Mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish, bolalarni ikkita (va undan ko‘proq) guruhga bo‘lish, har bir guruh uchun topshiriqlar tayyorlash,
yoshlarni o‘z ustilarida ishlashlarini ta’minlashga oid ijodiy faoliyat turlarini tashkil qilish.
Umumiy ta’lim maktab muassasalari o‘qituvchilari mazkur EATR ishlanmasiga ijodiy yondoshishlari maqsadga muvofiqdir.
Kompyuter savodxonligini oshirish tinglovchilarni “Klavish trenajori” EATR yordamida ishlashini amaliy mashg‘ulotda ko‘rib o‘tiladi:
O‘quv jarayoniga AKTni qo‘llashning ahamiyati- har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgani kabi AKTni ham o‘quv jarayoniga tadbiq etishda o‘ziga mos tomonlarini belgilab olish darkor. Har bir mavzuni zamonaviy kompyuter imkoniyatidan foydalanib o‘tish uchun avvalo, o‘quv jarayoniga kerakli elektron darslik, qo‘llanma, dars ishlanma, o‘quv film va ko‘rgazmali materiallar va h.o bo‘lishi lozim. Masalan, o‘quvchi elektron darslik va internetdan dars jarayonida emas balki kutubxonada olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashda foydalanishi maqsadga muvofiq. Dars jarayonida esa o‘tilayotgan mavzuga oid elektron dars ishlanmasidan, elektron o‘quv filmidan yoki videofilmdan, didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikni ko‘proq oshishiga olib keladi. Chunki, o‘quvchi ma’ruza shaklida mavzuni eshitishidan ko‘ra ko‘proq ko‘z bilan ko‘rib, ba’zi jarayonlarni bevosita kompyuterda bajarsa o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni tez qabul qilishi hamda uni amalga joriy etishi yengil kechadi. Bu jarayonda darsda muammo qo‘yish usulidan, uni yechimini topishda esa kichik guruhlarga bo‘linib masalani hal etish ya’ni, aqliy xujum, muloqot usuli, mantiqiy fikrlash kabi usullarni qo‘llash orqali o‘quv samaradorligini oshirishga erishish mumkin bo‘ladi.
Dars samaradorligini oshirish uchun har bir mavzuga oid elektron ko‘rgazmali qurollarning mavjud bo‘lishi o‘ta muhim omildir. Ko‘rgazmali qurol yordamida mavzularni yoritilsa dars maqsadiga erishish oson kechishi bilan birga vaqtdan ham ancha tejaladi. Natijada masala va mashqlarni ishlash uchun ko‘proq vaqt qoladi. Tayyorlangan ko‘rgazmali qurollardagi matn, turli rasm va shakllar takomillashgan DTSga, o‘quv dasturiga hamda darslikka mos bo‘lishi lozim.