O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi
Toshkent viloyati Chirchiq Padagogika Instituti
Pedagogika-psixologiya fakulteti
Defektologiya kafedrasi
KURS ISHI
Fan: Logoritmika
Mavzu: Logopedik ritmik mashg’ulotlarda bolalarning ovoz va nafasni rivojlantirish
Topshirdi: Navro’zova Xurshida
3-bosqich talabasi
Qabul qildi: Achilova S
Toshkent
Mundarija
Kirish.
I-bob.Muammoni o’rganish holati.
Bolalarda uchraudigan nutq kamchiliklarining turli-tumanligining o’ziga xos xususiyatlari
Musiqali ritmik tarbiya tizimi
II-bob. Logopedik ritmika mashg’ulotlarida ovoz va nafasni rivojlantirish bosqichlari.
2.1 Ovoz buzilishlarini bartaraf etishdagi korreksion ishlar tizimi
2.1 Bolalarda nafasni rivojlantirishda qo’llaniladigan vositalar
2.3 Logoritmika mashg’ulotlarida qo’llaniladigan usullar va
yo’llar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustivor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasining to’rtinchi yo’nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirish bo’lib, unda belgilangan vazifalar yurtimizda insonparvarlik g’oyalarining ustuvotligi, millatimizga xos mehr-shavqatning muhim qadriyat ekanligidan dalolat beradi.
O’zbekiston Respublikasinni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi dasturida”…. Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, nogironlikka ega shaxslarga sifatli ta’lim berish kabi vazufalar belgilanib, bu jarayonga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishni taqazo etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim va tarbiya masalalari respublikamizda va halqaro miqyosida me’yoriy huquqiy asoslarga ega.Jumladan, xalqaro hujjatlardan ayrimlarini keltiramiz: Inson huquqlari umumjahon deklataratsiyasi, BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilinib, 1992 yilda O’zbekistonda ratifikatsiyalangan “Bola huquqlari to’g’risidagi” Konvensiya, milliy huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (13 va 41 –moddalar), “Ta’lim to’g’risida” gi qonun ,( 20, 47, 52,55-moddalar), “ Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonuni 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-sonli “ nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonida qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’tisida” gi Farmonlari, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayan darajada xizmat qiladi.
Zamonaviy xalq ta’limi tizimining rivojlanishi va yangi vazifalarni о‘z oldiga qо‘yish davrida о‘sib kelayotgan yosh avlodni ta’lim – tarbiyasi samaradorligini oshirish eng asosiy vazifalardan biri bо‘lib kelmoqda. Ushbu vazifani bajarish uchun xalq ta’limi tizimiga qarashli barcha bо‘limlarni takomillshatirish va pedagog kadrlarning kasbiy sifatini yaxshilashni alohida ahamiyatga ega. Bolaning samarali ta’lim olishga tayyorlashning asosiy kо‘rsatkichlaridan biri tо‘g‘ri yaxshi rivojlangan nutq hisoblanadi. Nutq – mustaqil jarayon sifatida artikulyatsiya va diksiyada namoyon bо‘ladi. Artikulyatsiya – bu harakatlar majmui bо‘lib, nutqning tashqi apparati va periferik nerv sistemasi yordamida ichki va tashqi harakatlar vujudga kelishi natijasida tovush, bо‘g‘in va sо‘zlar yuzaga keladi.
О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risidagi” qonunida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich maktab konsepsiyalarida ta’lim tizimini takomillashtirish muammosini tо‘g‘ri hal etish orqali erishishi mumkin. Ayniqsa, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalirida о‘qitishning samarali usullarini amaliyotga tadbiq etish soha mutaxassislari oldidagi dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib turibdi. Shunga bog‘liq ravishda jismoniy va ruhiy rivojlanishida kamchiligi bо‘lgan, nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalarning rivojlanishini har tomonlama о‘rganishining nazariy va amaliy ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Bizning mamlakatimizda yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanayotgan maktabgacha ta’lim tizimi bir qator о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, bozor iqtisodiyotining о‘tish bosqichi qiyinchiliklarga qaramasdan biz erishilgan ijobiy tajribalarni saqlash va rivojlantirish yо‘lidan bormoqdamiz. Bu sohada 1998-yil, “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash tayanch dasturi” ham ishlab chiqildi. Dasturning ijobiy tomonlaridan biri – maktabgacha tarbiya muassasasining jamoasi faoliyati chegaralab qо‘yilmaganligidir. Dasturning ijobiy tomonlaridan yana bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish xalqning qadimiy urf-odatlari, san’ati, madaniyati, milliy qadriyatlari asosida tanishtirish orqali amalga oshirilishidir. Zero, har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan mavqei va shuhrati bevosita о‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liqdir. Bola shaxsning har tomonlama rivojida nutqning ahamiyati katta. Nutq – insonning muloqat, fikrlash va faoliyat jarayonida muhim psixik vazifani bajaradi. Nutq rivojlanishining orqada qolishi bolaning barcha psixologik faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar lozim bо‘ladi, bola psixik va somatik jixatdan sog‘lom bо‘lishi, normal eshitish va kо‘rishi shart. Yetarli darajada psixik faoliyatiga ega bо‘lishi, nutq muhiti sharoitida bо‘lishi lozim.
Inson nutqi tushunarli harakatlar chiqarayotgan tovush yoki sо‘zlarni ifodalab bera oladigan harakatlar muhsulidir.
Nutq bir tomondan inson ruhiyatini uning milliy asosdan kelib chiqqan holda har bir kishiga xos bо‘lgan xususiyatlarini oyna kabi о‘zida aks ettirsa, ikkinchi tomondan uning ruhiyatidagi og‘riq jihatlarini aks ettiradi. Demak, nutqning tо‘g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, tо‘g‘ri nutq muhitiga va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq, lekin ayrim sabablariga kо‘ra, bola nutqida nuqsonlar kuzatiladi. Nutq nuqsonlari ularni bartaraf etish, oldini olish masalasi yuzasidan kо‘p olimlar tadqiqotlar о‘tkazib, bu masalaning kо‘p qirralarini ochib berdilar.
Nutq kamchiliklarini aniqlash, o’rganish, bartaraf etish va oldini olish defektologlarning barcha sohalari uchun dolzarbdir.
Nutq kamchiliklari bolalarning muomala qilish va o’qitish uchun salbiy ta’sir etadi. Nutq o’z-o’zidan bartaraf etilmaydi. Nutq buzilishlari uzoq vaqt bartaraf etish ishlarini olib borish talab etadi.Nutq kamchilikalriga ega bo’lgan bolalarga to’g’ri ta’sir etishni tashkil etmoq uchun nutq buzilishlarining sabab va mohiyatini to’g’ri anglab olish, nutqida kamchiliklarning paydo bo’lishi nutq buzilishlarining rivojlanishi va uni bartaraf etish qonuniyatlarini bilib olish kerak.Bu esa ravon to’g’ri nutqning yuzaga chiqishiga, aniq maqsadni ko’zlab harakat qilishga, kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Ushbu kurs ishi Kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, unda ovoz va nafas buzilishlarining to’g’ri nutqqa salbiy ta’siri, ovoz va nutqni musiqa, so’z va harakat uyg’unligida rivojlantirish masalalari yoritib berilgan.
Dostları ilə paylaş: |