Matnli, ovozli va grafik axborotlarni kodlash



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix03.06.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#60456
  1   2   3   4   5   6   7   8
Тат кодлаш



 
Matnli, ovozli va grafik axborotlarni kodlash. 
 
 
 
 
 



Abstract
Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa 
ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va 
raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik 
qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin. 
Axborotlarni kodlash haqida 
Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib turadi. 
Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida 
qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb 
ataladi 
Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va 
tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan 
ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum 
bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy 
tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq yoki 
musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash 
uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini 
diskret axborotlar deb ataladi. 
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan 
ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret 
axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning 
raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar 
analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar 
deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, 
raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli 
videokamerani misol qilish mumkin. 



Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida 
boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash 
insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni 
maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin