2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinflarida jismoniy tarbiya fanidan yakuniy imtihon belgilangan kunda amaliy tarzda ushbu tavsiya etilgan imtihon materiallari asosida oʻtkaziladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari metodbirlashmalarining yigʻilish qaroriga muvofiq yakuniy imtihon materiallariga 15%-20% gacha oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi imtihon topshiruvchi oʻquvchilar roʻyxatini shakllantiradi. Tibbiyot muassasalari tomonidan jismoniy tarbiya mashgʻulotlaridan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan oʻquvchilar pedagogik kengash qarori bilan yakuniy imtihondan ozod etiladi. Ushbu oʻquvchilarning yakuniy ballari oʻquv yilida (choraklar davomida) olgan baholaridan kelib chiqqan holda qoʻyiladi.
Imtihon belgilangan kunda oʻtkazilishi, konvertlari imtihon kuni ochilishi hamda dalolatnoma, bayonnomalar imtihon jarayonida toʻldirib borilishi lozim.
Yakuniy imtihon materiallaridan nazariy savollarni chiqarilganligi sababli amaliy sinov mashqlari bittaga koʻpaytirildi.
Yakuniy imtihonning amaliy qismini topshirish uchun sinf ikki guruhga (oʻgʻil va qiz bolalarga) boʻlinadi. Har bir guruhdan bittadan oʻquvchi konvertlardan birini tortadi. Shu tortilgan konvertdagi biletda berilgan 5 ta sinov mashqlari boʻyicha oʻz guruh aʼzolari bilan koʻrsatilgan tartibda birin-ketin topshiradi. Qolgan konvertlar ochilmaydi.
Oʻquvchining har bir bajargan amaliy mashgʻulotidan “5” ballik tizim asosida baholanadi. Oʻquvchilarning olgan ballari umumlashtirilib oʻrtacha baho chiqariladi.
Masalan: 5+4+4+3+5=21:5=4,2 yaxlitlangan holda 4 baho qoʻyiladi. Yakuniy imtihonning amaliy qismida tibbiy xodim boʻlishi shart.
Amaliy imtihon sinovlarni qabul qilish metodikasi:
60metrgayugurish.60 metr masofaga yugurish yoʻlakchasi tekkis va qoplamali boʻlishi kerak. Start, marra va yoʻlakcha chiziqlari aniq chizilgan hamda masofa toʻgʻri oʻlchangan boʻlishi lozim. Yugurish past startdan amalga oshiriladi. Natija 0,1 soniyagacha aniqlanadi.