Labоratоriya ishi №1 Aseptika va antiseptika qonun –qoidalari bilan tanishish. Biologik mikroskopning tuzilishi



Yüklə 74,93 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü74,93 Kb.
#176298
  1   2   3   4   5
Labîratîriya ishi ¹1 Aseptika va antiseptika qonun –qoidalari bi


LABОRATОRIYA ISHI №1
Aseptika va antiseptika qonun –qoidalari bilan tanishish. Biologik mikroskopning tuzilishi.
Ishdan maqsad: mikrobiologiya loborotoriyasibilan tanishib, unda amliy mashg’ulot o’tkazish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rganish. Mikroskopning tuzilishini uning immersion sistemasi bilan ishlashni o’rganish.
Asbоb va rеaktivlar:
B-191S-Monokulyar mikroskop, B-382PHi-ALC-Binokulyar mikroskop, XDS-3-Invertirlangan trinokulyar fazali kontrast mikroskopi, fil’tr qog’oz, baktеriоlоgik ilmоq, prоbirka, pipetkalar, buyum оynalari, qоplоvchi shishalar, оynaga yozadigan qalamlar, shtativ, shuningdеk rеaktiv, bo’yoqlar va bоshqalar.
Mustaqil ish:
Mikrоskоp turlarining rasmini chizish. Bo’yalgan prеparatlarni tayyorlash .
1) Mikrobiologik tajribalarni tashkil etish printsiplari va maqsadi.
2) Laboratoriya xona va ish joyini jihozlash.
3) Mikrobiologik laboratoriya xonada ishlash qoidalari.
4) Mikroorgannzmlarning har xil guruhlari bilan ishlash tartiblari.


MIKROBIOLOGIK LABORATORIYANI TASHKIL ETISH VA JIHOZLASH. LABORATORIYA ISH QOIDALARI
Mikrobiologik laboratoriyalarda o`tkaziladigan tadqiqotlar ularning maqsadiga ko`ra aniqlanadi. Klinika-diagnostika laboratoriyalarida yuqumli kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi aniqlanadn. Sanitar-epidemiologik stansiya (SES)larning laboratoriyalari sog`liqni saqlash, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sistemasida xizmat qiluvchi soqlom va yuqumli kasalliklar bilan bemor kishilardan olingan materiallarning bakteriologik va serologik jihatdan tadqiq etish vazifasini bajaradi. Bakteriologik laboratoriyalarda atrof-muhit ob'ektlarining (havo, tuproq, suv, oziq-ovqat mahsulotlari) bakterial zararlanishi yoki ifloslanishi o`rganiladi. Maxsus laboratoriyalar esa vaksina, zardob va boshqa bakteriya preparatlarining zararsizligi va samaradorligini nazorat qilib turadi, har qanday mikrobiologik laboratoriya strukturasiga quyidagilar kiradi:
1) laboratoriya xonalari va aseptik sharoitda ishlash uchun bokslar;
2) oziqali muhit, idishlarni sterillash, foydalanib bo`lingan yuqumli materialni zararsizlantirish uchun maxsus jihozlangan xona;
3) idishlarni tozalashga mo`ljallangan yuvish xonasi;
4) laboratoriya xona jonivorlarini saqlashga mo`ljallangan alohida xona — vivariylar;
Laboratoriya xonalarining balandligi 3 m dan kam bo`lmasligi, ventilyatsiya (havo almashinish), vodoprovod, kanalizatsiya, elektroenergiya va imkoni bo`lsa gaz bilan ta'minlangan bo`lishi kerak. Devorlar moy-bo`yoq bilan bo`yalishi yoki kafel plitkalari bilan qoplanishi, polga esa linoleum yoyilishi zarur.
Har bir ish joyida maxsus stol qo`yilgan bo`lib, xonalar elektr asboblari, gaz va suv bilan ta'minlangan bo`lishi kerak. Laboratoriya stolining usti dezinfeksiya qilish uchun plastika, linoleum yoki oyna bilan qoplangan bo`ladi. Ish joyi yoritgichli mikroskop, bo`yoqlar to`plami va preparatlarni bo`yaydigan reaktivlar, bakteriya oladigan ilmoq, ilgak, igna, shpatel, paster va darajalangan tomizg`ichlar, predmet va qoplama oynachalar, mo`ychinak, surtmalarni tayyorlash va bo`yashga mo`ljallangan vanna va xarilar, vodoprovod suvi bilan tozalagich, dezinfeksiya eritmasi solingan idish, paxta, flanel sochiq, shishaga chizadigan qalam va filtr qog`ozi bilan ta'minlanadi. Laboratoriyada har doim probirkalar, Petri kosachalari, Ru-flakonlari yoki matraslari, ampulalar va boshqa narsalardan iborat tajribaxona idishlari majmuasi ham mavjud bo`lishi kerak.

Yüklə 74,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin