Xalqaro menejment



Yüklə 58,17 Kb.
səhifə1/4
tarix28.12.2023
ölçüsü58,17 Kb.
#200817
  1   2   3   4
“XALQARO MENEJMENT” FANINING PREDMETI VA MAZMUNI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
KADRLAR MENEJMENTI YO’NALISHI
4-KURS


Fan nomi: XALQARO MENEJMENT


Mavzu: “XALQARO MENEJMENT” FANINING PREDMETI VA MAZMUNI



Bajardi:




_______________



Tekshirdi:




_______________

Toshkent-2022yil
Reja:
Kirish

  1. “Xalqaro menejment” ning nazariy asoslari

  2. “Xalqaro menejment” kategoriyasi

  3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori qaltislik

  4. Jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishda xalqaro menejmentning o’rni

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bozor iqtisodiyoti bir qancha fundamental vazifalarni qo'yadi, ulardan eng muhimi: inson resurslaridan eng samarali foydalanish. Bunga erishish uchun esa aniq belgilangan kadrlar siyosati zarur.
Xodimlar strategiyasi (xodimlarni boshqarish strategiyasi) - tashkiliy strategiya turlari, tashkiliy va kadrlar potentsiali (inson resurslari), shuningdek, tashkilot xodimlarining turini hisobga olgan holda aniqlangan xodimlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari, qoidalari va maqsadlari. siyosat.
Kadrlar siyosatining maqsadi tashkilotning rivojlanish strategiyasiga muvofiq maqsadlarni o'z vaqtida shakllantirish, muammolar va vazifalarni belgilash, maqsadlarga erishish yo'llarini topish va tashkil etishdir.
Belgilangan maqsadlarga erishish uchun tashkilot tomonidan talab qilinadigan har bir xodimning ishlab chiqarish xulq-atvorini ta'minlash ayniqsa muhimdir. Butun tashkilotning rivojlanish strategiyasi singari, kadrlar siyosati ham tashkilotning ichki resurslari va an'analarini hamda tashqi muhit tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Kadrlar siyosati tashkilot siyosatining bir qismi bo'lib, uning rivojlanish kontseptsiyasiga to'liq mos kelishi kerak.
Korxonaning kadrlar siyosatining asosiy ob'ekti - kadrlar (kadrlar). Korxonaning shaxsiy tarkibi uning xodimlarining asosiy (muntazam) tarkibi hisoblanadi.
Kadrlar ishlab chiqarishning asosiy va hal qiluvchi omili, jamiyatning birinchi ishlab chiqaruvchi kuchidir. Ular ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va harakatga keltiradi, ularni doimo takomillashtirib boradi. Ishchilarning malakasidan, ularning kasbiy tayyorgarligidan, ishbilarmonlik fazilatlari ishlab chiqarish samaradorligi ko'p jihatdan bog'liq.


  1. Xalqaro menejment” ning nazariy asoslari

“Xalqaro (global) menejment” kategoriyasiga ta’rif berish uchun tovarlar va xizmatlarning turli mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va sotilishiga imkoniyat yaratuvchi tadbirkorlik shakli sifatida xalqaro biznes tushunchasini anglab olish zarur. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar, nisbiy afzalliklar, mahsulotning xalqaro hayotiy tsikli va bevosita xorijiy investitsiyalarning tamoyillari hisoblanadi.


Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq ustunliklarga ega mamlakatdan boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek nisbiy ustunliklar ham xalqaro biznesni rivojlantirishni rag’batlantiradi.
Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab beradi. Bu holda menejer mutlaq ustunliklarga ega bo’lgan mahsulotni tanlashi va uni ishlab chiqarish va eksport qilishga kuch-quvvatlarni jamlashi zarur bo’ladi. Qolgan tovarlar va xizmatlar esa faqat ichki bozor uchun mo’ljallanishi va unga bo’lgan ehtiyojlarning bir qismi import hisobiga qondirilishi mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning kombinatsiyasi har bir mamlakatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarishni tashkil qilish va davlat siyosati bilan birga turli mamlakatlarning firmalariga raqobat sharoitlarida yuqori obro’ni ta’minlaydi. Tajribaning ko’rsatishicha, AQSh korporatsiyalarining passajir samoletlarini (“Boing” kompaniyasi), qudratli kompyuterlarni (“IBM” kompaniyasi), kompyuter dasturlari (“Maykrosoft” kompaniyasi), atrof-muhit muhofazasi uchun uskunalarni, o’g’itlarni ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshligi shubhasiz. Jahon bozorlarida Germaniya firmalari avtomobillar, kimyoviy mahsulotlar, qishloq xo’jalik mashinalari, optik asboblar, poligrafiya uskunalari kabi tovarlar bo’yicha yuqori raqobatbardoshligi bilan mashhur. Jahon bozorlarida uglerodli tolalar, telekommunikatsiya uskunalari, dengiz kemalari, avtomobillar, maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyalari mashhurdir. Italiya firmalari keramik va to’qimachilik mahsulotlarini, sport poyafzali, qadoqlash uskunalarini ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.
Mahsulotning xalqaro hayotiy tsikli tamoyili amerikalik iqtisodchi R.Vernan tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiy tsikli nazariyasiga asoslanadi. U ichki va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar bilan chiqishda tez o’zgaruvchan kon’yunktura va o’tkir raqobat kurashi sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga qaratish maqsadida har qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi:
1-bosqich – yangilik kiritish. Mahsulotning konstruktiv xususiyatlari va texnik xarakteristikalari xaridorlar tomonidan xali to’la o’rganilmagan vaqtda talab qat’iy emas, bozor egallanmagan, yangi tovarga talab o’sishi sekinlashgan. Bu bosqichda xaridorlar bozorda yangi molga e’tibor beradilar, va uning afzalliklarini baholab boradilar, xaridlar hajmi sekin o’sadi.
2-bosqich – tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridor tomonidan tan olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish va xarid hajmining ko’payishi. Bu birinchi bo’lib ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti hisoblanadi.
3-bosqich – bozorni to’ldirish. Xaridorlarning asosiy qismi bu tovarga bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirib bo’ldi. Uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan o’zlashtirila boshlandi. Va raqobat belgilari paydo bo’ladi.
4-bosqich – kamayish. Mahsulotning hayotiy tsiklini uzaytirish uchun uni ishlab chiqarish, nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo’lgan, ko’pincha rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan uzatiladi. Bu mamlakatlarga mahsulot eksporti, odatda, buyerda ularni ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi mahsulotni kelib chiqish mamlakatidan import qilish qisqaradi.
Bevosita xorijiy investitsiyalar - bevosita sarmoyador firma va qabul qiluvchi firma o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga mo’ljallangan kapital qo’yilmalar. Bu munosabatlarda bevosita investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi mamlakatda korxonani boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli mamlakatlarning firmalari o’rtasida dastlabki bitimning boshlang’ich bosqichi sifatida xizmat qilib, o’z ichiga shuningdek ular o’rtasidagi barcha keyingi kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning sub’ektlari sifatida asosiy ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog’liq firmalar ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish mamlakatini tanlashda iqtisodiy o’sish sur’atlari, bank foizi va kredit shartlari, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish xarajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy ustunliklar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.



  1. Xalqaro menejment” kategoriyasi

Xalqaro menejment – bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalar ayirboshlash, qo’shma korxonalar, xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri boshqarish nazariyasi va amaliyotidir.


Xalqaro (global) menejment kompaniyalarni ikki va undan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi, global menejer malakasiga ega mutaxassis esa keng doiradagi masalalar - eksport - import bitimlaridan tortib chet elda mahsulot ishlab chiqarishgacha bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishi lozim. Bunda u turli madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi, falsafasi va psixologiyasini o’zlashtirib olishi kerak, va har qanday sharoitda eng avvalo mamlakatimiz manfaatlarini ko’zlashi zarur. Prezidentimiz ta’kidlaydi: «Bugun mana shu yuksak minbardan turib aytmoqchiman: davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-mazmuni va maqsadi bitta – u ham bo’lsa, O’zbekiston manfaati va yana bir bor O’zbekiston manfaatidir».
Chet elda jamoaviy faoliyat sharoitlarida ishlash o’zbek tadbirkorlari va davlat xizmatchilari orasida tobora keng tarqalishi bir qator sabablarga ega. Birinchidan, sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ko’p hollarda tadbirkorlar uchun xorijiy faoliyatga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini yaratadi. Ikkinchidan, davlatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi milliy firmalarning nafaqat TMKlar, balki turli xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga olib kelmoqdaki, ularning tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o’rganish zarur.
Xalqaro menejmentni o’rganish tinglovchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar uchun zaruriy sifatlarga: tashabbus, aniqlangan qaltislikka tayyorlik, o’z kuchlariga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish prinsiplarini egallashga erishishga yordam beradi.

Ushbu kurs materiallarini o’rganish tinglovchilarga dunyoda xalqaro menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib beradi:


-bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi
-iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish;
-firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi;
-ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda mahsulot va xizmatlar assortimentini yangilash;
-qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlarni aniq ajratilishi;
-milliy manfaatlarga rioya qilish.


Yüklə 58,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin