Mavzu : 1945-yil-2018-yillarda Osiyo va Afrika mamlakatlari



Yüklə 39,14 Kb.
tarix19.10.2023
ölçüsü39,14 Kb.
#157642
5-kurs 1-ma\'ruza 2


Mavzu :1945-yil-2018-yillarda Osiyo va Afrika mamlakatlari
Reja :
1.Ikkinchi jahon urushlaridan keyin Osiyo davlatlari .
2.Hindiston va Hindixitoydagi ahvol
3.Qo’shilmaslik harakati.
4.Hindiston- Pokiston urushi.
5.Koreya urushi.
6.Arab –Isroil urushi
7. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining tashkil topiishi
1947-yilda Buyuk Britaniya Hindistonga mustaqillik berishga qaror qildi. Biroq inglizlar Hindistondan chiqib ketish oldidan uni diniy belgiga ko‘ra ikkiga — Hindiston va Pokistonga — bo‘lib yubordilar. Shu tariqa keyinchalik qator qurolli to‘qnashuvlarga olib kelgan Hindiston — Pokiston mojarosiga zamin yaratildi. Bu mojaroda SSSR Hindiston tarafini ola boshladi.
Tez orada Hindixitoyda ham qarama-qarshilik o ‘chog‘i vujudga keldi. Bunga SSSR va XXR ning yer yuzi mintaqa xalqlari milliy-ozodlik urushini qo‘llab-quvvatlashi hamda ularni o‘z ta’sir doiralarida saqlab turishga intilishlari sabab bo’ldi. Chunonchi, 1945-yil 2-sentabr kuni Vetnam Demokratik Respublikasi tuzilganligi e e’lon qilindi. Hokimiyat tepasiga kommunistlar kelishdi. Bu hol Fransiyani tashvishga solib qo‘ydi. U o‘z mustamlakachilik tartiblarini tiklash maqsadida Vetnamga qarshi urush harakatlarini boshladi. Laos va Kambojada mustamlaka tartibini tikladi. Hindixitoy xalqlari fransuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik urushi boshladilar. Bu urush 1954-yilda g‘alaba bilan yakunlandi. 1954-yilning aprel-iyul oylarida Jenevada Hindixitoyda tinchlik o’rnatishga tishga bag’ishlangan konferensiya bo’lib o’tdi. Fransiya Hindixitoy davlatlarining mustaqilligini tan oldi va o ‘z q o ‘shinlarini bu hududdan olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Ayni paytda Vetnam 2 davlatga (Shimolda Vetnam Demokratik Respublikasi, janubda — Vetnam Respublikasi) boiindi. Bu davrda AQSH yer sharining turli nuqtalarida o ‘z ta ’sir doirasini kuchaytirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilardi. Shu maqsadda u 1951-yilda ANZYUS (Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSH ishtirokida), 1954- yilda SEATO (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya,Pokiston, Tailand, Filippin ishtirokida), 1955-yilda SENTO (Eron,Turkiya, Pokiston va Iroq ishtirokida) harbiy-siyosiy bloklarini tuzdi. AQSH
kommunistlar hukmronligidagi yagona Vetnam davlati vujudga kelishiga aslo toqat qila olmas edi. Shu maqsadda Shimoliy Vetnamni jilovlab qo‘yishga bahona qidira boshladi. Tez orada bunday bahona topildi ham. 1964-yilning avgust oyida VDRning harbiy-dengiz kuchlari Tonkin qo’ltig’iga kirgan AQSH harbiy kemalariga hujum qildi. AQSH bu voqeani o ‘ziga qilingan agressiya, deb baholadi. AQSH samolyotlari VDR hududini bombardimon qilishni boshladi. 1965-yildan boshlab esa AQSH qurolli kuchlari VDRga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Biroq AQSH armiyasi Vetnam xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Urush harakatlari 8 yil davom etdi. AQSH Vetnam xalqining irodasini buka olmadi. Nihoyat, 1973-yilning yanvar oyida Parijda Vetnamda urushni to ‘xtatish va tinchlikni tiklash to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. AQSH Vetnamdan o ‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga majburbo‘ldi. U qo‘llab-quvvatlayotgan Janubiy Vetnam hukumati 1975-yilda quladi. 1976-yilning 2-iyulida Vetnam yagona davlatga birlashdi. Bu hodisa AQSHning Hindixitoydagi jiddiy mag‘lubiyati edi.
1961-yil 1—6-sentabr kunlari Belgrad shahrida Osiyo va Afrikaning 25 davlati Konferensiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferensiya tufayli ≪Qo‘shilmaslik harakati≫ deb atalgan harakat vujudga keldi. Xo‘sh, bu qanday harakat edi? Bu — turli tizimdagi davlatlarning tinch-totuv yashashi tarafdori bo’lgan , mustamlakachilikning batamom va abadiy barham topishi uchun kurashadigan, harbiy-siyosiy bloklarga qo ‘shiImaydigan, ula rni q o ra la y d ig an , yadro q u ro lin in g taqiqlanishi, dunyoda iqtisodiy tenglik uchun kurashadigan harakat edi.
Qo‘shilmaslik harakatining vujudga kelishida Hindiston, Yugoslaviya, Misr tashabbuskor boidi. Ularni buyuk davlatlar o ‘z o ‘rtalaridagi mojarolarga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarini ham tortishga zo‘r berib intilayotganligi qattiq tashvishlantirgan edi. Qo‘shilmaslik harakati qatnashchilari kuchayg an x a lq a ro k e sk in lik va q u ro lla n ish poygasi u ch u n AQSH va SSSRning birday mas’ul ekanligini ta ’kidladilar.
1971 -yilda Hindiston — Pokiston davlatlari o'rtasida yana urush boshlandi. Bunga Pokistonda boshlangan b o ‘linish jarayoni bahona b o ‘ldi. Pokiston G ‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linar edi. Ularni Hindiston hududi ajratib turardi. Sharqiy Pokistonda aholi ko‘p bo‘lsa-da, uni G ‘arbiy Pokiston vakili boshqarar edi. Bu hodisa keskin norozilik keltirib chiqardi. Sharqiy Pokiston keng muxtoriyat talab eta boshladi. Biroq hukumat bunga rozi bo‘lmadi. Natijada Sharqiy Pokistonda separatchilar harakati kuchaydi.
Hindiston separatchilarga yordam uchun o ‘z armiyasini yubordi. Buning oqibatida Sharqiy Pokiston ajralib chiqdi va u yerda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Bu urushda SSSR Hindistonni qo‘llab-quvvatladi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Koreyaning shimolini SSSR, janubini esa AQSH armiyasi ishg‘ol etdi. Germaniya boiinganidak, bu yerda ham bir davlat ikkiga bo’lindi va ikki hukumat tuzildi. 1949-yilda SSSR va AQSH Koreyadan o ‘z armiyalarini olib chiqib ketdilar. 1950-yilning 25-iyunida Shimoliy Koreya armiyasi chegarani buzib o ‘tdi va Janubiy Koreyaga hujum qildi. AQSH ushbu masalaning
BMT da muhokama etilishiga erishdi. BMT Shimoliy Koreyani agressor deb tan oldi va unga qarshi urush harakatlari boshlashga ruxsat etdi.A sosan AQSH qurolli kuchlaridan tashkil etilgan xalqaro kuchlar 15-sentabrda Koreya yarimoroliga tashlandi. Bu qurolli kuchlar Shimoliy Koreya armiyasi harakatini to‘xtatdi hamda Janubiy Koreya hududidan surib chiqardi. Oktabr oyi oxiriga kelib esa AQSH harbiy kuchlari Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrini egalladi. Shundan so‘ng Xitoy Xalq Respublikasi o‘z harbiy kuchlarini Shimoliy Koreyaga yordamga yubordi. SSSRning ham Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan b o iib qoldi.
Shundan so‘nggina AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini to‘xtatishga majbur bo’ldi. 1953-yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, har ikki koreys davlati chegarasi urushgacha b oigan holatida (38-parallel kenglikda) tiklandi. Shu tariqa Koreya yarimorolida urush to ‘xtadi. Biroq mamlakat ikkiga boiinganicha qoldi. Shimoliy Koreya SSSR bilan, Janubiy Koreya esa AQSH bilan yaqin munosabat o ‘rnatdi.
1973-yilning oktabr oyida navbatdagi arab-isroil urushi yuz berdi. Uni Isroilning Yaqin Sharq muammosini tinch yo‘I bilan hal etishni istamasligi, arablarning esa 1967- yilgi mag‘lubiyat uchun qasos olishga intilishlari keltirib chiqardi. Urush Misr armiyasining Isroilga to ‘satdan hujum qilishi bilan boshlandi. Birinchi bor arab quroli Isroilga zarba bera boshladi. Biroq Isroil tez orada o ‘zini o ‘nglab oldi. Misr va Suriya armiyasini chekinishga majbur etib, Qohira va Damashq shaharlariga bevosita tahdid sola boshladi. BMT Xavfsizlik Kengashining q a t’iy talabi bilan urush harakatlari to ‘xtatildi. Urush arab davlatlari harbiy qudratining o ‘sganligini namoyish etdi. Ayni paytda Yaqin Sharq muammosini kuch bilan hal etish mumkin emasligini ham isbotladi. AQSHning faol aralashuvi bilan Yaqin Sharq muammosini ikki tomonlama shartnomalar imzolash orqali hal etishga kirishildi. Xususan, 1975-yilda Sinay yarim orolida Isroil va Misr qo‘shinlarini ajratish to ‘g‘risida shartnoma, 1978-yilda esa bu ikki davlat o ‘rtasida Kemp-Devid shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, Misr va Isroil o ‘rtasidagi urush holati barham topdi. Isroil bosib olgan Misr yerlarini qaytarib berd berdi. 1979-yilda Misr—Isroil tinchlik shartnomasi ham imzolandi. Biroq Yaqin Sharq muammosining asosiy masalalari — Isroil bosib olgan arab davlatlari hududlarini qaytarib berish va Falastin arab davlatini tuzish hal etilmadi.
XX asrdagi so‘nggi o ‘n yillikning eng yirik voqeasi SSSRning qulashi bo‘ldi. 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Minsk shahridagi uchrashuvlarida SSSR tarqatib yuborilganligini e io n qildilar. Buning sababi — aynan shu uch davlat 1922-yilning 30-dekabrida SSSRni tashkil etgan edilar. Ayni paytda bu uch davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ni tashkil etganliklarini ham m a ium qildilar. Sobiq ittifoqdosh respublikalardan yana sakkiztasi, shu jum lad an 0 ‘zbekiston Respublikasi MDH haqidagi shartnomani imzoladilar. Dunyo hamjamiyati Rossiya Federatsiyasini sobiq SSSRning qonuniy vorisi, deb tan oldi. Rossiya Federatsiyasi sobiq SSSR imzolagan shartnomalarga rioya qilish majburiyatini o ‘z zimmasiga oldi.
BMT va uning Xavfsizlik Kengashida SSSRning o ‘rnini egalladi. SSSR tarqalib ketgach, uning yadro qurollari to ‘rt davlat (Ukraina, Belorussiya, Rossiya va Qozogiston) hududida qoldi. Xalqaro hamjamiyat ularning yagona Rossiyada to ‘planishi choralarini k o id i va bunga erishdi. SSSRning qulashi jahondagi siyosiy vaziyatni tubdan o ‘zgartirib yubordi. Dunyoning ikkiga boiinishi barham topdi. AQSH dunyoning yagona ≪ o’ta buyuk≫ davlati b o iib qoldi. AQSH prezidenti J. Bush o ‘z xalqini ≪sovuq urush≫ da erishilgan g‘alaba bilan q izg in tabrikladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Jahon tarixi: M.Lafasov, U.T. Jo ‘rayev; Mas’ul muharrir E.Z. Nuriddinov; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi markazi. — T.: ≪Turon- Iqbol≫, 2007. - 368 b.

Mavzu : 1945-2018-yillarda Xitoy, Yaponiya , Hindiston va Pokiston davlatlari


Reja:
1.Xitoy Xalq respublikasi
2.Yaponiya
3.Hindiston va Pokiston

Ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida Xitoydaamalda 3 ta hokimiyat bor edi. Bular 1.Xitoydagi Yaponiya ma’muriyati; 2) mamlakat shimoli va shimoli-sharqida qaror topgan Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) boshchiligidagi hokimiyat; 3) mamlakat janubig‘arbidagi Chan Kayshi hukumati (Gomindan hukumati). Yaponiya tor-mor etilgach, uning Xitoydagi ma’muriyati ham quladi. 1946-yilning yozida Gomindan armiyasi XKP armiyasi egallab turgan hududga hujum qildi. Shu tariqa fuqarolar urushi boshlandi. Bu urush 1949-yilning kuzigacha davom etdi. Nihoyat, urushda Gomindan armiyasi yengildi. Uning qolgan qismi Chan Kayshi boshchiligida Tayvan orolida (AQSH panohida) joylashib oldi.XKP hokimiyatni to‘la egallagach, 1949-yilning 1-oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil etildi. XKP mamlakatda sotsializm qurilishini e ’lon qildi. 1950-yil 30-iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida katta yer egaligi tugatildi. Dehqonlarga 47 mln ga yer bo‘lib berildi. 1950-yilda Tibet bosib olindi. Dalaylama Hindistonga qochdi. 1956-yilgacha qishloq xo‘jaligi shirkatlari tuzildi. Bir vaqtning o ‘zida mamlakatdaindustrlashtirish ham boshlandi. Bu borada SSSR XXRga katta yordam ko‘rsatdi. Uning yordami bilan 250 dan ortiq yirik sanoat korxonalari qurildi.


XXRda ham xalq xo‘jaligi, SSSRda bolgani kabi, besh yillik rejalar asosida rivojlana boshladi. 1953—1957-yillarda birinchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi. Bu reja muvaffaqiyatli bajarildi. Bu muvaffaqiyat XKP rahbariyatini ruhlantirib yubordi. Barcha kommunistik partiyalarga xos b oigan xomxayollik XKP rahbariyatini (Mao Szedun boshchiligidagi)ham chetlab olmadi.
1958-yilda XKP ≪Katta sakrash≫ deb atalgan (1958—1962) yangi bosh
y o in i tasdiqladi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, katta
sakrashni amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi. ≪lnsoniyatning baxtli kelajagi≫, deb e io n qilingan kommunizmni qurishning asosiy vositasi haq toianmaydigan mehnat boiishi zarur edi. Bu narsa ≪uch yillik qattiq mehnat — o ‘n ming yillik baxt-saodat≫ shiori ostida o iish i kerak edi. Qishloq xo‘jaligi shirkatlari o in ig a o ‘rtacha 20 ming dehqonni birlashtirgan xalq kommunalari tuzildi. Unda hamma narsa umumiylashtirildi. Mahsulotni hammaga baravar taqsimlash tamoyili joriyetildi. Sanoat 6,5 baravar, qishloq xo‘jaligi 2,5 baravar o ‘sishi moijallandiDehqon mehnati qattiq tartibga bo‘ysundirildi. Ular ishga saf tortganholda borardilar. Biroq tez orada ≪Katta sakrash≫ barbod b o id i. Qishloq x o ‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Ha tto, ayrim
hududlarda ocharchilik ham boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishi ham pasaydi.
Shu tariqa iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Oqibatda Mao Szedun siyosatiga
qarshi muxolifat vujudga keldi. U Mao Szedun siyosatini qattiq tanqid qila
boshladi. Bunga javoban Mao Szedun qatag‘on siyosatini qoiladi. Bu siyosat
Xitoy tarixiga, ≪buyuk proletar madaniy inqilobi≫ nomi bilan kirgan. 1966-
yildan boshlangan va 1976-yilgacha davom etgan ≪Madaniy inqilob≫, aslida,
jamiyatdagi Mao Szedun siyosatiga qarshi kuchlarni amalda yo‘q qilishni
anglatar edi. Buning oqibatida ko‘plab partiya, davlat va harbiy kadrlar
qatag‘on qilindi. Xitoy chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshdan kechira
boshladi. ≪Xunveybin≫ lardan 100 mln ga yaqin kishi jabr ko’rdi. Mamlakat
500 mlrd yuan zarar ko’rdi.976-yil sentabrda Mao Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat uchun kurashni avj oldirdi. Partiya rahbarligiga Xua Go-fen keldi. T o ‘rtlar to ‘dasi (bunga Maoning xotini Szyan Sin ham kirardi) ≪Ishlab chiqarishga juda katta zarar keltirganlikda≫ ayblanib, qamoqqa olindi. Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga ≪pragmatiklar≫ deb atalgan guruh keldi.Bu guruhga ≪madaniy inqilob≫ yillarida qatag‘on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92 yoshida vafot etdi.) XKP yangi rahbariyati Mao Szedun y o iin i xato deb e io n qildi. ≪Katta sakrash≫va iqtisodiyotning to ia davlat nazoratiga olinganligi mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi.1978-yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o ‘tish yo‘li tanlandi. Bu tarixga ≪iqtisodiy va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish≫ nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o ‘rniga oila pudrati joriy etildi. Shu y o i bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta ’minlash vazifasi hal etildi.Sanoatda ham chuqur islohotlar oikazildi. Chunonchi, davlat korxonalari xo‘jalik hisobi asosida ishlaydigan boidi. Kichik va o ‘rta tadbirkorlikka keng y o i ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e ’tibor berildi. Yangi siyosat o ‘z samarasini bermay qolmadi. 80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko‘mir, televizor, shoyigazlama,sement ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o iin g a chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o ‘zini o ‘zi ta ’minlaydigan b o id i.Bular, o ‘z navbatida, aholi turmush darajasining o ‘sishiga olib keldi.90-yillarda mamlakatda p o ia t, rangli metallar eritish, sement, mineral o ‘g‘it ishlab chiqarish, ko‘p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To ‘qimachilik sanoati mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An’anaviy hunarmandchilik: ipakdan, suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo id i. Dengiz mahsulotlari, dorivor o ‘simliklar, yog‘och mahsulotlami ishlab chiqarish ko‘paydi. Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi. 1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi boshlandi.
Bu bosqich — islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan bozoriqtisodiyotiga izchillik bilan o ‘tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich aynipaytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o‘z ichiga oladi. Amalda shunday bo im o q d a ham. Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida olamshumul muvaffaqiyatlar q o ig a kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq b o id i. Xitoyda ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta ishlash keng yoiga qo‘yildi. Xitoy har yili rivojlangan davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd dollarga chiqindi sotib oladi.Hatto 1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go‘sht, yog‘-moy, ko‘mir, p o ia t, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda birinchi o iin g a chiqdi. Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga yetdi. Xitoy oidingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o ‘ringa chiqdi.Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta ’sir ko‘rsatayotgan eng muhim sabablardan biri davlatning to‘g'ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozorxo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan davlatlarning tajribalarini ijodiy o ‘zlashtirib, o ‘tgan yillar davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko‘plab qonun, nizom, qoida va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu q o n u n lar islohot natijalarini himoyalash va mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson o ‘tish va uning mo‘tadil rivojlanishini kafolatlagan. 90-yillardan belgilangan ≪Sotsialistik bozor xo‘jaligiga o ‘tish≫ning mazmuni shuki, qishloq xo‘jaligini tartibga solish, yerni ayrim xonadonlarning yakka xo‘jalik yuritishiga asoslangan oilaviy pudrat deb atalgan usulda ishlash, dehqonlarning tomorqa uchastkalarini kengaytirish, yordamchi hunarmandchilikni rivojlantirish, ortiqcha mahsulotni bozorda dehqonning o ‘zi sotishi imkoniyatini yaratishni ko‘zda tutadi.Shaharlarda ≪direktiva asosida rejalashtiriladigan sohani qisqartirish≫,sanoat korxonalarini ≪mustaqil xo‘jalik tashkilotlariga≫ aylantirish, Tovar munosabatlarini rivojlantirish, ≪narx-navo davlat y o ii bilan bir xil belgilab qo‘yiladigan sohani toraytirish≫, chog‘roq xususiy va jamoa korxonalari, kosibchilik ustaxonalari faoliyatini, asosan xizmat koisatish va savdo-sotiq xususiy korxona egaligini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiga chet el sarmoyasini jalb qilish xo‘jalik tizimi islohotining bosh b o ‘g‘ini b oidi. XXR rahbariyatining so ‘zIariga qaraganda, mamlakatdagi sotsialistik asosda bozor iqtisodiga oikazish quyidagi bosqichda amalga oshirilmoqda: 2000-yilgacha sanoat va qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti 4 baravar ko‘payib, xalq turmushi o ‘rtacha ma’murchiligiga erishildi.
Navbatdagi bosqich 2021-yilgacha (XKPning 100 yilligi) Xitoyni o ‘rtacha
rivojlangan mamlakat darajasiga koiarish.2049-yiIgacha (XXRning 100 yilligi) Xitoyni yuksak darajada rivojlangan zamonaviy davlatga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.Xitoyda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar ikkiga:
fuqa rolik q o n u n la ri va iqtisodiy q o n u n la rg a b o iin a d i. U lar b ozor
subyektlarini, ya’ni korxonalaming vujudga kelishi, ularni boshqarish ishlarini
zamonaviylashtirish va faolligini ishga solishni, o ‘zgartirilishi, bekor qilinishi,
qonunni buzuvchilarningjavobgarligini o ‘z ichiga oladi. Shuningdek, bozor tartibini muqim ushlab turish, bozorning rolidan to iiq foydalanish, monopoliya va noqonuniy raqobatni cheklash, mahsulotsifatiga kafolat berish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, patent va tovar markasini berish, turli shartnomalar tuzish, ijaraga berish, aksiya savdosi bilan shugiillanish, chek hujjatlarini tartibga solish, uy-joy, tijorat hamda bularni buzuvchilarni qanday jazolash haqida maxsus Koraipsiya va poraxo'rlik eng og‘ir jinoyat hisoblanadi. 2004-yilda yuzlab kishilar poraxo‘rlik uchun otishga hukm qilindi. Ayni paytda bozor boyliklarini joylashtirishda makro jihatdan nazorat qilish, davlatning umumiy manfaati va kelajagini, xalq xo‘jaligining uzluksiz, muhim, to ‘g‘ri y o id an rivojlanib borishini kafolatlash, ijtimoiy taraqqiyot va xalq xo‘jaligi rejasini tuzish, to ‘g‘ri statistika qilish, soliqni tartibga solish, bahoni belgilash va nazorat qilish masalalari aniq tartibga solingan. Ijtimoiy kafolat ham qonun orqali himoyalangan, raqobat jarayonida xavf-xatar yuzaga kelsa, davlat bu ishga aralashadi. 2004-yil 21-sentabrda 78 yoshli Szyan Szemin Markaziy harbiy kengash raisi Iavozimidan iste’fo berdi. XXR raisi Xu Szintao bu lavozimni ham egalladi.qonunlar mavjud b o ‘lib, ularning bajarilishi qattiq nazorat qilinadi.Urush Yaponiyani vayronaga aylantirdi. Ishlab chiqarish urushdan oldingi darajaning 30 foiziga tushib qoldi. 10 mln kishi ishsiz qoldi. Yaponiya taslim bo‘lganidan (1945-yil 2-sentabr) ikki haftadan so‘ng uning hududi A QSH armiyasi tomonidan okkupatsiya qilindi. Bu armiyaga general D. Makartur rahbarlik qildi. U Yaponiyada cheklanmagan hokimiyatga ega edi. Yaponiya qurolsizlantirilishi va mamlakatda demokratik tartib o ‘rnatilishi kerak edi. Bu vazifaning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Tokio shahrida ittifoqchi davlatlar (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Xitoy)
vakillaridan iborat Ittifoq Kengashi tuzildi. Amerikaliklar losudani Bosh vazirqilib qo‘ydilar. U 1944-yildan qurolyarog‘ vaziri b o iib ishlagan va amerikaliklarga ≪kommersiya xabarini≫yetkazishda ayblanib, 1945-yil boshida qamoqqa olingan edi. losida ozgina tanaffus bilan (1947—1948) mamlakatni 1954-yil dekabrigacha boshqardi. Mamlakat armiyasi demobilizatsiya qilindi. Harbiy muassasalar tarqatib
yuborildi. Militaristik tashkilotlar taqiqlandi. Harbiy va siyosiy jinoyatchilar
sudga tortildi. Davlat apparati jinoyatchi unsurlardan tozalandi. Yashirin politsiya tugatildi. Kasaba uyushmalari faoliyati tiklandi. Demokratik siyosiy partiyalar tuzildi. Bular taraqqiyparvar, liberal va sotsialistik partiyalar edi. Mamlakat demokratik y oidan taraqqiy etishi uchun barcha zarur choralar ko‘rildi. Shu tariqa ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning magiubiyatga uchrashi yapon xalqi va mamlakat kelajagi uchun katta ijobiy ahamiyatga ham ega b o id i. Chunki magiubiyat tufayli Yaponiyada militarizm tugatildi. Bu esa Yaponiyani Osiyo va Tinch okeani havzasida yangi bosqinchilik urushlari olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Bu hol Yaponiyahukumatiga butun imkoniyatni tinch bunyodkorlik ishlariga qaratishga s h a ro it y a ra td i. Ayni p a y td a A Q SH n in g Y ap o n iy an i ish g ‘ol e tishi oxir-oqibatda bu mamlakatning kelgusi taqdiri uchun katta ijobiy hodisa b o ‘ldi. Chunki aynan AQSHning okkupatsiyachi ma’muriyati Yaponiyada chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazilishining kafolati vazifasini bajardi. Yaponiya parlamenti 1947-yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Konstitutsiyaga ko‘ra, Yaponiyada Konstitutsion monarxiya tuzumi amal qiladi. Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, imperator hokimiyati saqlanib qolgan bo‘lsa-da, Yaponiya demokratik davlat, deb e ’lon qilindi. Imperator amalda real hokimiyatdan mahrum etildi. U millat birligi ramzi sifatida
saqlab qolindi. Garchand bosh vazirni imperator tayinlasa-da, uni parlament tasdiqlashi zarur edi. Konstitutsiyaga Yaponiyaning kelgusi taraqqiyoti uchun juda
katta ijobiy rol o ‘ynagan bir modda kiritildi. Bu — Yaponiyaning urushdan
millatning suveren huquqi sifatida voz kechganligi va mamlakatning armiyaga
ega b o iish i huquqini taqiqlaganligi to ‘g‘risidagi modda edi. Yaponiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash maqsadida 1951 -yilda AQSHning San-Fransisko
s h a h r id a x a lq a ro k o n fe re n s iy a c h a q ir ild i. Konferensiya yakunlariga ko‘ra, 1951-yil 2- sentabrda bir tomonlama tinchlik shartnomasi imzolandi va 1952-yil 28-apreldan kuchga kirdi. Unga k o ia , Yaponiya Koreya mustaqilligini tan oldi.tayvan, Peskador, Kurill orollari va Saxalinning janubiga daxl qilmaydigan
b o id i. Ittifoqchi davlatlardan SSSR bu shartnomani imzolamadi. Buning
sababi nimadan iborat edi? ≪Sovuq urush≫ boshlangach, AQSH Yaponiyaga
nisbatan munosabatini o ‘zgartirdi. Chunki AQSH Uzoq Sharqda SSSR
ta ’sirining kuchayishini xohlamas edi. AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi buning kafolati boiishi kerak edi.Ayni paytda Yaponiya o ‘zining shimoliy yerlaridan bir qismi (Yalta konferensiyasi qaroriga ko‘ra) SSSRga berilganligiga toqat qila olmas edi. Shunday sharoitda Yaponiya uchun ham AQSHdek qudratli tayanch zarur
edi. Ikki davlat manfaatlarining mushtarakligi amerika-yapon harbiy ittifoqini
tuzish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. San-Fransisko konferensiyasida Yaponiya bilan tuziladigan tinchlik shartnomasi AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma bilan birgalikda imzolanadigan boidi. SSSR bunga qarshi chiqdi va norozilik belgisi sifatida konferensiya ishida qatnashishni to‘xtatdi. AQSH va Yaponiya rtasida imzolangan shartnoma ≪xavfsizlik to ‘g‘risidagi shartnoma≫ deb ataldi. Unga ko'ra, Yaponiyada AQSHning harbiy bazalari saqlab qolindi. Ayni paytda AQSHning okkupatsiya tartibi bekor qilindi1946-yilda Yaponiya parlamenti agrar islohot to ‘g ‘risida qonun qabul qildi. Uning maqsadi
pomeshchik yer egaligini tugatish edi. Davlat yer egalari yerini sotib oldi va ularni dehqonlarga sotdi. Shu tariqa pomeshchik yer egaligi tugatildi. Endilikda mamlakat qishloq xo‘jaligida katta bo‘lmagan fermer xo‘jaliklari asosiy rol o‘ynay
boshladi. Sanoatni tiklash uchun ham barcha zarur choralar ko‘ri!di. Ayni paytda
AQSH reparatsiya olishni to ‘xtatdi. Yapon xalqi yuksak vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, nihoyatda intizomlilik, toqatlilik va sabr-bardoshlilik
namunalarini ko‘rsatib mehnat qildi. Ayni paytda yapon xalqi o ‘ta tejamkor
xalq hamdir. Bundan tashqari, ish beruvchilar bilan xodimlar o ‘rtasida yaponlargagina xos bo‘lgan hamkorlik vujudga keldi. Unga ko‘ra, ish beruvchi
bilan xodim o ‘rtasida shartnoma tuzilar edi.Shartnomada korxona xodim to pensiyaga chiqquncha ish bilan ta ’minlash, xodim esa shu yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilish majburiyatini olardi. Bundan tashqari, Yaponiyaning harbiy xarajatlari nihoyatda kam bo‘lib, yillik ijtimoiy mahsulot qiymatining atigi 1 foizini tashkil etardi. Bu hol butun kapital mablag‘ning juda katta qismini ishlab
chiqarishga yo‘naltirishga imkon berar edi. Yaponlarga xos yana bir xususiyat o ‘zgalar yutug‘ini erinmay o ‘rganish va ulardan unumli foydalana olishdir. Yuqoridagi omillar Yaponiyaning gurkirab rivojlanishini ta ’minladi.
Chunonchi, 1951 -yildayoq sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga
yetdi. 1951—70-yillarda mamlakat iqtisodiyotining yillik o ‘sishi o ‘rtacha
14,6 foizni tashkil etdi. 1950-yil yozida AQSHning Koreyadagi u rushi munosabati bilan Yaponiyaga juda ko‘plab harbiy buyurtmalar berildi. Natijada Yaponiya
valuta zaxirasi 1952-yilda 1 mlrd dollarni tashkil etdi. 1960-yiiga kelib Yaponiyada sanoatning yillik o ‘sishi 20 foizni tashkil qildi. Bunday o ‘sish
hech bir mamlakatda b o lg an emas. ≪Yapon mo‘jizasi≫ dunyoni lol qoldirdi.
Olimlarning kuzatishiga qaraganda, bu m o‘jizan in g siri quyidagi
sabablarga bog‘liqdir:
1. Asosiy kapitalning yangilanishi. Sanoat korxonalarida barcha eskirgan
jihozlar 50-yillarda almashtirildi. Bu narsa 1960-yilda o ‘rta va mayda
korxonalarga ham joriy etildi. Chunki 30 foiz ishchilar shunday korxonalarda
ishlaydi.
2. Harbiy buyurtmalar. Koreya va Vetnam urushlari munosabati bilan
berilgan buyurtmalar sanoatchilarga juda katta foyda keltirdi. Keyinchalik
mamlakatning o ‘zida buyurtma ko‘paydi.
3. Urushdan keyin harbiy xarajatlarning yo‘qligi. Chunki AQSH 80%
harbiy xarajatni moliyalashtirdi. Harbiy xarajatlar 1970-yilga kelganda
budjetning 1,2 foizini tashkil etdi.
4. Konsernlarning ko‘ptarmoqliligi kapitalni aylantirishda q o ‘l keldi.
Masalan, kemasozlik korxonalari qiyin paytlarda mashinasozlik, ximiya
jihozlari, turbinalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan.
5. Davlat monopolizmining xususiy korxonalar bilan yaqinligi. Vazirlar
Mahkamasida tashkil etilgan Iqtisodiy rejalashtirish qo‘mitasi ichki va tashqi
bozor m uhitini o ‘rganadi hamda ilmiy-texnikaviy axborotni b arch a
korxonalarga tarqatadi.
Davlat eng muhim sanoat tarmoqlari bo‘lgan atom sanoati, raketasozlik
va boshqalarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtiradi va kapital
q o ‘yishini muvofiqlashtiradi. Yaponiyada rejalashtirishdan ustalik bilan
foydalaniladi. Yana muhim tomoni ma’lum bir tumanda uy-joy, kommunikatsiya,
vodoprovod va boshqa infratuzilmani yuzaga keltirish bilan davlat ishlab
chiqarish kuchlarini jamlaydi. Davlat hisobidan ko‘pIab sanoat korxonalari
yangi joylarga ko‘chiriladi6. Boshqa mamlakatlar tajribasidan texnik yordam to‘g‘risida bitimlar tuzish, litsenziyalar sotib olish yo‘lidan juda keng foydalaniladi. Lekin bunarsa mamlakat ichkarisida ilmiy-tadqiqot bazasiga salbiy ta ’sir etishini hisobga olib, ilmiy-texnik izlanishlarga har 10 yilda 6 baravardan ko‘p mablag1 sarflamoqda.
7. Ilmiy-texnika inqilobini bevosita ishlab chiqarishda nihoyatda tez
qo‘llab samaradorlikka erishmoqda. Bir soha chiqindilarini boshqa siklga
yo‘naltiriladi. Jumladan, neftni qayta ishlash — sintetik materiallarga, kimyo
— qurilish materiallariga va h.k.
8 . Xodimlarga ≪psixologik yondashuv≫. Yaponiya korxonalari ishchilarni
ishga layoqatsiz b o iib qolgunicha yoki umrbod ish bilan ta ’minlash
to ‘g‘risida shartnoma tuzadi. Ishchi esa intizomli, har qanday qiyinchilikka
chidaydigan, korxonani o ‘ziniki deb biladigan, unga xiyonat qilmaydigan
boiishi zarur.
9. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishida tashqi savdo muhim rol o ‘ynaydi.
Yapon iqtisodi jahon bozoriga bogiangan va 100 foiz paxta, jun, kauchuk,
nikel, boksitni, 99 foiz neftni, 90 foiz temir rudasi, ya’ni 80 foiz xomashyo
va 20 foiz oziq-ovqatni chetdan sotib oladi. 1965-yilgacha Yaponiya importi
darajasi eksportga nisbatan yuqori edi. Undan keyin balans faollashdi, eksport
ko‘paydi1968-yilga kelib Yaponiya jami milliy mahsuloti hajmi jihatidan Fransiya,
Buyuk Britaniya va GFRni ortda qoldirdi. Bu borada dunyoda AQSHdan
keyin ikkinchi o iin g a chiqib oldi. 1981 -yilda yana bir mo‘jiza ro‘y berdi. Shu yili Yaponiya yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha AQSHni ortda qoldirdi. Mamlakatda videotexnika, rangli televizor va boshqa maishiy xizmat texnikasi misli ko‘rilmagan darajada o ‘sdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o ‘rinda turibdi. Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Toyota, Kavasakikabi gigant korporatsiyalar milliardlarcha foyda ko‘rmoqda. Mamlakatda temir va ko‘mir konlari bo‘lmasa-da, elektron sanoatning tayyor mahsulotlari,
avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari, optika, sintetik tola va boshqa
muhim tovarlarni eksport qiladi. Yaponiya avtomobillar, kemalar, ro‘zg‘or elektr texnika asboblari, sanoat robotlari ishlab chiqarish, stanoksozlik jihatidan dunyoda birinchi o ‘rinni egallaydi. Baliq ovlash bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Dunyoning 15 foizdan ortiq balig‘ini ovlaydi va uni qayta ishlaydi. Dunyoning 2 foiz (127 mln) aholisiga ega bo‘lgan Yaponiya jahonning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi.Ikkinchi jahon urushidan so'ng Hindiston xalqining
milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Bu harakatga, hatto, Buyuk Britaniya armiyasida xizmat qilayotgan hindistonlik soldat va matroslar ham qo'shilishdi. 1946-yilning fevralida Bombey harbiy-dengiz bazasi matroslarining bosh ko'tarishini deyarli butun Hindiston q o ilab - quvvatladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga mustaqillik berilishini e io n qilishga majbur b o id i. Buyuk Britaniya bosh vaziri K. Ettli 1947-yiI 20-fevralda Hindiston
haqida yangi deklaratsiya bilan chiqdi va hokimiyatni ≪hindlar qoiiga≫
topshirishini bayon qildi.Buyuk Britaniya bosh vaziri K. Ettli 1947-yiI 20-fevralda Hindistonhaqida yangi deklaratsiya bilan chiqdi va hokimiyatni ≪hindlar qoiiga≫ topshirishini bayon qildi. 1947-yilning 15-avgustida Hindiston mustaqilligi to 'g’risida qonun qabulqilindi. Bunga ko’ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonni ikki dominionga (Hindiston Ittifoqi va Pokistonga) b o iib yubordi. Shu tariqa Buyuk Britaniya yana bir marta o ‘zining ≪ Boiib tashla, hukmronlik qil!≫ shioriga sodiqligini namoyon qildi. Bu boiinishni eng nozik belgi — diniy belgi asosida amalga oshirdiHindiston lttifoqi hududida aholining katta qismi (musulmonlar ham kam emas edi) hinduiylik diniga e ’tiqod qilishardi. Pokiston aholisining katta qismi esa (hinduiylik diniga e ’tiqod qiluvchilar ham kam emasdi) islom diniga e ’tiqod qilardi. Bir davlatning ikkiga boiinishi jarayoni katta diniy to ‘qnashuvlar, q irg in la sharoitida amalga oshirildi. Ikki tomondan qochoqlar soni 8 mln dan ortiqni tashkil etdi. Ayniqsa, Kashmir viloyatining Hindistonda qoldirilishi (bu viloyat aholisi aso san m u su lm o n la rd a n ib o ra t edi) Hindiston va Pokiston o ‘rtasida urush harakatlarini keltirib chiqardi. 1947-yil kuzida Pokiston qo‘shinlari Kashmirga kirdi. Hindiston armiyasi bilan jangler boidi.M. K. Gandi bu diniy to ‘qnashuvga qarshi chiqdi. Hindistonda musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarursharoit yaratishni talab qildi. Bunga shovinist hind burjuaziyasi qarshi chiqdi. 1948-yil 30-yanvarda 70 yoshli M. K. Gandi oidirildi. 1949-yilning 1-yanvarida bu ikki dominion o ‘rtasida urushni to‘xtatish haqida bitim imzolanishiga erishildi. 1949-yilda Hindiston T a ’sis majlisi mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va u 1950- yilning yanvaridan kuchga kirdi. 1950-yilning 26-yanvarida Hindiston Respublika deb e io n qilindi. Shunday qilib, hind xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachiligiga qarshi salkam 100 yil davomida olib borgan milliyozodlik kurashi mustaqil davlatga ega boiish bilan yakunlandi. Bu kurashga Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlik qildi. Mustaqillikdanso‘ng tuzilgan birinchi hukumatni HMK rahbari J. Neru (1889—1964) boshqardi. Ayni paytda Hindiston Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi tarkibida qoldi.Yangi hukumat oikazgan dastlabki muhim islohot agrar islohot bo id i. Unga k o ia , yer bevosita unda ishlayotganlarga berilishi ko‘zda tutildi. Biroq zamindorlarning qattiq qarshilik koisatishi oqibatida hamma dehqonlar ham yerli b o ia olmadi. Shunga qaramay, yerni zamindorlardan ijaraga olib ishlayotganlarning katta qismi yerli b o iib qoldi. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi ikki baravardan ortiq ko‘paydi. Hindiston 1966-yilgacha uchta besh yillikni amalga oshirdi. T o ‘g ‘ri, aholining barchasi ham to ‘q yashamayotgan yoki m a ium qismi och holatda yashayotgan b o is a -d a , islohot tufayli Hindiston o ‘z aholisini oziq-ovqat bilan asosan o ‘zi ta ’minlash imkoniga ega b o id i.Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e ’tibor berdi. Natijada sanoat ishlab chiqarishi deyarli to ‘rt baravar ko‘paydi. Hindiston agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. 1990-yilda Hindiston 170 mln kv/s elektr energiya, 12 mln tonna po‘lat, 30 mln tonna neft ishlab chiqardi. Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak su r’atlarda rivojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Hindiston iqtisodiyotida davlat sektori yildan-yilga kamayib bormoqda. Bugungi kunda u jami milliy mahsulotning 20 foizini ishlab chiqaradi, xolos. Hindiston siyosiy hayotida parlamentarizm mustahkam qaror topdi.Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida katta ijtimoiy-siyosiy muammolarga duch keldi va hozirgacha ular o ‘z yechimini topgani yo‘q. Bular: hinduiylar bilan musulmonlar o ‘rtasidagi diniy qirg‘inlar; musulmonlarning Kashmirni Pokiston bilan birlashtirish uchun kurashi; sikxlarning siyosiy muxtoriyat uchun kurashi; Panjobning Hindiston tarkibidan ajralib chiqish uchun kurashi bilan bog‘liq muammolardir. Bunga yana mamlakat 20 foiz aholisining yersizligi, 30 mln ga yaqin aholining ishsizligi; 60 foiz aholining hamon savodsizligi kabi muammolar ham qo‘shiladi. 1957-yil martida bo‘lib o ‘tgan saylovlarda J. Neru yana Bosh vazirlikka saylandi, R. Prasad esa Prezidentlik lavozimini egalladi. J. Neru vafotidan so‘ng 1964-yil 2-iyunda L. B. Shastri Hindiston Bosh vaziri bo‘ldi. Lekin 1966-yil 11-yanvarda Pokiston bilan urushni to ‘xtatish haqida Ayubxon bilan bitimni imzolagach, Toshkentda vafot etdi.L. B. Shastri vafot etgach, Indira Gandi 1966—1977-yillarda bosh vazir bo‘lib turdi. I. Gandi o ‘z mavqeyini mustahkamlash uchun 1970-yilda 4- beshyillik rejani qayta ko‘rib chiqdi va davlat sektorini mustahkamlash choralarini ko‘rdi. 14 ta bank, ulgurji savdoning bir qismi milliylashtirildi, monopoliyalarning roli cheklandi. Mayda ishlab chiqarish (kichik biznes)ni rivojlantirish choralari ko‘riIdi. Ba’zi shtatlarda mayda yer uchastkalariga soliq bekor qilindi, katta yer egalari yerlarining maksimal darajasini pasaytirish, sobiq knyazlarning pensiya va imtiyozlarini bekor qilish choralari ko‘rildi. Bu narsa parlamentda oppozitsiyani kuchaytirdi. 1971 -yilda sug‘urta ustidan nazorat o ‘rnatildi, yengil sanoatda davlat korxonalari paydo bldi, xususiy mulkni milliylashtirish haqida konstitutsiyaga tuzatish kiritildi. Bu tadbirlar yirik burjuaziya va monopolistik unsurlarning noroziligini kuchaytirdi. HMKda ham bo‘linish yuz berdi. 1975-yilda hukumat yangi dastur e ’lon qildi. Unda xalqni g‘alla va boshqa tovarlar bilan ta ’minlash uchun davlat ta ’minot tizimini joriy qilish, yer uchastkalarining maksimal darajasini cheklash va ortiqcha yerni yersiz dehqonlarga berish haqidagi qonunni barcha shtatlarda joriy qilish, qishloq xo‘jalik ishchilariningminimum ish haqini belgilash, uy qurish uchun bepul yer ajratish, qaram mehnatni bekor qilish, eng kambag‘al dehqonlar qarzini bekor qilish, shaharda yer uchastkasining maksimal darajasini belgilash, olibsotarlikka yo‘l qo‘ymaslik aytilgan edi. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar; oziq-ovqatni noqonuniy to ‘plab qo‘yganlik, kontrabanda, soliqlarni toMamaganlik uchun jazolash ham o ‘z ifodasini topdi. Lekin bular chala qoldi. Oppozitsiyachilar Janata parti (Xalq partiyasi) ni tuzdilar va 1977-yil martida parlamentga o ‘tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat tuzdilar. Janata partidan ajralib chiqqan va 1980-yilda tashkil topgan Bxaratiya Janata parti (BJP) mamlakatda diniy o‘ziga xoslikni shior qilib olgan partiyadir. Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e ’tiqod qiluvchilar davlatiga aylantirish maqsadini ilgari surdi. Ayni paytda musulmonlarni siyosat va iqtisoddan chetlatishni targ‘ib etdi. Aholisining 11 foizi musulmonlardan iborat boMgan davlatda bunday g‘oyaning ilgari surilishi mamlakat siyosiy birligini katta xavf ostiga qo‘yadi.Mamlakat birligiga sikxlar harakati ham jiddiy xavf solmoqda. Ular sikxiylikd in ig a e ’tiq o d q ila d ila r. Bugungi H in d is to n d a 17 mln sikxiy
yashaydi. Oz sonli bo‘lsa-da, davlat hayotida katta mavqega ega. 1980-yil
yanvardagi saylovlarda Bosh vazirlikka qaytgan HMK vakili Indira Gandi
(1966—1977; 1980— 1984-yillarda) davrida b a ’zi siyosiy xatoliklarga ham
yo‘l qo‘yiIdi. Chunonchi, u hindi tilini davlat tiliga aylantirishga harakat
qildi. Buni boshqa millatlar vakillari milliy kamsitish sifatida qabul qildilar.
