Mavzu : iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar 1-§. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 171,1 Kb.
səhifə1/10
tarix18.09.2023
ölçüsü171,1 Kb.
#145119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

MAVZU : ISTE’MOL, JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR


1-§. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi
2-§. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
3-§. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari

Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.


Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
SHaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog‘liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.
YAkka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi.
Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o‘z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi.
Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq bo‘ladi. Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi.
SHunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. SHu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyordagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:
,
bu erda:
Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad;
C – iste’mol miqdori;
S – jamg‘arma miqdori.
SHu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to‘liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash uchun etarli bo‘ladi. Demak, jamg‘arma «daromadlar-xarajatlar» oqimida nomutanosiblik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Jamg‘arma, yuqorida ta’kidlanganidek, daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib qo‘yishni bildirib, natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun etarli bo‘lmay qoladi. Aholi daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin.
Ikkinchi tomondan, jamg‘arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday etishmaslikni to‘ldiradi.
Uchinchidan, korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotini pirovard iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi mumkin. SHunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. SHu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog‘ida ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataymiz. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. CHunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omilar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z mablag‘larini qo‘shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yo‘naltirishga harakat qiladilar. SHunga ko‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol kamayib, pasayishi bilan esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi.
J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra, iste’mol uy xo‘jaliklari joriy daromadlarining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi:
.
Iste’mol funksiyasini grafik ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin (1-chizma). Bunda tik o‘qqa iste’mol sarflari, yotiq o‘qqa esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdori joylashtiriladi.
F
S E2

V C = C(Y)
E0
C0
E1
0 Y1 Y

Yüklə 171,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin