Ma’lumki, Respublikamizda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish borasida muayyan ishlar tizimli tartibda amalga oshirilmoqda



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/15
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#43245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
mustaqil ish

KIRISH


Ma’lumki, Respublikamizda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish borasida muayyan ishlar tizimli tartibda amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida chorvachilikni rivojlantirish borasida 2006 yil 23 martda qabul qilingan PQ-308-sonli va 2008 yil 28 apreldagi PQ-842–sonli qarorlari va 2006-2011 yillarda chorvachilikni rivojlantirishga mo‘ljallangan davlat dasturlarining qabul qilinishi chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik soxalarini rivojlanishini ta’minladi. Jumladan, chorvachilik sohasi aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini ta’minlovchi asosiy tarmoq bo‘lib, respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yalpi ulushining 42,2 foizi tashkil etadi. Jumladan, keyingi uch yil mobaynida qoramollar bosh sonining ko‘payishi barcha viloyatlarda o‘rtacha 113 foizga to‘g‘ri kelgan, yoki Respublika bo‘yicha ularning o‘rtacha soni 2009 yilda 8 mln 510,8 ming boshdan 2011 yilda 9 mln 642,5 ming boshga etkazilgan. Alohida ta’kidlash joizki, Respublika chorvachiligi asosan axolining shaxsiy va dexqon xo‘jaliklarida shakllangan va ular xisobidan jadal ko‘paymoqda. Bugungi kunda Prezidentimizning 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori bilan chorvachilik sohasiga berilgan imtiyozlar muddati 2014 yil 1 yanvarigacha uzaytirildi. 20092011 yillar mobaynida sut ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha o‘rtacha 117,5 foizga oshdi. Agar 2009 yilda 5 mln 760,7 ming tonna sut ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 6 mln 766,2 ming tonnaga etdi. Go‘sht ishlab chiqarish jadalligi 2009-2011 yillar mobaynida 114% ni tashkil etdi. 2009 yili 1 mln 367,8 ming tonna go‘sht ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2011 yili 1 mln 564,2 ming tonnani tashkil etgan.

Hammamizga ma’lumki, chorvachilikning rivoji va chorvachilik maxsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirishdagi muammolar ozuqa bazasini mustaxkamlash va mollarni talab darajasidagi to‘yimli ozuqalar bilan taminlashga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi PQ-842-sonli qaroriga asosan chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida ozuqa ekinlar maydonini oshirish, ozuqa ekinlar urug‘chiligini tashkil etish, kuchli ozuqalar etkazib berish tizimini belgilab berdi. Qarorga asosan har bir tumanda omuxta em, shrot va sheluxa sotish birlashmalari va ularning ko‘plab shaxobchalari tashkil etilgan bo‘lib, bundan asosiy maqsad shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga kuchli ozuqalarni etkazish tizimini soddalashtirish, iste’molchilarga tenglik asosida kuchli ozuqalarni etkazib berish ko‘zda tutilgan. CHorvachilikda ozuqa bazasini mustaxkamlash, mavjud ozuqa maydonlaridan samarali foydalanishni, amaldagi qonunchilikka asosan xar bir shartli mol hisobiga viloyatlarnig tuproq-iqlim sharoitidan, er unumdorligidan kelib chiqqan holda chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga 0,30-0,45 gektardan sug‘oriladigan er maydonlarini ajratishni talab etadi.

Xalqimiz parrandachilikni “etti xazinaning biri” deb bejiz aytishmagan.

CHunki biroz diqqat – e’tibor, ishtiyoq, mehr bilan parrandani parvarishlashga kirishsangiz, ko‘p fursat o‘tmay tuxum va parranda go‘shtidek tansiq taomlar xom ashyosiga ega bo‘lasiz. Parrandaning keng tarqalishiga sabab yil davomida uning ko‘p miqdorda tuxum berishi va go‘shtga tez fursatda etilishidir. Jahon chorvachilik sohasining rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, chorvachilikda go‘sht ishlab chiqarish bo‘yicha boshqa hayvonlar turiga qaraganda parranda go‘shtini ishlab chiqarish jadallik bilan rivojlanmoqda. Broyler jo‘jalarining jadal o‘sishi va sarflangan ozuqalarga nisbatan yuqori sifatli arzon go‘sht etishtirish, qisqa vaqt ichida qilingan xarajatlarning qoplanishi hamda aholining parhez parranda go‘shtiga bo‘lgan talabining oshishi sababli parrandachilikka qiziqish tobora ortib bormoqda.

Tuxum yo‘nalishidagi parrandalarning hozirgi kunda zamonaviy krosslaridan

Lomann (Germaniya), Xayseks, Bovans (Gollandiya), Xay-Layn (AQSH) va Rodonit-3 (Rossiya) zotlari ma’lum. O‘zbekistonga 1992 yilda Germaniyaning parranda zotlari keltirilgan bo‘lib, hozirgi kunda Respublika bozorlarining 70 foizini tashkil etadi. Lomann Braun (jigarrang), Lomann LSL Oq (oq rang) va Lomann Sendi (och kulrang) krosslari Samarqand viloyatidagi “Agalik – Lomann parranda” QK va Toshkent viloyatidagi “Lomann – Ishonch – Nadejda” QK larida etishtirilmoqda. Bu krosslar yosh parrandalarining saqlanishi (soxrannost) 99-99,5 foizni, ona tovuqlar saqlanishi 94-95 foizni, mahsuldorligi 95 foizgacha boradi. Tovuqlar uy sharoitida bir yilda 270 donagacha, sanoat parrandachiligida 330 donagacha tuxum berishi mumkin.

Parrandachilikda parrandaning zoti, yoshi, vazni, mahsuldorligini inobatga olinib to‘yimli ozuqalar bilan boqish katta ahamiyatga ega. Buning uchun ozuqa tarkibiga vitaminli – mineral premikslari, aminokislotalar, fermentlar, probiotiklar va boshqalar ozuqa qo‘shimchalari talab etilgan me’yorlarda qo‘shiladi. Parranda yuqumli kasalliklarini oldini olish maqsadida vaksina va antibiotiklar qo‘llaniladi. O‘zbekiston sharoitida xavfli xisoblangan yuqumli kasalliklardan Psevdochuma (Nyukasl kasalligi), Infeksion bronxit, Infeksion laringotraxeit, Marek va Gamboro kasalliklari, CHechak (ospa), Mikoplazmoz va Salmonellyozlarga qarshi profilaktik ishlar doimiy ravishda olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 15 fevral kuni o‘tkazilgan №03-35-20-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Respublikada 2010 yilda parrandalar bosh soni va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi”ning 2.3-bandiga ko‘ra, ozuqabop ekin maydonlariga donli ozuqa ekinlarini joylashtirish va ekishni tashkil qilish topshirig‘i berilgan. O‘zbekiston Qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazining “O‘zbekiston makkajo‘xori ilmiy-tekshirish stansiyasi” tomonidan makkajo‘xorining hosildorligi yuqori bo‘lgan va doni tarkibida yuqori miqdorda lizin aminokislotasi bo‘lgan “O‘zbekiston 420 VL” gibridi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu gibrid 110-115 kunda etiladi va gektariga 75-80 sentnerdan hosil beradi. O‘zbekiston chorvachilik ilmiytadqiqot institutida ona tovuqlarni yuqori lizinli makkajo‘xori va oddiy makkajo‘jori doni berib boqish tajribasi o‘tkazilib, oddiy makkajo‘xori doni bilan boqilganlariga nisbatan yuqori lizinli makkajo‘xori bilan boqilgan tovuqlarning tuxumdorligi 10-12 foizga ortib, em xarajatlari esa 9-11 foizga kamaygan.

YUqorida keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda mamlakatimizda chorvachilikning turli xil tarkmoqlarini to‘yimli ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari bilan ta’minlash muammosi haligacha saqlanib qolmoqda.

Ushbu muammoni hal etish uchun noananaviy ozuqa manbalarini izlab topish va ulardan foydalanishni amaliyotga keng joriy etish zamonaviy biotexnologiya fanining dolzarb vazifalaridan biridir.

Bu borada olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilgan holda mikrosuvo‘tlaridan keng ko‘lamda foydalanish maqsadga muvoiq ekanligi ko‘rinadi. Jumladan, mikrosuvo‘tlarining kimyoviy tarkibi, jumladan, oqsil miqdori, makro-mikroelementlarga boyligi hamda etishtirish texnologiyasining soddaligi hamda iqtisodiy jihatdan afzalligi ularga nisbatan strategik ahamiyatga ega ob’ekt sifatida qarash lozimligini ko‘rsatadi.

SHu boisdan magistrlik dissertatsiya ishimda mikrosuvo‘tlari asosida ozuqa qo‘shimchalari tayyorlashning ba’zi bir jabhalariga to‘xtalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb topdim.

Ishdan maqsad: mikrosuvo‘tlarining parrandalar ozuqasiga qo‘shimcha sifatida qo‘shish maqsadida ba’zi bir kimyoviy xususiyatlarini tahlil etish, jumladan yog‘ kislotlari miqdorini aniqlash hamda mikrosuvo‘tlarining parranda hamda pilla qurtlariga ozuqaviylik jihatidan imkoniyatlarini ko‘rsatib berishdan iboratdir.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin