O‘quvchi yozma nutqini shakllantirishn O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 83,23 Kb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü83,23 Kb.
#204827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘quvchi yozma nutqini shakllantirishn-fayllar.org


O‘quvchi yozma nutqini shakllantirishn

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH FAKULTETI


“Ro‘yxatga olindi”
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan
muovini ________D.Rustamov
2020- yil “____” - yanvar
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetining 301-guruh talabasi Turdixo’jayeva Muattarxonning “O‘quvchi yozma nutqini shakllantirishning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusida yozilgan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
_________ T. Yusupova
“O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish
metodikasi” kafedrasi dotsenti
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“O‘zbek tili va adabiyotini
o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri
F.f.n. ________ M.Abdullayeva
2020- yil “__” - yanvar
TOSHKENT – 2020


Mundarija:

Kirish.

I BOB. Ona tili ta’limida samaradorlikka erishishning zamonaviy usullari.

1.1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida interfaol usullardan foydalanish

1.2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati

II BOB. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida AKTdan foydalanish

2.1. Multimedia vositalaridan dars jarayonida foydalanish



2.2. Kompyuter vositalaridan foydalanish nima samarali usullari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etib kelinmoqdaki, ta’lim jarayonini isloh qilishda jahon ahdozalariga mos keladigan uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, ta’lim samaradorligini yuqori bosqichlarga ko‘tarish masalalarining ijobiy hal etilishiga erishish dolzarb pedagogik vazifalar sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Shu sababli ta’limiy islohotlarning muhim yo‘nalishi o‘qitish ishlarini tashkil etadigan va barkamol shaxs tarbiyasi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan muassasalar faoliyatiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni samarali tashkil etishdan iborat etib belgilandi. Mazkur g‘oya O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham o‘z aksini topdi. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog‘langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Barkamol insonni tarbiyalash uchun esa ta’lim muassasalarida qolipga solingan emas, balki zamon talablari darajasidan kelib chiqib talabaning mustaqil faol va ongli mehnatiga asoslangan, uning ijodiy faoliyatini rag‘batlantiradigan, tafakkurini rivojlantiradigan, vaqtini tejaydigan, bilim o‘rganishini Yengillashtiradigan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga ularni tadbiq etish orqali darslarni tashkillashtirish lozim.
Ayniqsa, Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida qo‘yidagi fikrlarni keltirgan edi - “Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so‘z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga etaklaydi. SHu sababli, ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun, barcha sharoitlarni yaratish lozim”1.
Ushbu fikrlar ijrosi yuzasidan mamlakatimiz ta’lim tizimida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni, ilg‘or innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’limni tashkil etish: 1) o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish; 2) o‘quvchilarning mustaqil o‘qib-o‘rganishlari; 3) o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish; 4) ularda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga ijodiy yondashuvni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoitni yaratishga yordam beradi. Buning ta’sirida, yana shuningdek, o‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, mustaqil, erkin fikrlash qobiliyati rivojlanadiki, mazkur holat ta’lim sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Bu borada umumta’lim maktablarda o‘qitiladigan “O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy georafiyasi” kursi o‘zining qator imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. SHu bois o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda ilg‘or innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim metodlaridan samarali, maqsadga muvofiq foydalana olishi, ularning ko‘nikmalarga egaliklari har bir o‘quv mashg‘ulotining o‘ziga xos, qiziqarli va samarali bo‘lishiga olib keladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini belgilab beruvchi muhim me’yoriy hujjatlarda alohida qayd etilganidek, ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ijtimoiy maqsad – komil inson va malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishishni kafolatlaydi. Pedagogik texnologiya nazariyasining muhim jihati – har bir pedagogning o‘z imkoniyati darajasida, turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning muhim xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning o‘quv faolliklarini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalana olishi hisoblanadi.
Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan kelib, bugungi kun ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar mazmunini anglagan holda ushbu mavzu o‘z dolzarbligi bilan alohida o‘rin tutadi.
Ona tili o’qitish maxsus metodikasi nazariy asoslarini shakllanishi umumiy va xususiy pedagogika, umumiy va xususiy psixologiya, lingvistika fanlarining malumotlarini qo’llash, qayta ishlash, tiklash jarayoni sifatida. Ona tili maxsus uslubiyati fanining nazariy asoslari. Uni maxsus fan sifatidagi metodik usullari, printsiplari, ona tili maxsus metodikasi o’rganishga differentsial yondashuvining muhimligi. Dastur bo’limlari va kurs boyicha adabiyotlar tahlili. Tilga o’qitishning zamonaviy tizimini tasniflash. Kar o’quvchilarini tilga o’qitishning tarixiy tizimi haqida qisqacha suhbat mimik, yozma va sof og’zaki metodlar. Mustaqillik davrida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida tilga o’qitish tizimini qayta qurish, nutqiy muloqot printsipi boyicha tilga o’qitish tizimi, nutqiy muhit yaratish. Tilga o’qitish tizimidagi nutq formalari. Daktil nutqi: uni muloqot quroli sifatida nutqni shakllantirishdagi roli. Tilga o’qitish boshlang’ich bosqichini vazifalari. Tayyorlov bosqichini xususiyatlari. Tilga o’qitishni tashkil etish boyicha ish formalari. Daktil nutqiga o’rgatish. Daktil nutqi so’zlashuv nutqining bir formasi sifatida. Talimning turli bosqichlarida daktil nutqini yozma va og’zaki nutq formalari bilan aloqasi. Daktil nutqini shakllantirish boyicha dastur talablari.
Og’zaki nutqga o’rgatish. Og’zaki nutq atrofdagilar bilan muloqot quroli sifatida. Og’zaki nutqga o’rgatishning ikki yo’nalishi: labdan o’qish malakalarini shakllantirishning metodik usullari. Talaffuz malakalarini shakllantirish yo’llari.
Mashg’ulotlar mazmuni. Daktil nutqini qo’llash jarayonida og’zaki nutqni egallashning o’ziga xos yo’llari. Og’zaki nutqni shakllantirishda analitik-sintetik usul. Og’zaki nutq darslaridagi ish turlari.
Savodga o’rgatish. Savodga o’rgatish maqsadi. Savodga o’rgatishning psixologik asoslari. Savodga o’rgatish usullari. Daktil nutqini boshlang’ich nutq formasi sifatida qo’llash sharoitida savodga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari. Talaffuzga, o’qishga va yozishga o’qitishning o’zaro bog’liqligi. Savodga o’rgatish darslarida ko’rgazmali va didaktik materiallarning roli va ahamiyati. O’qish malakasini shakllantirish. Alifbe bilan ishlash. Yozishga o’rgatish. Yozuvga o’rgatish metodikalarini tasnifi. Unga qoyilgan pedagogik talablar. Savodga o’rgatish bil
an aloqadorlikda yozma ish turlari: ko’chirish, ko’ruv diktanti. Savodga o’rgatish darslarini tashkil etish va o’tkazish.
I-IV sinflarda tilga o’qitish mazmuni. Tilga o’qitishni bosqichi, vazifasi, maqsadi
Nutqni rivojlantirish:
a) so’zlashuv nutqini shakllantirish. So’zlashuv nutqining funktsiyalari. So’zlashuv nutqini shakllantirish boyicha dastur talablari tasnifi. So’zlashuv nutqini shakllantirishning asosiy yo’llari. Predmetli amaliy talim darslarida so’zlashuv nutqini rivojlantirish (dialog va suhbat o’tkazish). Tabiat predmetlari va hodisalari haqida, jamiyat hayoti, bolalar faoliyati haqida dialog va suhbat o’tkazish. Yopiq kartinkalar bilan ishlash. So’zlashuv nutqini shakllantirish – barcha o’quv mashg’ulotlarni asosiy elementi. b) bog’langan nutqni rivojlantirish. Og’zaki va yozma bog’langan nutqni shakllantirish. Og’zaki va yozma bog’langan nutqni o’zaro aloqasi, bog’langan nutqni rivojlantirish boyicha dastur talablari. Predmetli amaliy talim darslarida bog’langan nutqni shakllantirish boyicha ish turlari. Hodisa va predmetlarni tasvirlovchi hikoyalarni tuzishga o’rgatish usullari, rasmlar, kinofilmlar, diafilmlar boyicha gapirishga o’rgatish. Hikoya ustida ishlashda og’zaki, yozma, daktil nutq formalarini o’zaro aloqasi. So’z va gaplar, so’z birikmalari ustida ishlash, bog’langan nutq boyicha ishlashning asosiy shartidir. Lug’at ishining asosiy vazifalari unga qoyiladigan dastur talablari.
O’qish va nutqni rivojlantirish. Tushunib o’qishning mazmuni va vazifasi. O’qishga o’rgatish boyicha dastur talablari. O’qishga o’rgatishga analitik-sintetik yondashuv. Predmetli amaliy talim darslari va o’qish darslari o’qish malakasini shakllantirishda o’zaro aloqadorlik va ketma-ketlik. To’g’ri, tez, ifodali o’qishga o’rgatish usullari. O’qish bilan birgalikda og’zaki yozma nutqni rivojlantirish. Individual va frontal sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish, kitob tavsiya etish usullari. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etishda o’qituvchi va tarbiyachi roli. 5-7 sinflarda tilga o’qitish. Bu bosqichdagi ish turlari, mazmuni, maqsadi Faoliyat turlari va muloqot doirasi kengayishi va murakkablashuvi. Nutqni rivojlantirish. Bog’langan va so’zlashuv nutqni rivojlantirishga qoyilgan dastur talablari. Dialog va suhbatlar o’tkazish uchun sharoitlarni o’zgartirish. Yozma va og’zaki bog’langan nutqni rivojlantirish boyicha ish turlari. Bayon turlari, bayon uchun material tanlash, bayon yozishga tayyorgarlik ko’rish. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktabida bayon yozishga o’rgatishning o’ziga xos usullari. Insho turlari. Rasm, rasmlar seriyasi boyicha insho yozish. Kuzatuvlar asosida insho yozish. Ijodiy tasavvurlari asosida insho yozish. Muloqot quroli sifatida mustaqil yozma ishni shakllantirish. Qilgan yoki tomosha qilingan tasavurlar boyicha hisobot, taqriz tuzishga o’rgatish. Yozuvlarni takomillashtirish, devoriy gazetaga maqola yozishga o’rgatish. Hujjat qog’ozlarni tuzishga: biografiya, ariza, xatlar, tushuntirish xatlarini yozishga o’rgatish. O’qish va nutqni rivojlantirish. Kichik va o’rta sinflarda o’qishga o’rgatish vazifalari, ketma-ketligi va murakkablashuvi. O’qishga o’rgatish mazmuni va dastur talablari. Bu bosqichda o’qish uchun beriladigan materialini xarakterini o’zgarishi. Qoyilganni tushunishga erishish boyicha ish olib borish. Qadimiy asar-idrok etishga tayyorgarlik. Matnlar tanlash usullari, savol-javoblar xarakterini murakkablashuvi. Qayta o’qish maqsadi va to’g’ri. Sodda o’qishga tayyorgarlik ko’rish. Reja tuzish yo’llari. O’qish darslarida o’quvchilar - nutqiy faoliyatini faollashuvi. O’qishga o’rgatish bilan bog’liq nutqni rivojlantirish boyicha ish turlari. Grammatika, yuqori sinflarda grammatikani o’rgatish maqsadi. Dastur mazmuni va tarkibi. Talim printsip va metodlari. 8 sinfda grammatikani o’rgatish usullari. Grammatik mavzu ustida ishlash. Grammatik qoida, tushunchalar ustida ishlash. Grammatika darslarida amaliyot va nazariyani o’zaro aloqasi. Grammatika kursini turli bo’limlari: fonetika, morfologiya, sintaksis boyicha ishlash metodikasi. Orfografiya va punktuatsiyaga o’rgatish. Gra
mmatika darslarida nutqni muloqot quroli sifatida shakllantirish.
Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. SHaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob’ektlari va metodlari. Ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O’tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari. Ilg’or pedagogik qarashlar. Jahon ta’lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta’lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta’lim prinsplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta’lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari. Ta’limni boshqarish shakllari. O’quv-me’yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o’ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari.
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta’minlashni bilish, mashg‘ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta’minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.



Yüklə 83,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin