Laboratoriya ishi № 9(4soat)
Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish yo’llari.
Ishning maqsadi: Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli
foydalanish yo’llarini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Kolbalar,o’lchov
stakanlari,byuretkalar,shtativ,tuzlar,kislotalar,paxta,etil spirti,suyuq sovun,chinni
tigel,shisha tayoqcha.
Nazariy ma’lumot.
Maktabda kimyo asoslarini o‘qitish tegishli kimyoviy tajribalarni
tashkil etmasdan
turib takomillasha olmaydi.Kimyoviy tajriba moddalar va kimyoviy reaksiyalar
haqidagi bilim manbai - o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini oshirish va darsga
barqaror
qiziqishini tarbiyalashda, kimyoviy bilimlarni amalda qo‘llash
tasavvurlarning shakllanishida muhim shart hisoblanadi.
Tajriba - mavzui yoki eng muhim tomonlarini turli asbob-qurol,
texnik
vositalar yordamida ajratish va o‘rganish imkonini beradi. Zarur bo‘lganda
tajriba
tadqiqotchi tomonidan takrorlanishi mumkin. Bu esa ko‘p jihatdan ilmiy
tajribaning asosiy vazifasini bizni qurshab turgan borliq haqida ishonchli dalillar
olishni aniqlaydi.
O‘quv tajribasining
ilmiy tajribadan farqi shuki, uning natijasi oldindan
ma’lum bo‘ladi. O‘quv tajribasi texnik jihatdan birmuncha sodda va odatda vaqti
cheklangan bo‘ladi. O‘quv tajribasi maktab kimyo kursida o‘ziga xos o‘rganish
obyekti,
tadqiqot usuli, yangi bilimning vositasi va manbaidir.
Maktab kimyoviy tajribasi uch asosiy vazifani bajaradi:
O‘qitish, bilim olish - kimyo asoslarini o‘zlashtirish uchun amaliy
muammolarni qo‘yish va yechish, hozirgi zamon hayotida
kimyoning ahamiyatini
aniqlash.
Tarbiya berish - demokratik dunyoqarashni
shakllantirish, mehnatga bo‘lgan
ehtiyojni ongli ravishda his etish, o‘quvchilarni ishchi
kasbiga ixlosini oshirish,
atrof muhitni muhofaza qilish.
Rivojlantiruvchi vazifa umumiy ilmiy va amaliy bilim hamda mahoratlarni
egallash va ularni takomillashtirishdan iborat.
Kimyoviy tajribani asosiy vazifalaridan biri - kuzatishni maqsad sari
yo‘nalishini tashkil etish, kuzatish mahoratini shakllantirish, kuzatish natijalarini
tushuntirish, o‘zlashtirilgan ma’lumotni xotirada saqlashdan iborat. Bundan
tashqari o‘quv materialini tushuntira bilish, sababning natijaga bog‘liqligini
qonuniyatlari, o‘rganiladigan mavzuni tub mohiyatini aniqlashdan iborat.
O‘qituvchi bilan birgalikda olib borilgan tajribalar o‘quvchilarning texnik
malakasini oshirishga yordam beradi.