O‘quvchi yozma nutqini shakllantirishn O‘zbekiston respublikasi


Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati



Yüklə 83,23 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü83,23 Kb.
#204827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘quvchi yozma nutqini shakllantirishn-fayllar.org

1.2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida «O‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish» bugungi kundagi asosiy masalalardan biri, deb ko‘rsatilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz». Shunday ekan, turli fanlar, jumladan, o‘zbek tili fanidan zamon talabiga javob beradigan darslar o‘tkazish, ularda axborot texnologiyalarini qo‘llash dolzarb vazifadir.
Taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida ijtimoiy rivojlanishning asosini an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatining turli sohalarida kompyuter texnologiyalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi
Inson tafakkuri shu Qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish, kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi.
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-mayda e’lon qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnolo-giyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonida umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va ulardan faol foydalanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini tadbiq etish axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning eng muhim va birinchi navbatdagi vazifalaridan deb ko‘rsatilgan.
Ta’lim sohasini texnikalashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda dars o‘tish uchun bundan bir necha yil avval, o‘qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish ommaviy tus olgan paytda asos solingan edi. Ushbu yo‘nalishda turli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, o‘qitishning audiovizual vositalari o‘rganilgan, o‘zbek tilidan dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan, test asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun maxsus qurilmalaridan foydalanish tavsiya etilgan, dasturiy boshqariladigan o‘quv mikro-EHMning tuzilishi va ishlash tamoyillari o‘rganilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ta’lim tizimida axborot texnologiyalari, kompyuter vositalaridan foydalanish muammosining o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda, ta’limiy-elektron materiallar tayyorlash borasida muayyan ishlar boshlab yuborilgan.
Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar va respublikamizda mavjud axborot texnologiyalarining mahsullarini tahlil qilishdan aniqlanishicha, xorijiy ta’lim tizimida, shuningdek, O‘zbekistondagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti, Andijon Davlat tillar instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti va ko‘plab akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida muayyan mashg‘ulotlar to‘la kompyuterlashtirilgan yoki ularda axborot texnologiyalaridan qisman foydalanilmoqda, fanlar bo‘yicha elektron darsliklar yaratilmoqda va bu yo‘nalishda ma’lum yutuqlarga erishilmoqda.
Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni kompyuter texnologiyalari vositasida tashkil etish, xususan, multimedia darslarini yaratish asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib qolmoqda.
Multimedia kompyuterning imkoniyatlar majmui bo‘lib, axborotni turli ko‘rinishlarda – matn, jadval, grafika, ovoz, animasiya (harakatlanuvchi rasm), videotasvir, musiqa yordamida yig‘ish, saqlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia «inson-kompyuter» interfaol muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Mutaxassislarning fikricha, multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida o‘quv materiallarini ta’lim oluvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Bunda quyidagi muhim natijalarga erishiladi:
- o‘quv-tarbiya jarayoni faollashtiriladi,
- ta’lim samaradorligi oshadi;
- axborotning turli shaklda berilishi o‘quvchilarning diqqatini tortadi,
- yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik ularda katta qiziqish uyg‘otadi,
- mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta’minlaydi;
- talaba dars davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi;
- mustaqil ta’lim olish imkoniyati, sohalari ko‘payadi; kompyuter savodxonligi oshib boradi;
- o‘qituvchi tomonidan bajariladigan ko‘pgina tashkiliy vazifalarni kompyuter amalga oshiradi;
- dars davomida bajarilishi mumkin bo‘lgan mashq, vazifalar soni keskin ortadi;
- o‘yinli texnologiyalar, rolli o‘yinlar o‘tkazish imkoniyati ortadi.
Shuningdek, o‘qituvchining o‘z kompyuteri orqali o‘quvchilar kompyuteri monitoriga kira olishi har bir o‘quvchi faoliyatini alohida kuzatish imkonini beradi, ya’ni kompyuter tabaqalashtirish imkonini beradi. Masalan, dars mavzusi yuzasidan bahs-munozara uyushtirishda o‘qituvchi o‘zi tanlagan o‘quvchilarning monitor raqamini bosadi va ularga topshiriq beradi, javoblarni mikrofon orqali eshitib boradi. Sinfdagi boshqa o‘quvchilar bu paytda o‘zlariga berilgan alohida topshiriq bilan band bo‘ladilar. Yana bir qulaylik — o‘qituvchi masofadan boshqaruv kalitlari yordamida o‘quvchilarning ish faoliyatini boshqarib boradi, u istalgan o‘quvchini o‘qitib eshitishi va uning nutqini yozib olib, o‘ziga eshittirishi yoki to‘g‘ri talaffuz bilan ham taqqoslashi mumkin. Bu o‘quvchiga o‘z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Bulardan tashqari, albatta, kompyuter o‘quvchilarning bilimlarini xolisona baholash, o‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rish va dars jarayonida vaqtini hamda ko‘rgazmali qurollar uchun sarflanadigan mablag‘ini tejash imkoniyatini beradi. Hozirgi paytda ommaviy tus olayotgan elektron pochta va videoanjumanlar yordamida esa o‘quvchilar boshqa viloyat, shahardagi tengdoshlari bilan o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishlari, biron mavzuda bahs-munozara o‘tkazishlari mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dasturlaridan o‘rin olgan mavzularning didaktik maqsadini amalga oshirishda kompyuterning imkoniyatlari beqiyosdir.


Yüklə 83,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin