Kimyoviy tarkibi. Spirulina mikrosuvo‘ti kimyoviy tarkibini dunyodagi yagona mo‘jizaviy tarkib deb atasak ham adashmagan bo‘lamiz. Tabiat bu organizmni shunday rivojlantirib keldiki, oldindan insoniyat oldida oziq-ovqat, oziq-ovqat mahsulotlari kaloriyasini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirish, ularni tabiiy mahsulotlar asosida ishlab chiqarish, va sog‘liqni qanday qilib tabiiy holda ekologik ifloslanish davrida saqlash muammolari paydo bo‘lishini bilganday. Aynan shu mikrosuvo‘ti tana tuzilishini ohirgi 100 lab mln. yillar oralig‘ida o‘zgartirmagan. Uning hujayra qobig‘i ham juda yumshoq bo‘lib, tirik organizm organizmiga barcha uning tarkibidagi elemetlari singadi. Spirulina tarkibidagi oqsil miqdori yuqorida aytilganidek 71% gacha, uglevodlar esa 10-20 % ni tashkil etadi.
Spirulina tarkibida kalsiy sutga nisbatan 300 barobarga ko‘p, temir shpinatga nisbatan 2300 barobarga ko‘proq, beta-karotin esa sabziga nisbatan 3900 barobarga ga ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Bazi bir manbalarda 1 gm Spirulina ni 3 kg ko‘katlar tarkibiga to‘g‘ri keladi deb aytiladi. SHuningdek Spirulina biomassasi inson organizmiga kerakli bo‘lgan barcha moddalar bilan to‘yingan. Uning alohida ko‘rsatkichlaridan biri shundaki Spirulina tarkibida hech qaysi bir tabiiy holatdagi bo‘lgan mahsulotlar tarkibida uchramaydigan bioprotektor (insonni elektr magnit to‘lqinlaridan saqlaydi va inson tanasini shunday yig‘ilgan to‘lqinlardan tozalaydi), biokorrektor (inson tanasini biopatogen va geopatogen to‘lqinlardan tozalaydi) va biostimulyatorlar (inson imuno sistemasini oshiradi va organizmda kasallangan yoki bo‘lmasa ishdan chiqayotgan inson organlarida moddalar almashinuvini maromiga keltiradi) moddalar mavjud.
Bu moddalar inson organizmining har hil burchaklarida yuzaga kelayotgan tibbiyot texnikalari kasallik qo‘zg‘atmaguncha diagnostika qilolmaydigan nosozliklarni oldindan bartaraf qilishga yordam beradi. Bu mikrosuvo‘ti tarkibida xolesterol moddasi ham juda kam (32.5 mg/100 mg tuxumga solishtirsak tuxumda bu modda 300 mg tashkil etadi). Bu esa o‘z navbatida inson organizmida xolesterin miqdorining kamayishiga olib keladi. SHuningdek, butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) bergan ma’lumotga ko‘ra Spirulina 70% kasalliklarga qarshi himoya vositasiligi ta’kidlab o‘tilgan. Spirulina mikrosuvo‘ti tarkibida ham barcha almashinmaydigan aminokislotalar mavjud. Bu aminokislotalar tarkibi boshqa mikrosuvo‘tlari tarkibidan juda ajralib turadi (6-jadval).