[328]
MAJBURIYATLARNI HISOBDA AKS ETTIRISH MASALALARI
Jabbarova Ch.A,
Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi
va g‘aznachilik ishi” kafedrasi o‘qituvchisi
tel: 93 514 80 16
E-mail: jabbarovacharos1984@gmail.ru
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada majburiyatlar huquqiy, moliyaviy va hisob nuqtai
nazaridan tavsiflab o‘rganilgan, raqamli iqtisodiyot sharoitida majburiyatlar hisobining
o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
majburiyat, fidutsiar majburiyat, Moliyaviy
Hisobotning Xalqaro
Standartlari (MHXS), joriy majburiyatlar, uzoq muddatli majburiyatlar, raqamli
iqtisodiyot.
Аннотация:
В данной статье рассмотрены обязательства с юридической,
финансовой и
учетной точек зрения, освещены особенности учета обязательств в
условиях цифровой экономики.
Ключевые слова:
обязательство, фидуциарное обязательство, международные
стандарты финансовой отчетности (МСФО), текущие обязательства, долгосрочные
обязательства, цифровая экономика.
Annotation:
this article describes the obligations from the point of view of legal, financial
and accounting, covers the specific features of the liabilities account in the conditions of
the digital economy.
Key words:
obligation, fiduciary obligation, International Financial Reporting Standards
(IFRS), current liabilities, long-term liabilities, digital economy.
Har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’yekt faoliyati davomida ma’lum
turdagi
majburiyatlar yuzaga kelib, xo‘jalikda ularning miqdori va turi xo‘jalik moliyaviy holati
va to‘lov qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli majburiyatlarning darajasini
aniqlash, tan olish, ularning hisobini to‘g‘ri yuritish va qaytarish muddatlariga rioya qilish
masalalari korxona uchun muhim sanaladi. Korxona faoliyat sohasi qanchalik kengayib,
xilma-xillik kasb etgani sari hisob tizimi oldida majburiyatlar borasidagi yangidan - yangi
savollar paydo bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining muhim ob’yektlaridan biri sanalgan majburiyatlarni tadqiq
qilish jarayonida ularning
huquqiy
,
moliyaviy
va
hisob
nuqtai nazaridan tavsiflab
o‘rganamiz.
Jumladan, Fuqarolik kodeksi (FK)da majburiyatlarga “fuqarolik huquqiy
munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga
muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi:
mol-mulkni topshirish, ishni bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga
majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish
huquqiga ega bo‘ladi” [1] degan ta’rif keltirilgan. Shuningdek,
Fuqarolik kodeksining
amaldagi tahriri mamlakatda tez rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlar talablariga va
fuqarolik huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga yetarli darajada javob bera olmasligi
[329]
nuqtai nazaridan, yangilanayotgan ijtimoiy munosabatlarga
mos qoidalar belgilashni
maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasida [2]
majburiyat huquqini takomillashtirish, jumladan majburiyatlarning vujudga kelish
asoslarining to‘liq ro‘yxatini aniqlash va majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi
masalalarini tartibga soluvchi normalarni modernizatsiya qilish vazifasi qo‘yilgan.
Loyihada zamonaviy sharoitlarda talab yuqori bo‘lgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni
tartibga solishning innovatsion shakllari va taomillarini joriy etish maqsadida xo‘jalik
yurituvchi shaxs faoliyatiga daxldor
yuridik shaxs boshqaruvchilarining fidutsiar
majburiyatlari institutini kiritish maqsad qilib qo‘yilgan.
Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) da “Majburiyat – bu o‘tgan davrdagi hodisalardan
kelib chiqadigan kompaniyaning
joriy qarzdorligidir, qaysiki uning uzilishi iqtisodiy nafni o‘zida
mujassamlantirgan kompaniya resurslarining chiqib ketishiga olib keladi” deb ta’rif berilgan [3]. Ta’rifda “joriy
qarzdorlik”, “resurslar chiqib ketishi” tushunchalarining qo‘llanilishi hisob nuqtai nazaridan optimal ta’rif deb
o‘ylaymiz.
Majburiyatlar miqdori va ularning harakati, optimal baholanishi doimiy nazorat
qilinib turilishi lozim. Bu esa majburiyatlar hisobi uzluksiz takomillashuvini taqozo etadi.
Majburiyatlarni hisobda aks ettirishning o‘ziga xos muammolariga bag‘ishlangan ishlarda
ularning hisobiga oid turli nazariy va amaliy masalalar atroflicha o‘rganilgan. Jumladan,
moliyaviy majburiyatlar hisobining nazariy muammolari rus iqtisodchi olimlari
T.Yu.
Drujilovskaya, T.V. Igonina,
S.A. Isakova,
V.S.
Plotnikov,
O.V. Plotnikovalar,
shuningdek, masalaning amaliy va tahliliy jihatlari
D.V. Lugovskoy
,
Yu.A. Abrosimova,
I.D. Demina,
T.I. Krishtaleva
,