1.1. MIKROSUVO‘TLARI TAVSIFI
Mikrosuvo‘tlari - o‘z nomi bilan atalganidek bir va ko‘p hujayrali mikroskopik holatga ega bo‘lib, bu tirik organizmlarni insonning ko‘zi bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Bu organizmlar faqatgina mikroskop yordami bilangina ko‘riladi. SHunday bo‘lsada aynan shu tirik organizmlar chuqur tarixga (yani 3,5 mlrd yil) ega bo‘lib, aynan shu organizm er kurrasida birinchi bo‘lib havo tarkibidagi SO2 fotosintez jarayoni orqali O2 (kislorod) aylantirib tirik mavjudotlar yashashiga
sharoit yaratib berdi.
Aynan shu organizmlar fotosintez jarayonini o‘zlashtirib insoniyat va barcha tirik mavjudotlar boshlagan tarixiy va albatta kelajakomus qadamlarini boshlashlariga asos bo‘ldi. Bu yillar davomida bu mitti organizmlar er iqlimining barcha injiqliklarini ko‘rib va kuzatibgina qolmay, shu holatlarga moslashib bordi. Bu esa katta tarixiy vaqt davomida bu organizmlarni har sharoitga moslanuvchan qilib moslashtirib keldi.
Hozirgi kelib mikrosuvo‘tlari Er sayyorasining eng sovuq mintaqasi
Antarktidaning muzliklaridan tortib (1-rasm), endigina oqib chiqqan lava bo‘ylari
(2-rasm), hattoki havoning namlik yuqori bo‘lgan qatlamlarida ham uchrashi qayd etilgan.
1-rasm. Antarktida suvlarida mikrosuvo‘tlarining rivojlanishi
2-rasm. Yellowstone parki yonidagi Vulqon yonidagi Grand Prismatic Spring ko‘lida mikrosuvo‘tlarining yuqoridan ko‘rinishi (suv harorati 710S)
Mikro suv o‘tlarining ozuqasi asosan suvda erigan mineral tuzlar hisoblanadi.
Bu organizmlar ham o‘z navbatida 2 ta katta oilaga bo‘linadi. Bular prokariotlar va o‘simliklar (1-jadval).
1-jadval
Mikrosuvo‘tlarining sinflanishi
Dostları ilə paylaş: |