Маvzu : Bola rivojlanishida ijtimoiy muhitning ta’siri
Reja : Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri.
Ijtimoiylashuv omillar - bola rivojlanishiga taʼsiri.
Ijtimoiy jarayonida muhitning oʼrni.
Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual oʼsishida namoyon boʼladigan miqdor va sifat oʼzgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga oʼtish, yangilanish, yangining paydo boʼlishi, eskining yoʼqolib borishi, miqdor oʼzgarishining sifat oʼzgarishiga oʼtishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni oʼrtasidagi kurashdan iboratdir.
«Shaxs» tushunchasi insonga taalluqli boʼlib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega boʼlgan jamiyatning aʼzosini ifodalashga xizmat kiladi.
Individ shaxs boʼlishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, oʼzini yaxlit inson sifatida xis etishi, oʼz xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmogʼi kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼekti va obʼekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarining isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida taʼriflanadi.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy taʼlimotga asoslanadi. Аyni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda taʼsir etadi, ularni birbiridan ajratib boʼlmaydi.
Bolani rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yoʼq qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga taʼsiri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya taʼsirida muhit bera olmagan bilim, maʼlumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bogʼliq koʼnikma va malakalar hosil boʼladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tugʼma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy taʼsirini ham yoʼqotish mumkin. Toʼrtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak,tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga taʼsir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi oʼringa ega boʼlib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit taʼsirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir toʼrt yondashuv qaror topgan.
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot boʼlib, uning butun xattiharakatlari tugʼma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga boʼysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tugʼiladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning taʼsiri ostida ijtimoiylashadi.
Psixologik yondashuv - nsondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yoʼnalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega boʼlib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi oʼziga xosliklar, balki turmush tarzi ham taʼsir koʼrsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rolь oʼynaydi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
Muayyan bir yosh davriga xos boʻlgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya taʼsiri kuchli boʻladi. Bolalarning tarbiyasiga toʻgʻri yondashish, uni muvaffaqiyatli oʻqitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining oʻsishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilmaxil boʻladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib oʻtgan . Bolaning oʻziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha boʻlishi mumkin.
Katta guruh (5-6 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning toʻgʻri oʻsishini taʼminlashga alohida eʼtibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan boʻladi. Olti yoshga yetganda miya poʻstlogʻining asab katakchalari rivojlanib, ogʻirligi va tashqi koʻrinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda
ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi ravon boʻlishini taʼminlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson boʻlgan taqdirda uning oldini olish choralarini koʻrish lozim. Bu yoshdagi bolalarning soʻz boyligining rivojlanishiga alohida eʼtibor berish lozim. Ularning nutqidagi soʻzlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini toʻla qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash koʻnikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.
Bola hayotining yettinchi yilida undagi xarakatlar koʻlami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida xarakatlarning oʻzaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar oʻzini idora qilish va oʻz xarakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻla boshlaydi . Bu yoshdagi oʻgʻil bolalarda mustaqil faoliyat koʻrsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu yoshda bola chiniqadi. qiziquvchan boʻladi, oʻz salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi boʻlgan taʼlim olishga oʻqishga ishtiyoq uygʻotish lozim. Bu oʻrinda bolalarni ruhan taʼlim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki oʻquv elementlarini oʻrgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan taʼlim olishga tayyor boʻlishi kerak. Bolalarning maktabga
tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga taʼlim berish imkoniyatiga ega boʻlishi shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga taʼlim va tarbiya berish uchun loyiq boʻlganda, u olti yoshli bolalarni oʻqitish huquqiga ega boʻladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni oʻqitadigan tarbiyachilar pedagogik-psixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina taʼlim jarayoniga kiritilishi kerak. Demak, maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi oʻziga xos, murakkab jarayon sanaladi. Maktabgacha taʼlim yoshi bolalarining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy taʼlimotga asoslanadi.
Bu yoshdagi bolalarning toʻlaqonli rivojlanishida biologik (irsiyat), ijtimoiy (ijtimoiy muhit) va tarbiya kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, maktabgacha taʼlim yoshining oʻzi ham yettita oʻziga xos, alohida davrlarga ajratiladi. Shu sababli maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning oʻqitish va tarbiyalash ishiga masʼul boʻlgan shaxslar - tarbiyachi va ota-onalar, vasiylar bolalarning yosh davri xususiyatlaridan toʻla xabardor boʻlishlari zarur. Nazorat savollari:
Bola shaxsning rivojlanishi haqida tushuncha. Bolani rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar.
Bolani rivojlanishida faoliyatlar (oʻyin, mashgʻulot, mehnat)ning ahamiyati.
Shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini bosqichma-bosqich rejalashtirish haqida gapirib bering
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan tamoyillar asosida almashtirib borish MTTning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini toʻgʻri tashkil etishni taʼminlaydi. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari taʼlim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashgʻulotlarda taʼlim berish orqali, ijodiy va qoidali oʻyinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning oʻz mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, oʻz- oʻziga xizmat qilish, sayrlar, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Taʼlim- tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar MTTda pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini toʻgʻri tashkil etishga bogʻliqsir . MTTning pedagogik jarayonida taʼlim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, oʻyin, mehnat, mashgʻulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashgʻulotda taʼlim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq oʻstirish, savod oʻrgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa boʻyicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda koʻnikma sistemasini egallab oladilar . Fiziologiya, gigiyena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi tamoyillari ishlab chiqildi:
Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.
Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Bolalarning har xil faoliyat bilan shugʻullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur boʻlgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan taʼminlash.
Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taʼminlash.
Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan maʼlum vaqt ajratish.
Bolalar egallab olishlari kerak boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalar bolalar MTTning dasturida belgilab berilgan boʻlib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab taʼlimiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashgʻulotlarda taʼlim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, maʼlum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boʻladi . Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar soni va har bir mashgʻulot qancha davom etishi belgilab qoʻyilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, oʻzining haftalik mashgʻulotlar jadvalini tuzadi, bu taʼlimning hamma boʻlimlari boʻyicha belgilangan taʼlim-tarbiya ishlarini toʻgʻri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashgʻulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma boʻlimlari boʻyicha mashgʻulotlarni haftaga teng taqsimlash3.
Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.
Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Bolalarning har xil faoliyat bilan shugʻullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur boʻlgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan taʼminlash.
Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taʼminlash.
Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan maʼlum vaqt ajratish.
Bolalar egallab olishlari kerak boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalar bolalar MTTning dasturida belgilab berilgan boʻlib, u bolalarning umumiy
rivojlanishi va ularni maktab taʼlimiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashgʻulotlarda taʼlim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, maʼlum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta
murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boʻladi . Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar soni va har bir mashgʻulot qancha davom etishi belgilab qoʻyilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, oʻzining haftalik mashgʻulotlar jadvalini tuzadi, bu taʼlimning hamma boʻlimlari boʻyicha belgilangan taʼlim-tarbiya ishlarini toʻgʻri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashgʻulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma boʻlimlari boʻyicha mashgʻulotlarni haftaga teng taqsimlash
1.Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashgʻulotlar qoʻyiladi.
Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
Kun davomida birinchi boʻlib bolalardan aqliy zoʻr berishni koʻproq talab etadigan, kam harakatli mashgʻulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga oʻxshash mashgʻulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi.
Kun davomida mashgʻulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat
Mashgʻulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq oʻzlashtirib olishiga imkon yaratadi. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi.
Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.
Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish.