Matnli, ovozli va grafik axborotlarni kodlash


Qadimda axborotlarni kodlash



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix03.06.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#60456
1   2   3   4   5   6   7   8
Тат кодлаш

  
Qadimda axborotlarni kodlash 
Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan-ko'p usullari mavjud. Birinchi kodlashni 
qo'llagan inson qadimgi Gretsiya sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni maxfiy 
saqlash, ya'ni kodlash uchun ma'lum bir qalinlikdagi "Ssital" tayoqchasini o'ylab 
topgan. Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb ataladi. 
Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotni maxfiyligini saqlash uchun 
matnni kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar shifri"da matndagi harf alifboda o'zidan 
keyin kelgan uchinchi harfga alimashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan 
hisoblanadi. Bu kodlash usul alifboni surish usuli deyiladi. 
Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin. 
Axborotlarni kodlashning usullari 
Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 
1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda turli harf va 
raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan, ya'ni 
axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), 
"qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), "signalsiz" (bo'shliq, pauza bilan 



ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hozirgi kunda ham qo'llanib kelinmoqda. Morze 
kodlash usulini notekis (o'zgaruvchan) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar 
bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash 
usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar 
soni (hajmi) bir xil bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi. 
Mazkur usul yordamida "elektron" so'zini yozsak, u quyidagi ko'rinishga ega 
bo'ladi. 
Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda 
ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo'llanilishiga to'siqlik 
qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi - nuqta va tiredan iboratligi uni texnik 
vositalarda qo'llash imkonini beradi. Morze usuli notekis kodlash usuliga, quyidagi 
usullar tekis kodlash usuliga misol bo'ladi. 
Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli - bizga ma'lum bo'lgan alifbodagi 
harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat: 
Bu usuldan foydalansak, masalan, "Bugun havo lssiq" degan axborot quyidagi 
ko'rinishni oladi: 
02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16 



Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar bilan 
ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin. Alifbodagi harflar ketma-ketligini 
tartiblashning anchagina usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz: 
Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi yuqoridagi 
matn bu holda quyidagi ko'rinishni oladi: 
03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21 
Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta 
kodlash juda murakkab. 
Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan ko’rinishda 
ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir 
ko’rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo’lgan boshqa ko’rinishga 
o’tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. 
Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. 
Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning ko’rsatkichlari va 
boshqalar) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli formada tavsiflanishi kerak. 
Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, ma’lum chastotadagi 
tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, har bir o’lchash 
natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter dasturlari yordamida qabul 
qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin, masalan turli xil tovushlarni bir-biriga 
bog’lash. 
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga 
kirishda har bir harf ma’lum 
son bilan kodlanadi
, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran 
yoki printer) inson idrok etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi. 



Harflar to’plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash deyiladi. Qoidaga ko’ra 
kompyuterda barcha sonlar nol va bir yordamida ifodalanadi(insonlar qanchalik 
o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik sanoq sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, 
kompyuterlar bu qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun 
odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish va ularni 
o’qish uchun chiqarishda inson o’nlik formada amalga oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa 
ham, barcha zarur o’zgartirishlarni kompyuterdagi dasturlar bajaradi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin