Mavzu: Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida I. Darsning maqsadi



Yüklə 55,75 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2023
ölçüsü55,75 Kb.
#197934
  1   2   3   4   5
16-dars.


Mavzu: Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadAxborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida tushuncha berish
b) Tarbiyaviy maqsad – Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi maqsad – Kompyuter savodxonligini o’stirish
II. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, kalkulyator
III. Darsning usuli: Noan’anaviy
IV. Darsning borishi:
1) Tashkiliy qism
a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash
v) Darsga tayyorgarlikni aniqlash
2) Asosiy qism:
Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida
Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o'z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko'zlab axborotni "o'g'irlash", "buzish", "keraksiz ma'lumotga to'ldirish", axborot saqlanadigan qurilmalarni ishdan chiqarish hollari ham uchrab turadi. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.
Axborot va jinoyat
Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari nafaqat mutaxassislarni, balki, barcha hisoblash texnikasidan foydalanuvchilarni o'ziga jalb etmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnikasining inson hayoti va faoliyatiga jadallik bilan kirib kelayotganiga bog'liq.
"Axborot" tushunchasiga yondashuv ham tubdan o'zgarib bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko'proq sotib olinadigan, sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o'ziga xos mahsulotni ifodalamoqda. Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat hollarda o'zi saqlanayotgan hisoblash texnikasidan o'nlab, hatto yuzlab barobar qimmat turadi. Internet axborot "o'g'rilari"ni (axborot o'g'rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo'lgan) yangi pog'onaga ko'tardi. Endi kompyuter, modem va yetarli dasturiy ta'minotga ega bo'lgan malakali dasturchi dunyoning ixtiyoriy burchagida joylashgan turli davlat tashkilotlari, xususiy korxona, internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va hokazolarga tegishli axborotlarni o'z xonasidan chiqmasdan o'zlashtirib olishi (o'g'irlashi), ularni g'arazli maqsadlarda o'zgartirishi yoki biror boshqa zarar yetkazishi mumkin. Bu o'z-o'zidan axborotni himoyalash ehtiyojini keltirib chiqaradi.
Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida yaratildi. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatning kompyuter tizimlariga bog'liqligi ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot, soliq, bank tizimi va transport kabi asosiy sohalarda boshqaruv va tashxis
ishlari kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter tizimlari harbiy sohada ham alohida o'rin tutadi.
Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma'lum bir pog'onasida kompyuterlar yakka va uyushgan jinoyatchilarguruhlarini o'ziga jalb etdi. Ular yetarli texnik va dasturiy vositalarga ega bo'lib, qiyinchiliksiz maxfiy ma'lumotlarni o'g'irlash, diversiya, firibgarlik va boshqa jinoiy ishlarni amalga oshirishlari mumkin bo'lib qoldi. Adliya, kriminalistika, milliy xavfsizlik sohasi mutaxassislari yangi, kutilmagan muammoga duch kelib qoldi.
1971-yil AQSHning "Nyu-York Penni Sentral Reylroud" temir yo'l kompaniyasi qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni yo'qolganini payqab qoldi. Bu ishni tekshirish jarayonida bir qancha boshqa firmalarning ham vagonlari yo'qolgani aniqlandi. Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshirish natijalari vagonlar yo'qolishining sababi kompyuterga atayin noto'g'ri manzil kiritilganida ekanini ko'rsatdi. Bu rasmiy qayd etilgan birinchi "elektron jinoyat" edi. Hozirgi kunga kelib kompyuterlar ham, aloqa tizimlari ham beqiyos darajada rivojlanib ketdi. Bu "elektron jinoyatchilar"ga ham yangi imkoniyatlar yaratib berdi.

Yüklə 55,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin