M. F. Bruns fikricha o‘yin orqali duduqlanadigan bolani xarakteri shakllanadi, uni intizomi, jamoaga munosib tafakkuri faol nutq faoliyati shakllanadi. O‘yinda emotsional tomoni bolalarda qiziqish uyg‘otadi va lo
Uralova Dilnoza Defektologiya 19-01
Duduqlanishni bartaraf etishga qaratilgan o‘yinlar
Reja:
Duduqlanishni bartaraf etishda nafasni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar.
Duduqlanishni bartaraf etishda xarakatli va didaktik o‘yinlar.
Duduqlanishni bartaraf etishda reloksatsiya mashqlari.
Duduqlanishni bartaraf etishda nafasni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar
M.F. Bruns fikricha o‘yin orqali duduqlanadigan bolani xarakteri shakllanadi, uni intizomi, jamoaga munosib tafakkuri faol nutq faoliyati shakllanadi. O‘yinda emotsional tomoni bolalarda qiziqish uyg‘otadi va logopedga bolaga kerakli vaqtda ta’sir ko‘rsatish uchun imkoniyat beradi. Duduqlanuvchi bolalarbilan olib boriladigan korreksion ishlarda to‘g‘ri nutqiy nafasni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
"Kapalaklar uchyapti" o‘yini O‘yinning maqsadi: To‘g‘ri, uzluksiz xavo oqimini xosil qilishga erishish
O ’yinning borishi: Bolalar stulchalarga o‘tirishadi. Logoped bolalarga:
-Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar: ko‘k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi?
Logoped kapalaklarni puflaydi.
Qaranglar, uchib ketishdi. Qani sizlar xam puflab ko‘ringlarchi. Kimning kapalagi uzoqqa uchar ekan?
Logoped har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka puflaydilar.
Metodik ko‘rsatma: O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida yelkalarini ko‘tarmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, xavo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar bir oz oldinga chiqqan bo‘lishi kerak. Xar bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasida tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Davomli tanaffussiz 10 soniyadan ortiq puflash bosh aylanishini keltirib chiqarishi mumkin.