Darsning maqsadi: a)ta’limiy maqsad:o’quvchilarga algoritmni tasvirlash usullari haqida bilim berish
b)tarbiyaviy maqsad:o’zini va o’zgalarni hurmat qilishni o’rgatsih
c)rivolantiruvchi maqsad:o’quvchilarning o’gzaki va yozma nutqini , mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish
Vazifalar: O’quvchilarni fanga qiziqishini uyg’otish,ularning mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish ;
O’quv jarayonining mazmuni
Algoritmni tasvirlash haqidagi bilimlarini umumlashtirib , ularning bir-biridan farqini ajratish.
O’quv jaroyonini amalga oshirish texnologiyasi
Dars turi:takrorlash,mustahkamlash
Dars usuli: amaliyotdan nazariyaga qarab borish
Dars shakli:yakka va guruhlarda ishlash
Metodlar:testni yakka tartibda ishlash, “ erkin algoritm tuzish ”, “toifalash jadvali”,
Nazorat turi:og’zaki va yozma
Baholash:rag’bat kartochkalari asosida
Kutiladigan natijalar
O’qituvchi:mavzuning qisqa vaqt ichida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchi faolligini oshiradi.O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otadi.Dars davomida barcha o’quvchilar baholanadi.
O’quvchi:yangi bilimlarni egallaydi.Guruh bo’lib ishlashni o’rganadi.Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.