qilishga to‘g‘ri
keladi. Ekspluatatsiya jarayonida transformatorlarni tizimli yoki favqulodda
holatlarda o‘tayuklatish mumkin.
Transformatorni favqulotda (avariya) holatda 5 sutka davomida 40% gacha
o‘ta yuklatishga ruhsat etiladi. Bunday yuklatishning vaqti har sutkada 6 soatdan
oshmasligi kerak. Buning uchun avariya holatigacha transformatorning yuklamasi
uning pasportida ko‘rsatilgan quvvatning 0,93 qismidan oshmagan bo‘lishi zarur.
Sanoat korxonalari iste’molchilarining elektr ta’minotida zarur bo‘lgan qudratli
transformatorlarning soni, quvvati va tiplarini tanlashda quyidagi tartib tavsiya
etiladi:
Nimstansiyada o‘rnatiladigan transformatorlarning soni iste’molchilarning
elektr ta’minotining ishonchligiga bo‘lgan talabidan kelib chiqiladi.
Nimstansiyadagi transformatorlarni quvvatini hisobiy to‘la quvvat asosida
tanlanadi.
Bu
erda Rr ,Qx - korxonaning hisobiy aktiv va reaktiv quvvatlari. Qx
aniqlaganda korxonada o‘rnatilgan reaktiv quvvatini kompensatsiyalovchi
qurilmalarining quvvatini hisobga olish kerak. Agar sanoat korxonasining BPP
ikkita transformator o‘rnatilishi zarur bo‘lganda, ularning har birining nominal
quvvat quyidagicha aniqlanadi:
Avariya holatlar uchun transformatorning o‘tayuklanish imkoniyatini tekshirib
ko‘riladi.
Bu erda hisobiy quvvat SX
aniqlaganda, III toifali iste’molchilar e’tiborga
olinmaydi.
Sex nimstansiyalarida transformatorlarni qabul
qilishda yuklama zichligini
ham hisobga olinadi:
Bu erda Sx -
sex, korpus yoki bo‘limning hisobiy yuklamasi;
Transformatorlarni ratsional yuklanish koeffitsientini quyidagicha olish tavsiya
etiladi:
-
ikki transformatorli nimstansiyalarning yuklamalarida I toifali iste’molchilar
ko‘pchilikni tashkil etganda, Kyu=0,65 0,7;
- bir transformatorli podstansiyalarda, kichik kuchlanishda boshqa
podstansiyadan rezerv liniya mavjudligida, Kyu=0,7 0,8;
II toifali iste’molchilar ko‘pchilikni tashkil qilib, markazlashtirilgan zahirada
transformator mavjud bo‘lganida yoki nimstansiya
yuklamalari III toifali
iste’molchilardan iboratligida, Kyu=0,9 0,95.
Nimstansiyadagi transformatorlar quvvatlarining mumkin bo‘lgan variantlari,
favqulodda holatdagi va tizimli o‘tayuklanishlarni hisobga olgan holda, ko‘rib
chiqiladi. Belgilangan variantlardan texnik-
iqtisodiy ko‘rsatgichlari eng qulay
bo‘lgani qabul qilinadi.
Nimstansiyaning kelajakda yuklamasini ortishini hisobga olib uning binosi
fundamentini yuqori quvvatli transformatorga mo‘ljallab
bajariladi yoki
nimstansiyani qo‘shimcha transformator o‘rnatish evaziga kengayishini nazarda
tutiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
https://fayllar.org/download/3-amaliy-ish-kuch-transformatorinni-
tanlash.doc