Mikroskop bilan ishlash tartibi va xavfsizlir texnikasi 1.Laboratoriyada har bir talaba o’z ish o’rniga ega bo’lishi ish o’rnida xalat kiygan holda ishlashi lozim.
2.Laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin bajariladigan ishning mohiyatini qo’llanmadan yaxshilab o’qib tushunib olish, zarur asbob va reaktivlarni tayyorlashi va o’qituvchi ruxsati bilan ish boshlashi lozim.
3.Ish stoliga keraksiz buyumlar va reaktivlarni qo’yish man etiladi.
4.Talaba laboratoriya ishlarini puxta bajarishi, ya'ni shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymasligi lozim.
5.Reaktivlarni keragidan ortiq miqdorda sarflash yaramaydi. Agar reaktivdan ortiqcha olingan bo’lsa, uni idishga qaytarib solinmaydi, chunki reaktiv ifloslanadi.
6.Foydalanib bo’lingan barcha reaktiv va eritmalar saqlanadigan idish qopqoqi yopib qo’yiladi, shu bilan birga qopqoqlarni almashtirib yubormaslik kerak. Reaktivlarni idish bilan kitob va daftarlar ustiga qo’yish man etiladi.
7. Mikroskop shtativi kuzatuvchi tomoniga qaratilib stol qirrasidan qamida 5 sm ichqariga qo’yiladi.
8. Nur to’plovchi ko’zgu, ob’ektiv, okulyar mayin quruq toza latta bilan artiladi.
9. Revolver sistemasi harakatga keltirilib, kichik ob’ektiv buyum stolchasi teshigi ro’parasidagi maxsus o’rindiqqa joylashtiriladi. Bunda shiqillagan past tovush eshitiladi.Har qanday ob’ektni o’rganishni kichik kattalashtirishdan boshlashni aslo unutmaslik kerak. Makrometrik vint yordamida ob’ektiv buyum stolidan taxminan 0.5 sm masofaga ko’tariladi. Diafragma ochiladi va kondensor biroz ko’tariladi.
10. Kuchli nurlar tushganda nur to’plovchi ko’zguning tekis yuzasidan, kuchsiz nurlar tushganda botiq yuzasidan foydalanish lozim.
11. Chap ko’z bilan okulyarga qarab, nur to’plovchi ko’zguni o’qlar atrofida aylantirib ko’rish maydoni eng ko’p darajada va bir tekis yoritiladi.
12. Tekshiriluvchi ob’ekt buyum stoliga qisqichlar vositasida o’rnatiladi. Avval ob’ektiv ehtiyotlik bilan buyum oynasiga taxminan 2 mm masofaga yaqinlashtiriladi. So’ngra chap ko’z bilan okulyardan qarab turib yana makrometrik vint yordamida ob’ektiv buyum oynasidan oxista uzoqlashtiriladi(yuqoriga ko’tariladi). Kichik ob’ektiv ishlatilganda fokus oralig’i taxminan 0,5 sm ga teng qolishini unutmaslik kerak. Ob’ektning aniq tasviri va istalgan qismi topilgach, uni markazga joylashtiriladi va katta ob’ektiv (40x) bilan eng mayda tarkibiy qismlar alohida tekshiriladi. Yon tomondan nazorat qilinib turgan holda ob’ektiv preparatga deyarli tekkunga qadar tushiriladi. Keyin okulyarga qarab, tasvir paydo bo’lguncha tubusni shoshilmasdan ko’tariladi. Katta ob’ektivning fokus masofasi tazminan 1 mm. Katta ob’ektiv bilan ishlaganda makrometrik vintdan tashqari mikrometrik vintdan ham foydalaniladi, uni o’ng yoqi chap tomonga yarim aylantirib ob’ektning aniq tasviri mikroskopda ko’riladi.
13. 90x marta katta qilib ko’rsatuvchi ob’ektiv immersion ob’ektiv deyiladi. Bu sistemani qo’llashda ob’ekt ustiga bir tomchi immersion moy yoki kedr moyi tomiziladi. Mazkur ob’ekt ob’ekt ustidagi moyga juda ohista botiriladi. So’ngra tekshiriluvchi ob’ekt ko’ringunga qadar chap ko’zi bilan okulyardan qarab, makrometrik vint yordamida asta yuqoriga ko’tariladi. Aniq ko’rishi uchun mikrovint o’ng yoqi chap tomonga biroz buriladi. Bu usul juda mayda ob’ektlarni ko’rishi imkonini beradi.
14. Mikroskop bilan ishlash tugallangandan so’ng, uni harakatsiz holatda o’tkazish kerak. Buning uchun revorver sistemasini ishlatib, ob’ektivlar neytral holatga keltiriladi va buyum stolchasidan 2 sm uzoqlashtirilib, ob’ektivlar artiladi. Mikroskop ustiga chang tushmasligi uchun g’ilof kiydirib qo’yiladi.
15. Ish tugagandan so’ng foydalanilgan idishlarni yuvib qo’yish, ish joyini tozalash, suv va elektr asboblarni o’chirib qo’yish lozim.
Metodik ko’rsatmalar: Mikrоbiоlоgik tеkshiruvlar uchun mikrоskоplarning bir nеcha turlari (biоlоgik, lyuminеstsеnt, elеktrоn) va mikrоskоpda ko’rishning maхsus usullari (fazо-kontrast, qоrоng’i ko’ruv maydоni)dan fоydalaniladi.