1
LABORATORIYA ISHI №1.
MAVZU: AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING INFRATUZILMASI
Ishning maqsadi: talabalarga axborot texnologiyalari infratuzilmasi haqidagi ma’lumotlarni
o‘rgatish.
Masalaning qo‘yilishi.
1) Kompyuterlar haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish;
2) Kompyuterlarning tasnifi;
3) Kompyuterlarning asosiy qurilmalari;
4) Kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalaridan
foydalanish;
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Kompyuter haqida umumiy ma’lumot.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi,
ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda)
tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo’lish
mumkin:
-
super kompyuterlar (Super Computer);
- katta kompyuterlar (Manframe Computer);
- mini kompyuterlar (Minicomputer);
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
- bloknot(notebook) kompyuterlar.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o’quv yurtlarida keng
tarqalgan bo’lib,
ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
1-rasm. Shaxsiy kompyuter
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo’lib, ammo
bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko’tarilib bormoqda.
Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan va ichiga o’rnatilgan batareyalarda
ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir.
Bunda batareya
quvvati energiyaga ulanishi bilan o’zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga
mo’ljallangan bo’ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer,
Toshiba va boshqa
firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o’z imkoniyatlari nuqtayi nazaridan
shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo’lishini sezish
qiyin emas.
Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan
ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan amaliyot tizimlar,
qobiq
programmalar, Windowsning oxirgi lahjalarida va boshqa amaliyot tizimlar boshqaruvida
ishlaydi.