Hujjat – rasmiy uslubda yozilgan, imzolangan, kelishuv va rozilik belgilari olingan, davlat standart talablariga javob beradigan qog‘ozlardir. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga javob berishi kerak.
Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi,
mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy
sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida
turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z
birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi.
MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI XIZMAT YOZISHMALARI. XATLAR.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ko‘p ishlatiladi. Ma’lumot- axborot hujjatlari qarorlarni qabul qilishga undaydigan ma’lumotlarni yetkazadi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar boshqaruv tizimida quyidan yuqoriga: xodimdan bo‘lim rahbariga, bo‘lim rahbaridan muassasa rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab harakatlanadi.
bo‘lim rahbariga
xodimdan muassasa rahbariga
Ma’lumot-axborot hujjatlari Информационно-справочные документы