Magnitli yuritkichlarni nosozliklarini aniqlash va ularni ta’mirlash. Magnitli yuritkichlar — masofadan boshqariladigan kontaktor va issiqlik relesidan iborat boshqaruvchi va himoya elektr apparat.
Magnitli yuritkichlarda kontaktorlarning П6 va ПА turlari va issiqlik relelarining ТРП yoki ТРН turlari keng qo’llaniladi.
Magnitli yuritkichlarning kontaktorlarini ta’mirlash va ta’mirlashdan
keyingi sinov amallari alohida kontaktorlarnikidan farq qilmaydi.
Magnitli yuritkichlarning issiqlik relelarini ta’mirlashda bu relelarning butunligiga va ishchi holatiga alohida ahamiyat berish zarur. Issiqlik relelarida, asosan, qizdiruvchi elementlari ishdan chiqadi. Bu elementlar turli qurilmalarga ega bo’lib va har xil toklarga mo’ljallangan olti turli bo’ladi. Birinchi va ikkinchi turli elementlar gixrom yoki fexral simlardan tayyorlanadi. Birinchi turdagi elementda qizdiruvchi sim slyudali plastinaga o’ralib, uning chiqish uchlariga kumushdan qilingan uchlik kavsharlangan bo’ladi. Ikkinchi turdagi elementda sim spiral ko’rinishda bo’lib, uning chiqish uchlariga po’lat uchliklar kavsharlangan bo’ladi. Spiral qizdiruvchi elementlarni oksidlanishdan muhofaza qilish maqsadida ularning ustlari kadmiy bilan qoplanadi. Qizdiruvchi elementlarning qolgan to’rt turlari shtampovka usuli bilan tayyorlanadi.
Magnitli yuritkichlarning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun ishdan chiqqan qizdiruvchi elementlar faqat yangisi bilan almashŧiriladi. Kontaktorlar va avtomatlarning asosiy vazifasi elektr qurilmalarni
tarmoqqa ulash va tarmoqdan uzish jarayonlarini avtomatik amalga
oshirishdan iborat. Shu bilan birga bu apparatlarning ikkinchi asosiy
vazifasi — nol himoya funksiyasini ham bajargani sababli, 1.2-paragrafda
ular to’g‘risida keng materiallar berilgani uchun bu paragrafda asosan
magnitli yuritkichlar haqida ko’proq ma’lumotlar beramiz.
Magnitli yuritkich, asosan, asinxron motorlarni ishga tushiruvchi
kontaktorlar asosida yaratilgan elektromagnit apparatdir.
Kichikroq quvvatli asinxron motorlarni boshqarish uchun to’g’ri yuruvchi magnit tizimli magnitli yuritkichlardan foydalaniladi (5.10-rasm). Magnit o’tkazgich (1) boshqaruv chulg’ami (2) bilan birga yuritkich korpusiga qo’zg’almas qilib mahkamlangan. Boshqaruv chulg’amidan tok ig o’tganida magnit tizimida magnit oqimi (Ф) vujudga keladi, uning ta’sirida yakor (4) prujina (3) ning siqish kuchini yengib, qo’zg’almas magnit o’tkazgichga tortiladi. Yakorga mahkamlangan qo’zg’aluvchan kontaktlar (6) qo’zg’almas kontaktlar (5) ga tutashadi va kommutatsiyalanayotgan zanjirdan tok (I) o’tadi. Yassi prujina (7) kontaktlarni siqadi.