O‘qituvchining ish faoliyatida AKTni ahamiyati – o‘qituvchining AKTdan dars jarayoniga tayyorlanishida, internet imkoniyatidan foydalanib zarur ma’lumotlarni olishida, turli anjumanlarga tayyorlanishida u katta imkoniyat beradi. Bu o‘qituvchini darsga tayyorlanishi uchun ijodiy yondoshishga turtki bo‘ladi. O‘quv jarayonini ko‘rgazmali qilib tashkil etish bilan o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqishini oshirishga erishadi. Bu pirovard natijada, o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakani puxta o‘zlashtirishiga sabab bo‘ladi4.
Darsni ko‘rgazmali asosda, ya’ni taqdimot slaydlari yordamida, o‘tishi uchun o‘qituvchi darsni tashkil etish usulini mukammal bilishi bilan birga kompyuterda mavjud bo‘lgan amaliy dasturlarni o‘z ish faoliyatiga qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi shart. Masalan, taqdimot slaydlar yaratish uchun Microsoft Office Word bilan birga Power Point dasturini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to‘g‘risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o‘ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishiga yangicha yondashish, o‘qituvchilarni o‘z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o‘ta ma’suliyatli munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.
2.2. Kompyuter vositalaridan foydalanish nima samarali usullari Mamlakatimizning birinchi prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek: «Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi»5 Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma’lum ma’noda shu islohatlarning natijasiga bog‘liq edi. «Chunki ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo‘lmaydi»6 degan yurtboshimizning fikrlaridan ta’lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o‘qituvchi-murabbiylarga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
O‘quv-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tеxnologiyalari, elеktron darsliklar, vеrsiyalar va multimеdialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o‘quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyutеr savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Birinchi Prеzidеntimiz I.Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirishdin mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi nutqida: «Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob bеradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz»,3 - dеgan edi. Bunday ulug‘ maqsadni amalga oshirish sohasidagi vazifalar «Barkamol avlod yili» Davlat dasturuda ham bеlgilab bеrildi. Prеzidеntimiz tomonidan kеlajak avlod tarbiyasiga bеrilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pеdagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi olgiga qo‘yilgan muhum vazifalardir.
Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko‘rsatiladiю Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko‘rsatiladi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uni pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘l va usullarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham ona tili o‘qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlashda, pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash bugungi ta’limning oldiga qo‘yilgan talablardan biridir7.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o’qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keldi. Masofaviy ta’lim ma’lumot olishning shunday shaklidirki, unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma’lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal, an'anaviy va innovatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi. Masofaviy ta’limning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: O‘qituvchi – o‘quvchi - kommunikatsiya. Masofaviy ta’lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta'lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta'lim jarayoni tashkil etiladi. Masofaviy ta’limda ma’lum maqsad asosida ta’lim subyekti va obyektining ta'lim vositalari yordamidagi o‘zaro ta’siri amalga oshadi. Ma'lumot jarayoni o‘ziga xos pedagogik tizim elementlarini o‘z ichiga oladi. Bular: ta'lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalari, ta’limning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, o‘quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar, marketing kabilar. Masofaviy ta’lim tizimi insonparvarlik prinspiga asoslanadi. Ya’ni hech kim kambag'allik, geografik muammolar, ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo'lmasligi lozim. Masofaviy o'qitishda o‘qituvchi o‘quvchiga o‘quv materialini "Internet" tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo‘yicha ta’lim olishni istagan o‘quvchilar veb-saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o‘qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo‘natadilar. O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javobni yana elektron pochta orqali o‘quvchiga yuboradi. Zarur bo‘lsa, kerakli ko‘rsatmalar beradi. O‘quv jarayonida o‘quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan, videokonfrensiyalardan foydalanadi. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o qishdir. Mustaqil o‘qish davrida o‘quvchidan mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi. Masofadan o‘qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: a) darslik; b) audio va vidiodarsliklar; d)veb-saytlar; e) elektron kutubxonalar; f) matnlar; g) elektron darsliklar. Albatta foydalanuvchi ixtiyorida masofadan ta'lim olishda multimediyali kompyuter, modem va telefon kabi vositalar mavjud bo'lishi kerak. XXI asrda masofaviy ta’lim eng istiqbolli insonparvar ta’lim va ta’limning integral shakli sifatida ta’lim tizimiga kirib kelmoqda. XXI asr ta’lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi bilan ham xarakterlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti talablari o‘z-o‘zidan ta’lim jarayonini dunyo standartlari darajasida takomillashtirishni taqozo etadi. Hozirgi kunda masofadan o‘qitish dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta’lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiyaning Oulu universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropoliten universitetida, Gollandiyaning Fontis universitetida, Janubiy Koreya respublikasida va boshqa rivojlangan mamlakatlarda masofaviy o‘qitish texnologiyasi keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda talabalarni o‘qitish va boshqa soha mutaxassislarining malakasini oshirish sohasida samarali qo‘llanilib kelinmoqda. O‘z-o‘zidan ma’lumki, dunyoga yuz tutayotgan O‘zbekiston uchun ham bu ta’lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun O‘zbekiston o‘quv yurtlarida ham ba’zi bir islohotlarni amalga oshirishni davr taqozo etmoqda. O‘qitishdagi axborot texnologiyalari - bu o‘qitish faoliyatida qo‘llaniladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir. Elektron vositalar tarkibiga apparatli, dasturli va axborotli komponentlar kiradi. Ularni qo‘llash ko‘rsatmalari o‘qitishdagi axborot texnologiyalarini metodik ta’minotida kiradi. Masofaviy ta’lim bu o‘qitishning insonparvar shakli bo‘lib, an’anaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. Bunda texnik vositalar o‘quv materialni mustaqil o‘zlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, masofaviy o‘qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta’limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o‘z navbatida masofaviy ta’lim tizimini tashkil etish to‘g‘risida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida kompyuter vositalaridan foydalanish” to‘g‘risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta’lim tizimi apparatli, dasturli va uslubiy vopsitalarning murakkab kompleksi bo‘lib, o‘z ichiga server va ishchi stansiyalar, shaxsiy kompyuterlar, kommunikatsiya vositalari, umumtizimli va tarmoqli dasturlar ta’minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv tizimlari, o‘rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo‘lgan audio va video texnikalarni oladi. Ta’lim metodi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati to‘g‘risida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriyadir. Masofadan o‘qitish har xil ta’lim metodlari orqali amalga oshiriladi va unda bir qancha usullar dan foydalaniladi. Har bir usul muayyan harakatlardan iborat bo'lib, o'qitishning har xil didaktik vositalar yordamida ma'lum bir maqsadga erishishga qaratiladi. Masofadan o'qitish metodlaridan foydalanganda quyidagi usullarni qo'llash mumkin: namoyish qilish, illyustratsiya, tushuntirish, hikoya, suhbat, mashq, masala yechish, materialni yodlash, yozma ish va takrorlash kabilar. Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o'quv mazmunini o'z ichiga olgan masofaviy o'qitish o'qituvchi va o'quvchi qo'lidagi o'quv vositalari o'quv mazmunini taqdim etish, o'quvchilarning o'rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini bajaradi. Ma'lum bir o'quv materiali bir qancha o'rgatish vositalari bilan berilishi mumkin. Vositalarning har biri o'z didaktik imkoniyatlariga ega. O'qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o'quv materialini har xil vositalariga ko'ra bo'lib chiqishi, didaktik vaifalarni amalga oshirishga qaratilgan o'quv axborotlarini tashuvci tizim sifatida o'quv materiallaridan o'quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o'qitish tizimi vositalari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
1. Darsliklar (an'anaviy darsliklar, elektron darsliklar, qo'llanmalar, lug'atlar va boshqalar).
2. Kompyuter tarmoqdagi o'quv-metodik qo'llanmalar.
3. Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o'qituv tizimlari.
4. Audio o'quv-axborotmateriallari.
5. Video o'quv-axborotmateriallari.
6. Masofaviy laborotoriya praktikumlari.
7. Masofaviy trenajyorlar.
8. Masofaviy axborot va bilimlar bazasi.
9. Masofaviy elektron kutubxonalar.
10. O'rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o'qitish vositalari.
11. Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o'qitish vositalari.
12. Virtual reallikka asoslangan o'qitish vositalari.
Masofadan o'qitish tizimida o'qitish vositalari yangi axborot texnologiyalari vositasida amalga oshiriladi.