Panjob shtatida yashovchi sikxlar bunga qarshi ajralib chiqish harakatini
boshladilar. Ular o ‘z oldilariga Panjobni Hindistondan ajratib olib, Xoliston
deb ataluvchi davlat tuzish maqsadini q o ‘ydilar. Ayni paytda ular terrorni
kuchaytirdilar. Tabiiyki, markaziy hukumat Hindistonning bo‘linib ketishiga
toqat qila olmasdi. Fuqarolar urushi kelib chiqishining oldini olish maqsadida 1984-yilning 5-iyunida I. Gandi sikxlarning muqaddas joyi — Oltin ibodatxonani shturm
bilan olishga buyruq berdi. Sikxlar qattiq qarshilik ko‘rsatdi!ar. Natijada
300 kishi oMdirildi. Ayni paytda hukumat armiyasi sikxlarning yana 37
ibodatxonasini egalladi. Sikxlar harakati bostirilgan boMsa-da, ular
I. Gandidan suiqasd yoMi bilan o ‘ch oldilar. 1984-yilning 31-oktabrida I. Gandining sikxlardan boMgan shaxsiy soqchisi uni otib oMdirdi. Onasining o ‘rnini egallagan Rajiv Gandi (1944—1991) sikx terrorchiligiga chek qo‘yishga qaror qildi. 1987-yilning may oyida Panjob to ‘g‘ridan to ‘g‘ri markaziy hukumatga bo‘ysundirildi. Bu esa shtatni muxtor vakolatdan mahrum etishni anglataredi. Sikxlar bunga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Hukumat armiyasi bunga javoban 1988-yiIning may oyida yana Oltin ibodatxonani egalladi. Oqibatda minglab kishilar halok boMdi. Bu esa 1989-yilda R. Gandini bosh vazirlik lavozimidan ketishga
majbur etdi. 1989-yil noyabrdagi saylovda Milliy front rahbari RajendraPratap Singx Bosh vazir qiiib saylandi. 1991 -yilgi parlament saylov oldi uchrash u v la rin in g b irid a R. G a n d i ham oldirildi (1991-yil 21-may kuni). Diniy, etnik to ‘qnashuvlar keyingi yillarda ham davom etdi. 1992-yilning dekabr oyida hinduiy fa n a tik la r (m u ta a ssib la r) XVI asrda qurilgan musulmonlar masjidini buzib tashladilar. Bu esa Bonibey va Kalkutta shaharlarida hinduiylar va musulmonlar o ‘rtasida qirg‘in keltirib chiqardi. Oqibatda 300 kishi halok bo‘ldi va 1200 dan ortiq kishi yaralandi. Kashmirda asosan musulmonlar yashaydi. Markaziy hokimiyat bu shtatda ham to ‘g‘ridan to ‘g‘ri boshqaruv joriy etishga uringan edi. Bu esa separatchilik harakatini kuchaytirdi, Hindiston va Pokiston munosabatlarini keskinlashtirdi. Bu kabi o ‘ta murakkab muammolarni bartaraf etish yo‘lida jiddiy harakatlarqilindi. Ayni paytda Hindiston, bu muammolarga qaramay, ildam taraqqiy qilib bordi. 1991-yil mayida b o ‘lib o ‘tgan saylovlarda HMK g‘alaba qozonib, Narasimxa Rao boshliq hukumat tuzildi va mamlakatni 8 yil boshqardi. Iqtisodiyotda milliylashtirishdan chiqarish davom ettirilib, zarar ko‘rib ishlayotgan fabrika va zavodlar yopildi. Investitsiya ko‘paytirildi, mehnat intizomi yaxshilandi, moddiy manfaatdorlik kuchaydi. Natijada inflatsiya pasaydi, sanoatga katta miqdorda sarmoya qo‘yildi, qishloq xo‘jaligida mayda dehqonlarning ulushi ko‘paydi. 1994— 1995-yillarda sanoatning yillik o ‘sishi 10 foizga, yalpi milliy mahsulotning yillik o ‘sishi 5 foizga chiqdi. Bu Hindiston uchun katta ahamiyatga ega edi.Hindiston Milliy Kongressi rahbariyatida korrupsiya, poraxo‘rlik vaboshqa jinoyat holatlari yuz berdi. 1996-yilda 30 dan ortiq yuqori tabaqarahbarlari sudlanib, jazo oldilar.Bu davrga kelib jangovar induizm millatchiligi kuchaydi. Bu qaysipartiyaning ideologiyasi ekanligini yuqorida ko‘rdik. 72 foiz aholisi hindoriylardan iborat b o ig an aholining shovinistik qatlamlari kayfiyatini o ‘zida mujassamlashtirgan BJP 1998-yil fevraldan parlament saylovlarida g‘alaba qildi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-martda Bosh vazir qilib saylandi. Navbatdagi saylovlarda ham Vajpai o ‘z o ‘rnida qoldi. Lekin 2004-yil mayda hokimiyatda o ‘zgarish b o iib , Bosh vazirlik lavozimini Manmoxan Singx egalladi
Foydalanilgan adabiyotlar: Jahon tarixi: M.Lafasov, U.T. Jo ‘rayev; Mas’ul muharrir E.Z. Nuriddinov; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi markazi. — T.: ≪Turon- Iqbol≫, 2007. - 368 b.
Yüklə 39,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin