BADIIY ADABIYOT ASOSIDA O‘QUVCHILARDA NUTQ
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Xoliqulova Dilnoza, Boltayeva Barno
Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqola badiiy adabiyot asosida o‘quvchilarda nutq madaniyatini
shakllantirish haqida bayon qilingan.
Kalit so’zlar: badiiy adabiyot, nutq, og‘zaki nutq, yozma nutq, badiiy asar, o‘quvchi.
Аннотация: Эта статья посвящена формированию у учащихся культуры речи на
основе художественной литературы.
Ключевое слово: художественная литература, речь, устная, письменная речь,
художественная литература, чтец.
Annotation: This article is about creating a culture of speech in students based on
fiction.
Key words: fiction, speech, oral, written speech, fiction, reader.
Badiiy adabiyot insonning ruhiy ozuqasi, hayotiy tayanchidir. Badiiy
adabiyot o‘z mazmuni bilan fuqarolarning hayotiy faolligini oshirishda, jamiyat
a‘zolarining ma‘naviyatini yuksaltirishda, davlat va xalq manfaatiga xizmat
qilishda, ozod va obod Vatanni bunyod etishda, odamlarning dunyoqarashi,
tafakkuri, ruhiyati, ishonch va e‘tiqodini rivojlantirishda xizmat qiladi va
bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantiradi.[1]
Jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch - bu badiiy adabiyot.
Shunday ekan, badiiy adabiyot asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodda milliy
qadriyatlarni, ilg‘or demokratik qoida va tushunchalarni shakllantirish, boyitish,
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, boshlang‘ich ta‘lim bosqichida
badiiy adabiyot orqali o‘quvchilarda xalqimizning tarixiy boy ma‘naviy
meroslariga hurmat bilan qarash, avaylab-asrash shakllantiriladi. Merosimizni
rivojlantirish asosida kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, ma‘rifat,
ma‘naviyat milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ulari kamol topadi.
Badiiy adabiyot orqali milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usini, vatanparvarlik,
milliy g‘ururni shakllantirishni, ma‘naviy boy, jismonan sog‘lom, aqlan teran,
barkamol avlodni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirish mumkin.
Shu bilan birga badiiy adabiyot o‘quvchilarda nutq madaniyatini
shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi.
Badiiy adabiyot mazmunida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, har bir
kishida nutq, muloqot madaniyatini shakllantirish chuqur o‘rin egallagan. [2]
Badiiy
adabiyot
voyaga
etayogan
shaxsda
nutq
madaniyatini
shakllantirishda ham, ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti ommabop tarbiya vositasi sifatida shaxsning
madaniyatini shakllantirishda, siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, huquqiy, ekologik,
jismoniy, iqtisodiy tarbiyalashda diqqatga sazavordir.
Badiiy adabiyot hayotning barcha qirralarini aks ettirishi bilan boshqa
san’atlardan ajralib turadi. Shu bilan birga badiiy adabiyotning tarbiyalanuvchi
hissiyotiga, qalbiga, e‘tiqodiga, tushunchasiga, dunyoqarashiga bir yo‘la ta‘sir
etishi o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi. Boshlang‘ich ta‘lim jarayonida badiiy
adabiyotning tarbiyaviy imkoniyatlaridan izchil foydalanish barkamol inson
kamolotida muhim o’rin tutadi. [3]
O’quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirishning asosiy manbalaridan biri badiiy
asardir. Badiiy asar o’quvchining aqlini, bilimini, ahloqini va mantiqiy hissiyotini
tarbiyalash bilan birga, uning lug‘at boyligini, nutq madaniyatini o‘stirish vositasi
hamdir.
Badiiy asar o‘quvchilarning nutqi uchun asosiy manba sanaladi, shuning
uchun badiiy asarlar mazmunini puxta o‘zlashtirish ta‘lim jarayonida muhim o‘rin
tutadi. Badiiy asar matni ustida turli usullar bilan qancha ko’p ish olib borilsa,
ularning mazmunini o‘quvchilar shuncha puxta va chuqur o‘zlashtiradi va fikrini,
nutqini ravon, aniq ifodalashga muvaffaq bo‘ladi.
Buning uchun, avval, boshlang‘ich ta‘lim tarbiya tizimida badiiy
adabiyotni chuqur o‘rganishga alohida e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Chunki, badiiy adabiyot o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish bilan birga,
ularda xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirishda, xatti-harakatlar insoniy
tuyg‘ularni tarkib toptirishda zarur vositalardan hisoblanadi.
Bizga ma‘lumki, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan davr bolalar nutqining
rivojlanish davri hisoblanadi. Bolaning idroki, tafakkuri va nutqi unda biror narsani
tushunib olishda yordam beradi. Demak, 10 yoshgacha bo‘lgan davrdagi
bolalarning nutqi sodda va obrazli, ravon ifodalanishi mumkin.
Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyot tushunchasi turli yoshdagi bolalarga
mo‘ljallangan so‘z san‘ati bo‘lib, voqelikni bolalarcha idrok etish, bolalarcha
tasavvur va tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asarlar majmuasi
hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakl-
lantirish borasidagi pedagogik faoliyatni tashkil etishda quyidagi vazifalarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq. [4]
O‘quvchi badiiy adabiyotni o‘rganish jarayonida nutq madaniyatiga doir
bilimlarni o‘zlashtirishi natijasida nutq his-tuyg‘ulari shakllanadi. Hayotda nimalar
yuz berayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli
xil shaklda bo‘ladigan munosabatlar rivojlanadi.
Boshlang‘ich ta‘lim bosqichi o‘quvchilarining idrok etish, xotiralash, hayol
surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilibgina qolmay, balki shu bilan
birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo‘lmasin, munosabat bildirish,
ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi.
Bunday ichki shaxsiy munosabatlar she’rlardan ta’sirlanish natijasida ro‘y
beradi. O‘quvchi shaxsini o‘zgartiradi, barqaror tus oladi yoki yo‘qoladi. Nutqiy
his – tuyg‘ulari kamol topadi.
Nutq madaniyatini shakllantirishda bolalar adabiyotining ta‘siri kuchli
bo‘lib, undagi ma‘naviy-ruhiy muhit, voqea va hodisalar o‘quvchi tafakurini
rivojlantirishda tarbiyaviy asos hisoblanadi. Badiiy adabiyot shaxsning ma‘naviy-
ruhiy kayfiyatiga, uning nutq, muomala munosabatlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi.
Har qanday kishining jamiyatdagi mavqei, kayfiyati, o‘zini erkin his etishi
shoirning jo‘shqin she‘riga, yozuvchilarning asarlaridagi qahramonlarning
muomala, ya‘ni muloqotni qanday amalga oshirishiga bog‘liqdir. [5]
Shu boisdan kundalik hayotda biz uchun zarur hisoblangan badiiy
adabiyotni bilish har bir o‘qituvchi uchun zarur. Badiiy adabiyot o‘quvchilarning
so‘z san‘ati, muloqot, axborot, ma‘lumot almashinuvida, nutqini rivojlantirishda
muhim o‘rin egallaydi. Badiiy adabiyotni o‘rganish natijasida o‘quvchilarda to‘g‘ri
idrok etish, tushunish, anglash kabilar takomillashib boradi.
O‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish faqatgina boshlang‘ich
ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtiribgina qolmay, balki jamiyat taraqqiyotida
ma‘naviy omil rolining oshib borishini taqozo etadi.
Bugungi kunda badiiy adabiyot vositasida nutq madaniyatini shakllantirish
shaxs kamolotining ustivorligini ta‘minlaydi. Shunday ekan, o‘qituvchini ushbu
ishga ilmiy-metodik jihatdan tayyorlash, unga ijodiy yondashish, o‘quvchilarning
yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, ularga mos mazmun va metodlar
belgilashni taqozo etadi.
Demak, o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish o‘qituvchilarning
pedagogik ijodkorligiga, ilmiy bilim va metodik malakalarni egallashiga,
tajribasiga bog‘liq. Nutq madaniyatini shakllantirish ta‘lim jarayonida, sinfdan
tashqari ishlarda ro‘yobga chiqadi. Bunda boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari badiiy
asarni pedagogik tahlil qila olishda ilmiy-metodik yondashishi bosh masaladir.
Badiiy asarni insoniy, axloqiy, estetik oziq manbai sifatida tahlil qilish nutq
madaniyati bilan hamohangdir.
Boshlang‘ich ta’limda badiiy adabiyotdan o‘quv-tarbiyaviy ishlarda to‘gri
foydalanishning samaradorligi o‘qituvchining bilim saviyasiga, uning ixtisoslik
bilim darajasiga va har bir asarni pedagogik tahlil qila olish mahoratiga bog‘liq.
O‘qituvchining badiiy asarni pedagogik tahlil qila olish mahorati adabiyotning
ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatidan to‘g‘ri foydalanishning shartidir.
Badiiy asar asosida o‘quvchilar nutq madaniyatini shakllantirishda
o‘qituvchining asosiy ish metodikasi: kasbiy tayyorgarligi, ta‘limiy va tarbiyachilik
malakalari, ma‘naviy boyligi talab darajasida bo‘lishi zarur. Bundan tashqari
o‘qituvchi o‘z o‘quvchilari nutq madaniyatini shakllantirishda quyidagilarni
amalga oshirishi zarur:
-
badiiy adabiyotning muhim o‘rni, bilimlari va dunyoqarashini o‘stirish;
-
o‘quvchilarning nutq haqidagi bilim va malakasini oshirishda maktab
hayoti va ta‘lim-tarbiyaga bag‘ishlangan eng yaxshi badiiy asarlar bilan
tanishtirish;
-
bolalar adabiyotining axloqiy tarbiya, nutq madaniyati haqidagi asarlarini
chuqur o ‘rganish;
-
sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlarida qo‘llaniladigan
asarlar ko‘lami va uning mazmuni bilan tanishtirish.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish,
yangi-yangi asarlarni o‘qishga qiziqtirish zarur. Shuningdek, badiiy adabiyotning
o‘zaro hayot qonuniyatlari bilan bog‘liq tomonlari haqida o‘quvchilarga yo‘llanma
berish ham o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq.
Badiiy adabiyot doimo taraqqiyotda bo‘lganidek, nutq madaniyatini
shakllantirish
ham
doimo
o‘quvchilarning
ijodkorligini,
mustaqilligini
rivojlantiradi.
Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyot hayotni yaxlitlikda, barcha qirralarini
aks ettirishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham ushbu bobda badiiy
adabiyotning tarbiyalanuvchi hissiyotiga, qalbiga, e‘tiqodiga, tushunchasiga,
dunyoqarashiga ta‘sir etuvchi imkoniyatlari ko‘rsatilgan.
Ma‘lumki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy qismini badiiy
asarlar tashkil qiladi.
O‘quvchilar badiiy asarni o‘qir ekanlar, ularning ko‘z oldida alohida
manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar asarni o‘qish orqali
yozuvchining ilgari surgan fikri, g‘oyasi bilan tanishadilar. Har bir asar bilan
tanishish, uni o‘ylash va tushunish o‘quvchining nutqiga, dunyoqarashiga,
xarakterning shakllanishiga, sezgisining takomillanishiga yordam beradi, ta‘sir
qiladi.
Yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash insoniyatning
azaliy orzusidir. Ota-bobolarimiz ma‘rifat va ma‘naviyatini, adabiyotni kelajak
avlodga singdirish yo‘llarini qidirganlar. Ushbu izlanishlar samarasi o‘laroq badiiy
adabiyot orqali komil insonni tarbiyalash asoslari shakllandi. Zero, badiiy asarni
tahlil qilganda muhim bo'lgan omillardan biri o‘quvchilarga hissiy ta‘sir
ko‘rsatishdir. [6]
Xulosa qilib aytganda, badiiy adabiyot yosh avlodning nutqini
rivojlantirishga va nutq madaniyatini o‘stirishga katta imkon beradi. Undagi ijobiy
va salbiy obrazlar o‘quvchilar qalbida o‘chmas iz qoldirishi natijasida ular
mavzularning asl ma’nosini yaxshi tushunib, esda saqlab qoladilar. Chunki
adabiyot kishiga ma’lumot berish bilan birga, o‘quvchining nutq madaniyatini
shakllantirishda,
hulq
va
ahloqini
mustahkamlashda
yordam
beradi.
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirishda badiiy
adabiyotning muhim o‘rni, nutq madaniyatini shakllantirishdigi omillari
ko‘rsatilgan.
Badiiy
asarlar
asosida
o‘quvchilarda
nutq
madaniyatini
shakllantirishning mazmuni va vazifalari ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |