Majburiyatlarni hisobda aks ettirish masalalari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#158945
  1   2   3
majburiyatlarni-hisobda-aks-ettirish-masalalari



[328] 
MAJBURIYATLARNI HISOBDA AKS ETTIRISH MASALALARI 
 

Jabbarova Ch.A, 
Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi
va g‘aznachilik ishi” kafedrasi o‘qituvchisi 
tel: 93 514 80 16 
E-mail: jabbarovacharos1984@gmail.ru 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada majburiyatlar huquqiy, moliyaviy va hisob nuqtai 
nazaridan tavsiflab o‘rganilgan, raqamli iqtisodiyot sharoitida majburiyatlar hisobining 
o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: 
majburiyat, fidutsiar majburiyat, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro 
Standartlari (MHXS), joriy majburiyatlar, uzoq muddatli majburiyatlar, raqamli 
iqtisodiyot. 
Аннотация:
В данной статье рассмотрены обязательства с юридической, 
финансовой и учетной точек зрения, освещены особенности учета обязательств в 
условиях цифровой экономики. 
Ключевые слова:
обязательство, фидуциарное обязательство, международные 
стандарты финансовой отчетности (МСФО), текущие обязательства, долгосрочные 
обязательства, цифровая экономика. 
Annotation:
this article describes the obligations from the point of view of legal, financial 
and accounting, covers the specific features of the liabilities account in the conditions of 
the digital economy. 
Key words:
obligation, fiduciary obligation, International Financial Reporting Standards 
(IFRS), current liabilities, long-term liabilities, digital economy. 
Har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’yekt faoliyati davomida ma’lum turdagi 
majburiyatlar yuzaga kelib, xo‘jalikda ularning miqdori va turi xo‘jalik moliyaviy holati 
va to‘lov qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli majburiyatlarning darajasini 
aniqlash, tan olish, ularning hisobini to‘g‘ri yuritish va qaytarish muddatlariga rioya qilish 
masalalari korxona uchun muhim sanaladi. Korxona faoliyat sohasi qanchalik kengayib, 
xilma-xillik kasb etgani sari hisob tizimi oldida majburiyatlar borasidagi yangidan - yangi 
savollar paydo bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobining muhim ob’yektlaridan biri sanalgan majburiyatlarni tadqiq 
qilish jarayonida ularning 
huquqiy

moliyaviy
va 
hisob
nuqtai nazaridan tavsiflab 
o‘rganamiz. Jumladan, Fuqarolik kodeksi (FK)da majburiyatlarga “fuqarolik huquqiy 
munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga 
muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, 
xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga 
majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish 
huquqiga ega bo‘ladi” [1] degan ta’rif keltirilgan. Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 
amaldagi tahriri mamlakatda tez rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlar talablariga va 
fuqarolik huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga yetarli darajada javob bera olmasligi 


[329] 
nuqtai nazaridan, yangilanayotgan ijtimoiy munosabatlarga mos qoidalar belgilashni 
maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasida [2] 
majburiyat huquqini takomillashtirish, jumladan majburiyatlarning vujudga kelish 
asoslarining to‘liq ro‘yxatini aniqlash va majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi 
masalalarini tartibga soluvchi normalarni modernizatsiya qilish vazifasi qo‘yilgan. 
Loyihada zamonaviy sharoitlarda talab yuqori bo‘lgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni 
tartibga solishning innovatsion shakllari va taomillarini joriy etish maqsadida xo‘jalik 
yurituvchi shaxs faoliyatiga daxldor
yuridik shaxs boshqaruvchilarining fidutsiar 
majburiyatlari institutini kiritish maqsad qilib qo‘yilgan. 
Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) da “Majburiyat – bu o‘tgan davrdagi hodisalardan 
kelib chiqadigan kompaniyaning joriy qarzdorligidir, qaysiki uning uzilishi iqtisodiy nafni o‘zida 
mujassamlantirgan kompaniya resurslarining chiqib ketishiga olib keladi” deb ta’rif berilgan [3]. Ta’rifda “joriy 
qarzdorlik”, “resurslar chiqib ketishi” tushunchalarining qo‘llanilishi hisob nuqtai nazaridan optimal ta’rif deb 
o‘ylaymiz. 
Majburiyatlar miqdori va ularning harakati, optimal baholanishi doimiy nazorat 
qilinib turilishi lozim. Bu esa majburiyatlar hisobi uzluksiz takomillashuvini taqozo etadi. 
Majburiyatlarni hisobda aks ettirishning o‘ziga xos muammolariga bag‘ishlangan ishlarda 
ularning hisobiga oid turli nazariy va amaliy masalalar atroflicha o‘rganilgan. Jumladan, 
moliyaviy majburiyatlar hisobining nazariy muammolari rus iqtisodchi olimlari 
T.Yu. 
Drujilovskaya, T.V. Igonina,
S.A. Isakova,
V.S.
Plotnikov,
 
O.V. Plotnikovalar, 
shuningdek, masalaning amaliy va tahliliy jihatlari 
D.V. Lugovskoy
,
Yu.A. Abrosimova,
I.D. Demina,
T.I. Krishtaleva
,

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin