«Maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi» yo`nalishi 6-guruh tinglovchisi Xudoyqulova Nargiza Raximberdiyevnaning «maxsus pedagogika va logopediyaning metodologik asoslarini tasvirlab bering»



Yüklə 21,12 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü21,12 Kb.
#195347
  1   2   3
« MAXSUS PEDAGOGIKA VA LOGOPEDIYANING METODOLOGIK ASOSLARINI TASVIRLAB BERING


O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
Maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
«Maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi» yo`nalishi 6-guruh tinglovchisi
Xudoyqulova Nargiza Raximberdiyevnaning
« MAXSUS PEDAGOGIKA VA LOGOPEDIYANING METODOLOGIK ASOSLARINI TASVIRLAB BERING» mavzusida
MUSTAQIL ISHI

Toshkent 2022

Reja:

  1. Logopediyaning metodologik asoslari.

  2. Logopediya qaysi tamoyillari.

  3. Logopediya fanining metodlari.

Nutq buzilishini o‘rganishda va tuzatishda logopediya fani nutq va fikrning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi, anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi.


Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va metodlardan foydalaniladi.
Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o‘zaro bog‘liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar.1
Ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema to‘g‘risidagi tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari o‘zaro chambarchas aloqada bo‘ladi. SHu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini tuzatishni o‘rganish nutq qurilishi tizimining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta’sir etishini nazarda tutadi.
Nutq buzilishlarining o‘xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib tashxis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarni, tibbiy, psixologik, logopedik jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi muhim jihatlarini tuzatish nuqtayi nazaridan tahlil qilish zarur bo‘ladi. Bunday hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy-psixologik-pedagogik xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, nutq buzilishlarini o‘rganish va tuzatishda komplekslilik tamoyili muhim o‘rin tutadi.
Nutq buzilishlarini o‘rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir.

Yüklə 21,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin